Protsessual tartibi va rasmiylashtiriladigan protsessual hujjatlar



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/24
Sana24.06.2022
Hajmi0,68 Mb.
#701223
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
saydullo

Murdani ko‘zdan kechirish
. Surishtiruvchi yoki tergovchi murdaning tashqi 
ko‗rinishini u topilgan joyda xolislar va sud-tibbiyot sohasidagi mutaxassis 
shifokor ishtirokida ko‗zdan kechiradi. Bunday mutaxassis shifokor ishtirok 
etishiga imkoniyat bo‗lmagan taqdirda, boshqa shifokor ishtirok etadi. 
Murdani ko‗zdan kechirish bilan bir paytda uning yonidan topilgan shaxsiy 
buyumlar, narsalar, kiyim va poyabzal ko‗zdan kechiriladi. Zarur hollarda murdani 
ko‗zdan kechirishda nafaqat shifokor, balki boshqa mutaxassislar suratkash, 
kriminalist, kimyogar va shu kabilar ishtirok etishi mumkin. 
Eksgumatsiya vaqtida murdani ko‗zdan kechirish eksgumatsiya qoidalariga rioya 
qilgan holda o‗tkaziladi. Murda topilgan joyda uni tanib olish uchun ko‗rsatish 
chog‗ida tanib olish qoidalariga rioya qilinadi. Tanib olinmagan murdalarning 
barmoq izlari olinishi shart. Ekspertiza tekshiruvlari uchun namunalar olish 
qoidalariga rioya qilgan holda murdadan boshqa xil namunalar ham olinishi 
mumkin (JPKning 188-191, 193, 197-m.). 
Tanib olinmagan murda faqat prokuror ruxsati bilangina ko‗miladi (JPKning 138-
m.). 
Tevarak-atrof va binolarni ko‘zdan kechirish.
Surishtiruvchi, tergovchi va sud 
tevarak-atrof va binolarni quyidagi qoidalarga rioya qilgan holda ko‗zdan 
kechiradilar. 
Fuqaroning uyi yoki xizmat joyini ko‗zdan kechirish zarurati bo‗lsa, surishtiruvchi 
yoki tergovchi bu haqda qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Turar joyi ko‗zdan 
kechirilayotgan shaxs yoki tegishli korxona, muassasa, tashkilotning vakili 
chiqarilgan qaror yoki ajrim bilan tanishtirilib, bu haqda imzo chektiriladi. 
Ko‗zdan kechirish korxonada, muassasada, tashkilotda o‗tkazilsa ma‘muriyat 
vakilining, harbiy qismda, shtabda va muassasada o‗tkazilsa-qo‗mondonlik 
vakilining, zarur hollarda esa, moddiy javobgar shaxsning qatnashishi shart. 
Binolarni ko‗zdan kechirishda olib qo‗yish va tintuv qoidalariga rioya qilinadi 
(JPKning 139-m.). 
Narsa va hujjatlarni ko‘zdan kechirish.
 
Surishtiruvchi, tergovchi va sud narsa va 
hujjatlarni ular topilgan joyda, basharti ko‗zdan kechirish ko‗p vaqt yoki 
qo‗shimcha texnik vositalar talab qilsa, keyinchalik surishtiruv, dastlabki tergov va 
sud muhokamasi o‗tkazilayotgan joyda ko‗zdan kechiradilar. 


Ko‗zdan kechirish texnik vositalaridan foydalanilgan holda, basharti narsa yoki 
hujjatlarning yo‗qolishiga yoxud shikastlanishiga olib kelmasa, o‗tkazilishi 
mumkin (JPKning 140-m.). 
Ba‘zan tergov harakati o‗tkazilayotgan joyda olib qo‗yilayotgan hamma narsalarni 
sinchkovlik bilan ko‗zdan kechirishning imkoni bo‗lmaydi. Bunday hollarda 
tergovchi yoki surishtiruvchi tergov harakati bayonnomasida bu narsalar va 
hujjatlarning olib qo‗yilganligini belgilaydi, xolislar ishtirokida olib qo‗yilgan 
materiallarni o‗raydi va muhrlaydi hamda ularni tergov yuritilayotgan joyga olib 
boradi. Bu erda xolislar ishtirokida olib qo‗yilgan narsalar va hujjatlarning muhri 
buziladi va ular ko‗zdan kechiriladi, bu haqda alohida bayonnoma tuziladi. 
Ko‗zdan kechirish o‗tkazilganligi haqida JPKning 141-mod-dasida ko‗rsatilgan 
talablarga binoan bayonnoma tuziladi. Ko‗zdan kechirish bayonnomasi bu tergov 
harakatining o‗tkazilganligini va uning olib borilishida barcha aniqlanganlarni 
qayd qiluvchi asosiy, majburiy vosita hisoblanadi. Bayonnomaning yo‗qligi 
ko‗zdan kechirish natijasini isbotlovchi kuchdan mahrum qiladi, chunki 
bayonnoma dalillarni mustahkamlovchi protsessual vosita, dalillar manbai 
hisoblanadi. Bayonnomada tergovchining barcha harakatlari bayon qilinadi, 
shuningdek ko‗zdan kechirish davomida topilgan barcha narsalar, ular qanday 
tartibda ko‗zdan kechirilgan bo‗lsa, xuddi shu tartibda, ko‗zdan kechirish paytida 
qanday holatda kuzatilgan bo‗lsa, xuddi shu holatda qayd etiladi. 
SHunday qilib, ko‗zdan kechirish bayonnomasida tergov harakatini o‗tkazish 
paytida topilgan narsalarning barchasi juda to‗liq qayd etilishi kerak. Bayonnoma 
to‗liq bo‗lishi uchun ishda ahamiyati bo‗lgan barcha holatni qayd etish kerak, biroq 
bu borada ob‘ektlarni o‗ta maydalashtirib, chegaradan chiqib ketmaslik lozim. 
Bayonnomada ko‗zdan kechirish chog‗ida topilgan va olingan barcha izlar
narsalar va hujjatlar sanab o‗tiladi. Olingan buyumning egasiga tegishli 
ma‘lumotnoma yoki bayonnomaning nusxasi beriladi. Bundan tashqari, 
bayonnomada: ko‗zdan kechirish qaysi vaqtda, qanday ob-havoda va qanday 
yorug‗likda o‗tkazilganligi; qanday ilmiy-texnika vositalari qo‗llanilganligi va 
qanday natijalar olinganligi; ko‗zdan kechirishda ko‗maklashish uchun kimlar jalb 
qilinganligi va ko‗maklashish nimada o‗z aksini topganligi; qanday narsalar va 
hujjatlar qanday tartibda va qanday muhr bilan muhrlanganligi; ko‗zdan 
kechirilganidan keyin murda va ish uchun ahamiyatli bo‗lgan narsalarning qaerga 
yuborilganligi ko‗rsatilgan bo‗lishi lozim. 
Agar ko‗zdan kechirishda mutaxassis ishtirok etgan bo‗lsa, bayonnomada uning 
familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi va lavozimi ko‗rsatiladi. Bayonnomada 


mutaxassis qaysi harakatlarni bajargani, qaysi ilmiy-texnika vositalaridan 
foydalangani va qanday natijalarga erishgani ko‗rsatilishi kerak. 
Bayonnomaga fotosurat rasmlari, rejalar, chizmalar, izlarning qoliplari va nusxalari 
ilova qilinib, bu haqda unda qayd etiladi. 
Bayonnoma tuzilganidan keyin u ko‗zdan kechirishni o‗tkazishda ishtirok etgan 
shaxslarga o‗qib eshittiriladi, ular esa o‗tkazilgan harakatlar bo‗yicha o‗z 
mulohazalarini unga kiritishni talab qilishga haqlidirlar. Bu huquq ularga tushun-
tirilganligi to‗g‗risida bayonnomada qayd etiladi. Barcha mulohazalar albatta 
bayonnomaga kiritilishi lozim. Bayonnoma tergovchi (surishtiruvchi) hamda 
ko‗zdan kechirishni o‗tkazishda ishtirok etgan boshqa shaxslar tomonidan 
imzolanadi. 
Xulosa 
So‗roq qilinuvchi ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarli darajada tushunmasa, 
u qaysi tilda ko‗rsatuv bera olishi mumkin, degan masalalar ham aniqlanishi lozim. 
Zarur hollarda tarjimon chaqiriladi va u kelguncha so‗roq qilish to‗xtatib turiladi 
(O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 99-modda). So‗roq 
qilinuvchining qaysi tilda ko‗rsatuv bera olishi bayonnomada ko‗rsatilishi shart. 
So‗roq qilinuvchi shaxsning ona tili yoki millati xususida ma‘lumotlar mavjud 
bo‗lsa-da, undan qaysi tilda ko‗rsatuv berish istagi borligi so‗ralishi lozim. 

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish