Prokuratura organlarining xodimlari uchun O`aqiqiy



Download 30,84 Kb.
bet5/7
Sana10.06.2022
Hajmi30,84 Kb.
#652571
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
prokuratura

quyidagi jihatlari bilan xarakterlanadi.
Avvalambor, u jinoyatni ochish, ayblanuvchini jinoiy 
javobgarlikka tortish va jinoyat ishini suda ko`rib chiqishga 
zamin yaratish davomida vujudga keladigan protsessual 
harakatlarning uzviyligidan iborat bo`lgan protsessual faoliyat 
hisoblanadi. Dastlabki tergov jarayonida faqat bevosita jinoyat-
protsessual qonunchiligida ko`zda tutilgan choralargina 
qo`llashga yo`l qo`yiladi. Shu bilan birga yuqorida aytib o`tilgan 
harakatlar va munosabatlar har bir ish bo`yicha obyektiv 

haqiqatga, qonun talablariga amal qilingan holda va fuqarolar 


huquqlarini himoyasini ta'minlangan holda amalga oshirilishi 
lozim.
Dastlabki tergov bo`yicha barcha protsessual faoliyat 
maxsus mansabdor shaxslar — tergovchilar tomonidan amalga 
oshiriladi. Qonun boshqa hech qanday idora va shaxslarga 
tergov olib borish vakolatini bermagan. Prokuror bundan 
mustasno. Surishtiruv organlarining jinoyat ishi bo`yicha 
surishtiruvni boshlashlari (JPK 340-modda) dastlabki tergov 
hisoblanmaydi. O`ozirgi kunda barcha jinoyat ishlari bo`yicha 
dastlabki tergov o`tkazilishi shart (JPK 345-modda, 1-band), 
surishtiruv esa amalga oshirilmasligi ham mumkin.
Jinoyat-protsessual kodeksining 344-moddasiga muvofiq 
O`zbekiston Respublikasida dastlabki tergovni prokuratura, ichki 
ishlar organlari va milliy xavfsizlik xizmati tergovchilari olib 
boradi. Dastlabki tergovni prokurorlar ham olib borishlari 
mumkin.
Ammo tergovchilarning davlat apparati tizimidagi o`rni 
masalasi bizning yuridik adabiyotimizda ko`plab munozaralarga 
sabab bo`lgan.
Dastlabki tergovni kim olib borishi kerak, degan masala 
bo`yicha turli xil nuqtai nazarlar bildirilgan. Bir toifadagi 
mualliflar barcha tergovchilarni prokuratura organlarida 
mujassamlashtirish kerak desa, ikkinchi toifadagilari — militsiya 
organlarida va uchinchi toifadagilari — maxsus tergov 
organlarida mujassamlashtirish kerak degan fikrlarni bildirganlar. 
Yuqoridagi har bir taklif ham ijobiy ham salbiy tomonlarga ega.
Ayni paytda qonun chiqaruvchi organ tergov apparatlari 
prokuratura organlari, IIV va MXXda faoliyat yuritishi lozim, deb 
topgan. Dastlabki tergovni prokurorlar ham olib borishlari 
mumkin (JPK 344-modda). Bu tergovchilar protsessual jihatdan 
bir xil mustaqillikka ega bo`lib, ularning vakolatlari faqat tergov 
qilinayotgan ishlarning tegishliligi bo`yichagina aniq belgilab 
beriladi.
Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi 
konstitutsiyasining 121-moddasiga muvofiq O`zbekiston 
Respublikasi hududida jinoyatchilikka qarshi kurash bo`yicha 

tezkor-qidiruv, tergov va boshqa maxsus vazifalarni mustaqil 


ravishda bajaruvchi xususiy kooperativ tashkilotlar, jamoat 
birlashmalari va ularning bo`linmalarini tuzish hamda ularning 
faoliyat ko`rsatishi taqiqlanadi.
Turli idoralarning tergovchilari o`rtasida ishlarni ko`rib 
chiqish ketma-ketligi amalga oshirilgan jinoyat-larning 
xarakteri va ularni tergov qilishning o`ziga xos jihatlariga qarab 
aniqlab beriladi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq ishlarni ko`rib 
chiqish ketma-ketligi tartibi prokuratura, MXX va IIVning 
tergov apparatlariga bir xil og`irlikdagi vazifalarni yuklaydi (JPK 
345-346-moddalar).
Shunday qilib, dastlabki tergov jinoiy protsessida suddan 
tashqari bo`lgan faoliyat hisoblanishini xarakterlaydi. Ammo, 
ba'zi xorijiy mamlakatlarda, xususan Fransiyada qonunga 
muvofiq dastlabki tergovni olib borish vazifasi tergov 
sudyasining zimmasiga yuklatilagan. Buning uchun politsiya 
surishtiruvi tamomlangandan so`ng prokuror tomonidan 
chiqariladigan xulosa asos bo`ladi. Bunday xulosa agar prokuror 
ushbu ish bo`yicha dastlabki tergovni o`tkazish lozim, deb 
topgan hollarda chiqariladi. Aks hollarda to`liq tergov 
ko`rinishidagi surishtiruv politsiya organlari tomonidan olib 
boriladi va bu aksariyat jinoyat ishlariga nisbatan qo`llaniladi.
Dastlabki tergov jarayonida sudya jinoyat-protsessual 
qonunchilikda ko`zda tutilgan barcha zarur tergov harakatlarini 
amalga oshiradi, protsessual majburlov charalarini ko`rish haqida 
buyruq chiqaradi. Bundan tashqari, ayblanuvchini "ijtimoiy 
tekshiruvdan" o`tkazadi, ya'ni uning ijtimoiy kelib chiqishi, 
mulkiy va oilaviy ahvolini, sog`ligi va psixikasining ahvolini 
o`rganadi. Ma'lum bo`lgan ma'lumotlar sudya tomonidan hisobga 
olinadi, lekin bevosita jinoyat ishi materiallariga kiritilmaydi, 
alohida yuritiladi. Dastlabki tergovni tugatgach, tergov sudyasi 
prokuror bilin kelishilgan holda ishni sudga yuborish to`g`risida 
qaror chiqaradi.
Shunday qilib, ba'zi xorijiy mamlakatlarda e'tirof etilgan 
tergov konsepsiyalariga muvofiq dastlabki tergovni tergov 
sudyalari yoki sud tergovchilari tomonidan amalga oshirilishi 
bizda kerakligicha e'tirof etilmagan va rivoj-lanmagan. 

O`ozirgi kunda O`zbekiston Respublikasida dastlabki tergov 


qonuniylik va shaxs huquqlari kafolatini mustahkamlash, 
fuqarolarni qonun va huquq-tartibotni hurmat qilish ruhida 
tarbiyalashda jinoyat protsessining muhim bir bosqichi bo`lib 
kelmoqda.
Nihoyat, dastlabki tergovning asosiy masalalaridan biri — 
uning vazifalari hisoblanadi.
Barcha tergovchilar uchun umumiy bo`lgan va ular 
faoliyatining asosiy yo`nalishini belgilab beradigan protsessual 
vazifalar O`zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual 
kodeksining 2-moddasida o`z ifodasni topgan.
Jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining vazifalari 
jinoyatlarni tez va to`la ochishdan, jinoyat sodir etgan har bir 
shaxsga adolatli jazo berilishi hamda aybi bo`lmagan hech bir 
shaxs javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi uchun 
aybdorlarni fosh etishdan hamda qonunning to`g`ri tatbiq 
etilishini ta'minlashdan iboratdir (JPK, 2-modda).
Jinoyat ishlarini yuritishning jinoyat-protsessual qonunida 
belgilangan tartibi qonuniylikni mustahkamlashga, jinoyatlarning 
oldini olishga, shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya 
etishga yordam berishi lozim. 
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga 
muvofiq barcha jinoyat ishlari bo`yicha dastlabki tergov 
o`tkazilishi shart (JPK, 345-modda, 1-qism). Surishtiruv esa 
jinoyat ishini tergov qilishning dastlabki bosqichi (u hamma 
ishlar bo`yicha o`tkazilishi shart emas) bo`lib, unda jinoyat 
izlarini aniqlash va jinoyatni oshkor qilish hamda jinoyatchini 
topish uchun tezkor-qidiruv harakatlarini amalga oshiradi.

Download 30,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish