quyidagilardan iborat: ular turli xil jinoiy ishlari bo`yicha bir xil
vazifalarni amalga oshiradilar; jinoyat alomatlari mavjud bo`lgan
holatlarda o`z vakolatlari doirasida jinoyat ishini qo`zg`ashlari
shart; o`z faoliyatlarini yagona jinoyat-protsessual qonunchilik
asosida amalga oshiradilar; o`z faoliyatlari davomida yagona
protsessual qoidalarga amal qilishlari lozim.
Ular o`rtasidagi asosiy farq surishtiruv va dastlabki tergov
jarayoni turli organlar tomonidan amalga oshi-rilishida. Ma'lum
holatlarda surishtiruv dastlabki tergovdan oldin amalga
oshiriladi. Bundan tashqari, surishtiruvchi va tergovchining
vakolatlari hamda surishtiruv va tergov muddatlari bo`yicha farq
mavjud.
JPKning 345-moddasiga muvofiq O`zbekiston
Respublikasida barcha jinoyat ishlari bo`yicha dastlabki tergov
o`tkazilishi shart.
Surishtiruv organlariga jinoyatlarni va ularni sodir etgan
shaxslarni aniqlash hamda jinoyatni sodir etganlikda gumon
qilinuvchilarni ushlash maqsadida jinoyat-protsessual
qonunchilikda ko`zda tutilgan tergov harakatlarini o`tkazish,
tegishli tezkor-qidiruv ishlarini o`tkazish va boshqa choralarni
ko`rish vakolatlari berilgan.
Tezkor-qidiruv ishlari jinoyat ishlarini tergov qilish
faoliyati bilan chambarchas bog`liq. Buni shaxslarning huquq va
erkinliklarini, hayoti va sog`lig`ini himoya qilish, mulk huquqini
himoyalash, jamiyat va davlat xavfsizligini ta'minlash maqsadida
davlat organlari tomonidan o`z vakolatlari doirasida oshkora yoki
maxfiy ravishda amalga oshiriladigan tezkor-qidiruv chora-
tadbirlaridan iborat bo`lgan faoliyat sifatida ta'riflash mumkin.
Dastlabki tergov va tezkor-qidiruv faoliyatining ososiy
maqsadi jinoyatchilikka qarshi kurashishdir. O`z mohiyatiga
ko`ra ular huquqiy xarakterga egalar. Biroq, tezkor-qidiruv
yordamchi bo`lib, uning natijalari ish bo`yicha dalil-isbot bo`la
olmaydi, faqat tergovni olib borishda yo`l ko`rsatuvchi
ma'lumotlar hisoblanadi. Shu bilan birgalikda,
muvofiqlashtirilgan holda olib borilgan tezkor-qidiruv va tergov
harakatlari jinoyatlarini ochish va ularni sodir etgan shaxslarni
fosh qilish imkonini beradi. Aynan shu sababdan o`ta murakkab
va xavfli jinoyatlarni aniqlash va tergov qilishda idoraviy
tezkor-qidiruv guruhlari bilan bir qatorda idoralararo tezkor-
qidiruv guruhlari tashkil etiladi.
Jinoyat ishlarini sudda ko`rish va protsessual huquqning
muhim tarkibiy qismlaridan biri dastlabki tergov bo`lib, uning
vazifasi O`zbekiston Respublikasida jinoyatchilikka qarshi kurash
maqsadiga yo`naltirilgan va samarali kurash olib borishni
ta'minlash hisoblanadi.
Bu vazifani har bir jinoyat ishi bo`yicha obyektiv haqiqat
o`rnatilishi ta'minlangandagina amalga oshirish mumkin bo`ladi.
Jinoyat ishi bo`yicha obyektiv haqiqatni belgilash, ya'ni
haqiqatda voqealar qanday bo`lganligini tekshirish uchun
ayblanuvchining aybdorligi va jinoyat qilganligi bo`yicha dalil-
isbotlarni to`plash, asoslash, baholash va yagona bir tizimga
keltirgan holda xulosa chiqarish darkor.
Shu maqsadda ish sudda ko`rib chiqilmasdan oldin har bir
jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov o`tkazilishi lozim. Odatda
dastlabki tergovning o`tkazilish vaqti jinoyat sodir etilgan vaqt
bilan bir vaqtda va yakka tartibda olib boriladi va ishni sudda
ko`rib chiqish uchun zarur bo`lgan dalil-isbotlarni to`plashda
o`ta harakatchanlik va tezkorlikni ta'minlab beradi.
Dastlabki tergov organlari butun faoliyatlari davomida hech
bir jinoyat ishi ochilmasdan qolmasligi va hech bir jinoyatchi
jinoiy jazodan qochib qutulmasligini ta'minlashga harakat
qiladilar. Bundan tashqari, bu organlar faqat haqiqiy
jinoyatchilarnigina qilmishlariga yarasha jazo olishlarini
ta'minlash yo`lida o`z faoliyatlarini tashkil etadilar. Dastlabki
tergov davomida ish holatlari har tomonlama, to`liq va xolisona
tekshirilib chiqiladi va bu jarayon vaqtida ayblanuvchini
qoralovchi yoki oqlovchi hamda aybni yengillashtiruvchi va
og`irlashtiruvchi holatlar aniqlanadi.
Shunga qaramasdan, tergov dastlabki, deb ataladi, chunki
uni yuritish davomida jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxsning
aybdorligi masalasi hal etilmaydi. O`zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 26-moddasiga muvofiq "Jinoyat sodir
etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy
tartibda, oshkora ko`rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u
aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o`zini
himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta'minlab beriladi".
Shaxsni aybdor, deb faqat sud topishi mumkin, lekin bu
dastlabki tergovning ahamiyati kamsitilishini anglatmaydi.
Dastlabki tergovning sifatli va to`liq amalga oshirilishi sudda
ishni muvaffaqiyatli ko`rib chiqilishining garovi sanaladi. Agar
ushbu shart bajarilmasa va sud jarayonida to`ldirilmasa, u holda
ish qo`shimcha tergovga yuboriladi.
Bu tavsif shunchaki jonli o`xshatish bo`lib, unchalik to`g`ri
emas. Tergov qilinayotgan jinoyat ishi sud jarayonigacha borib
yetmasligi ham mumkin. Agarda qonuniy asoslar mavjud bo`lsa,
u holda ish tergovchi yoki prokuror tomonidan tugatilishi
mumkin.
Dastlabki tergov jinoyatni oshkor qilish usullari va shakllari,
aybdorni jinoiy javobgarlikka tortish va ishni sudga taqdim etish
uchun zamin yaratish kabi protsessual qoidalarni tartibga
soluvchi yuridik normalarni o`zida mujassamlashtirgan jinoyat-
protsessual huquqining murakkab instituti hisoblanadi. Bundan
tashqari, ushbu institutning normalari jinoyat ishini tergov qilish
davomida jinoiy harakatning yuz bermaganligini aniqlasa yoki
qonunga muvofiq asoslarga ko`ra aybdorni jinoiy javobgarlikdan
ozod qilish taqozo etilgan holatlarda jinoiy ishni tugatish
tartiblarini ham belgilab beradi.
Dastlabki tergov instituti vujudga kelgan paytdan beri
jinoyat-protsessual huquqning ajralmas bir qismi bo`lib
kelmoqda. Uning maqsadi har doim dastlabki tergov va
surishtiruv organlarining faoliyati mobaynida vujudga keladigan
ijtimoiy munosabatlarning huquqiy barqarorligi, aniqligi va
ochiq-oydinligini ta'minlash hamda o`zboshimchalik va
qonunsizlikni bartaraf etish, fuqarolarning qonuniy huquq va
erkinliklarini ta'minlashdan iboratdir.
Dastlabki tergov deganda jinoyatlarni ochish, ayblanuvchini
jinoiy javobgarlikka tortish va jinoyat ishini sudda ko`rib
chiqishga tayyorlashdan iborat bo`lgan jinoyat protsessining bir
bosqichi tushuniladi.
Dastlabki tergov o`zining mohiyati va maqsadini ifodalovchi
Do'stlaringiz bilan baham: |