2 variant
Психик жараёнлар ва шахснинг индивидуал псиологик хусусиятлари
Психологияда онг тушунчаси ва унинг мазмуни.
Ҳиссиёт ва эмоция тушунчаларининг мазмун
1Psixologiya nafaqat psixik jarayonlar va holatlarning umumiy qonuniyatlari va qonuniyatlarini o'rganadi. Biz hammamiz bir-biridan farq qiladigan, o'ziga xos va betakrormiz, shuning uchun insonning individual psixologik xususiyatlarini bilish barcha odamlarga xos bo'lgan psixikaning mexanizmlari va jarayonlaridan kam emas. Ushbu sohani o'rganadigan psixologiya bo'limi differensial psixologiya yoki individual farqlar psixologiyasi deb ataladi.
2 Ong — psixik faoliyatning oliy shakli. U faqat insonga xos fenomendir. Ong, uning mohiyati masalasi eng qadimgi muammolardan biri. Ongni dastlab diniy va mifologik karashlar doirasida tushuntirishga uringanlar. Ongni liniy tushuntirish uni iloxiy hodisa, xudo yaratgan moʻʼjiza tarzida talkin qilishga asoslanadi. Koʻpgina dinlarda inson ongi buyuk ilohiy aqlning namoyon boʻlish shakli tarzida tavsiflanadi.
Ongning mohiyatini izohlashda 2-yoʻnalish — bu ong moddiy olamni inson miyasida aks etishi deb tushunish, uni inson tanasi faoliyati bilan bogʻlab talqin etishdir. Ayni vaqtda materialistik yoʻnalish nomini olgan bunday yondashuvlar doirasida ongning mohiyatini buzib talqin qilish hollari ham paydo boʻldi.
Aslida ong tarixi insonning inson boʻlib shakllana boshlashi tarixi bilan bogʻliqdir. Inson ham biologik, ham ijtimoiy mavjudot ekan, demak, ong ham biologik va ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir. Ong insonning fikr va hislari, sezgilari, tasavvurlari, irodasi va karashlaridan tashkil topgan. Oʻz-oʻzini anglash, xotira, iroda, nutq ongning asosiy jihatlaridir.
3. Ҳиссиёт ва эмоция тушунчаларининг мазмун hissiyot va emotsiya
Kasbiy faoliyatlarida turli voqea hodisalarga nisbatan muayyan munosabatlarini bildirib, u yoki bu tarzda hissiyotlarini namoyon etadilar. Psixologiyasida namoyon bo‘ladigan bunday ruhiy holatlar voqelikda sodir etilgan hodisalar ta’siri natijasidir. Bu esa, o‘z navbatida, xodimning o‘ziga xos individual 53 psixologik xususiyatlarini bildiradi va u haqidagi birlamchi tasavvurlarni bilishga yordam beradi. Jahon psixologiyasida «hissiyot» bilan «emotsiya» atamalari bir xil ma’noda ishlatiladi. Lekin ularni aynan bir xil holat deb tushunish noto‘g‘ridir. Odatda, tashqi alomatlari yaqqol namoyon bo‘ladigan histuyg‘ularni ichki kechinmalarda ifodalanishdan iborat psixik jarayon yuzaga kelishining aniq shaklini emotsiya deb atash maqsadga muvofiqdir. Masalan, ranglarning o‘zgarishi, yuzlarning tabassumi, lablarning titrashi, ko‘zlarning yarqirashi, kulgi, yig‘i, g‘amginlik, ikkilanish, sarosima va boshqalar emotsiyaning ifodasidir. Lekin vatanparvarlik, javobgarlik, mas’uliyat, vijdon, mehr-oqibat, sevgi-muhabbat singari yuksak xislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish g‘ayritabiiy hisoblanadi.Ularning eng muhim farqi shundaki, biri (hissiyot) ijtimoiy, ikkinchisi (emotsiya) individual, xususiy ahamiyat kasb etadi. Shu ma’noda hissiyot shaxs hayotiy faoliyatining muhim jabhasi bo‘lib, inson emotsional holatining rang-barangligi, ko‘p qirraligini bildiradi. Hissiy ton (tus) (yunoncha «tonos» – zo‘riqish, urg‘u berish ma’nosini bildiradi), emotsiyalar (lotincha «emovere» – qo‘zg‘atish, hayajonlash demak), affektlar (lotincha «affectuq» – ruhiy hayajon, shijoat, ehtiros ma’nosini anglatadi), stress (inglizcha «stress» – zo‘riqish degani), frustratsiya (frustratsion – rejalarning barbod bo‘lishi, maqsadga erisha olmaslik) va kayfiyat kabi tushunchalar shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |