11 variant
1. Психологиянинг бошқа ижтимоий фанлар билан боғлиқлиги
2.Психология фанининг тадқиқот методлари
3.Хулқ-атворнинг психофизиологик асоси Нерв тизими
1Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo‘nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o‘rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini taqazo etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo‘lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o‘ziga xos va yetakchidir.
Psixologiya va falsafa
Falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo‘lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to‘la anglash va uning rivojlanib borish tendensiyalarini belgilashdagi o‘rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid bo‘lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o‘zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma’lumotlarga ega bo‘lishiga yordam beradi.
2 Psixologiya fanida bu metodning ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (o’zini o’zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshirilardi: Kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; Kuzatiladigan ob’ekt tanlanadi; Sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniqlanadi; Tadqiqot o’tkazish vaqti rejalashtiriladi; Kuzatishqancha davom etishi qat’iylashtiriladi; Kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o’yin, o’qish, mehnat va sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi; Kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o’tkazishi) tayinlanadi
3 Xulq-atvor - tirik mavjudotning hayot jarayonida shakllangan atrof-muhit bilan o'zaro ta'sirining tasviri
Психик хусусият ва ҳолатларнинг нейропсихологик асослари нерв хужайралари хисобланиб, нерв хужайраларининг функцияси қўзғатишдир. Нерв системаси системаси икки турга бўлинади: марказий нерв системаси ва периферик нерв системаси. Марказий нерв системаси бош ва орқа миядан ташкил топган.Олимларнинг хисобига қараганда бош мия пўсти ва яримшарларида 15 миллиардга яқин нерв хужайраси бор. Бош мия қуйидаги қисмларга ажратилади: олдинги, оралиқ, ўрта ва кейинги мия. Бош ва орқа мия қисмларининг хар бири тузилиши ва жойлашишига биноан турли вазифаларни бажаради.
Ижтимоий хулқ-атворга таъсир этиш технологияларидан енг мухим мезон психологик обрў хисобланади. Бундан ташқари жамиятда қабул қилинган турли хулқ атвор нормалари, қонун қоидалар хам Ижтимоий хулқ-атворга таъсир этиш технологияларидан хисобланади.
Ижтимоий хулқ-атворни бошқаришда жамиятда қабул қилинган турли хулқ атвор нормалари, қонун қоидалар ва психологик обрў мухим рўл ўйнайди. Булар инсоннинг жамиятда қабул қилинган қонун қоидалар ва хулқ атвор нормалари асосида шаклланишида муҳим рол ўйнайди.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |