Mavzu: Stress muammosi.
Reja:
1.Nerv sistemasi kasalliklari, organizm va muhit orasidagi dinamikaning buzilishi sifatida.
2. Stress muammosi.
3. Psixogigiena inson miyasining funktsiyasidan kelib chiqishi
1. Nerv sistemasi kasalliklari, organizm va muhit orasidagi dinamikaning buzilishi
sifatida.
Butun jahon sog`liqni saqlash tashkiloti o`tkazgan tadqiqotlardan ma`lum bo`lishicha, ishlab
chiqarish rivojlangan davlatlarda 10 foiz oholi jiddiy asab kasalliklariga chalinganlar. Ko`pchilik
tadqiqotchilar yurak qon tomirlari kasallikrai va asab kasalliklari orasida bag`danishni
ta`qidlaydilar. M.Pflandning ta`kidlashicha, gipertonik kasallar (qon bosimi ortishi) dastlab
shifokorga o`zilarning asabiy bo`lib qolganlaridan shikoyat qiladilar, faqat tekshiruv natijasida
ularda qon bosimi balandligi ma`lum bo`ladi. Rus olimi K.D.Sudakov o`tkazgan tadqiqotlari
natijasida yurak qon tomir kasalliklari sababini yurak qon-tomir tizimidan emas, balki miyada
kechadigan har xil jarayonlardan izlash kerak, degan qulosaga birinchi bo`lib keladi. Hozirda
markaziy nerv sistemasidagi jarayonlarga bog`liq kasalliklar ko`paymoqda, nevrotik ko`rinishlar
organizmning funktsional tizimidagi boshqa buzilishlarga olib keladi. Odatda tibbiyotda
nevrozlar va psixosomatik kasalliklar bir-biridan ajratilgan holda alohida da`volanadi.
I,P,Pavlov hal bo`lmaydigan nizolar bo`yicha tajriba o`tkazib, nevrozni birinchi bo`lib
aniqlagan. Uning tajribalarida nerv sistemasi kuchli hayvonlarga qaraganda, kuchsiz tipdagi
hayvonlar bunday nizolarga chidamsiz bo`lgan, ularda bu og`irroq kechgan. I,P,Pavlav nevrozni
organizm vamuhit orasidagi muvozanatning buzilishi oqi`atida vujudga keladigan oliy nerv
faoliyatining buzilishi sifatida tushungan. Keyinchalik I,P,Pavlov hayvonlarda olingan natijalarni
tanqidiy ravishda insonga o`tkazgan.
Nevroz organizm va muxit orasidgi dinamikaning barqaror buzulishi oqibatida paydo
bo`ladigan kasallik bo`lib, ma`lumotlarni qayta ishla, hissiyot boshqarish bilan bog`liq miyadagi
jarayonlarning o`zganrishiga olib keladi. Bu o`zgarishlar motor va sensor funktsiyalarni jalb
qiladi, aqliy va jismoniy ish qobiliyatining pasayishiga olib keladi.
Organizm va muxit orasidagi dinamika yoki muhitning anormal sharoitlari yoki
organizmning anormal holatidan buzulishi mumkin. Masalan muhitdan keluvchi bir
ko`zatuvchining o`zi bir odamga undovchi ta`sir ko`rsatsa, boshqa birida og`riq reaktsiyasini
vujudga keltirishi mumkin. Boshqacha so`zlar bilan aytganda, jismoniy va ruhiy mashq qilgan,
kelajakka ishonch bilan qaraydigan inson sog`ligiga ziyon keltirmasdan ishlashi mumkin.
Kelajakka ishonmaydigan inson esa normal mehnat sharoitlarida ham o`zini yomon his qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |