O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi Vazirligi
Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat pedagogika instituti
Pedagogika fakul`teti
Psixologiya kafedrasi
A.Dawkeeva
«PSIXOGIGIENA»
fani bo`yicha o`quv metodik kompleksi
(bakalavriat bosqichi talabalari uchun)
.
NUKUS 2020
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
«Pedagogika va psixologiya» kafedrasi
«
Psixogigiena
»
(talabalar uchun ma`ruza matni)
N U K U S.
Mavzu: Psixogigiena predmeti.
Reja:
1.Psixogigiena predmeti.
2. Psixogigienaning vujudga kelishi.
3. Xalq sog`lig`i va davlat siyosati.
4. Sog`liq va kasallik.
Psixogigiena predmeti.
Psixogigiena-psixika sog`liqni saqlash va mustahkamlashga
yo`naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqaruvchi va amalga oshiruvchi gigiena sohasidir. Ba`zi
mualliflar psixogigienaga ta`rif berishganda uni faqatgina gigiena sohasi emas, balki psixiatriya
sohasi deb hisoblashadi. Boshqa mualliflar (Myager.V.K, 1979) psixogigiena vazifalariga ruhiy
kasalliklarning vujudga kelish va rivojlanishning oldini olish deb qarab, psixogigienani dastlabki
profilaktikaga yaqinlashtiradilar.
N.D. Lakonsin va G.K.Ushakovlar (1976) psixogigienani tibbiyot fanlarining mustaqil
bo`limi sifatida ajratadilar. V.P.Petlenko va boshqalarning (1997) fikriga ko`ra, psixogigiena
faqatgina psixiatriya bilan bog`liq bo`lib qolmay, balki tibbiyot psixologiyasi, tibbiyot
sotsiologiyasi, valeologiya fanlari bilan bog`liq kompleks Fan hisoblanadi.
Psixogigienani bir necha bo`limlarga ajratish mumkin:
1.
Yosh psixogigienasi
A) Bolalar psixogigienasi
B) O`smirlar psixogigienasi
V) Kattalar va qariyalar psixogigienasi
2. Mehnat va ta`lim psixogigiengasi
A) Ishlab chiqarish psixogigienasi
B) Aqliy mehnat psixogigienasi
3. Turmush psixogigienasi
4. Oila va jinsiy hayot psixogigienasi
5. Kasal psixogigienasi
O`rganilayotgan sohaga bog`liq ravishda psixogigiena u yoki bu fanlarga suyanadi. Bolalar
psixogigienasi,
pedagogika,
pediatriya,
bolalar
va
pedagogik
psixologiyaga
tayanadi.Psixogigienaning asosiy maqsadi- psixik salomatlikni ruhiy muvozanatni saqlashdir.
Psixogigienaning yo`nalishlari orasida insonning psixik holatiga va psixik salomatligiga ta`sir
etuvchi muhit omillarini o`rganish muhim o`rin egallaydi. Bunday omillarga psixik kasalliklarga
chalingan bemorlarga nato`g`ri munosabat, dori vositalarini ko`p iste`mol qilish, bazi
faoliyatlarda sharoitning qiyinligi, noqulay ekologik omillar va boshqalarni kiritish mumkin.
Psixogigiena insonga uning psixik sog`ligi uchun xavfli bo`lgan noqulay ta`sirdan qochishga,
tabiiy kuchlardan foydalanib, qiyinchiliklarni engishga o`rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |