Prokuratura organlarining xodimlari uchun O`aqiqiy



Download 30,84 Kb.
bet1/7
Sana10.06.2022
Hajmi30,84 Kb.
#652571
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
prokuratura


Prokuratura organlarining xodimlari uchun O`aqiqiy 
Davlat adliya maslahatchisi (O`zbekiston Respublikasi Bosh 
prokuroriga beriladigan darajali unvon)dan tortib, 3-darajali 
yuristgacha darajali unvonlar belgilab qo`yilgan. O`aqiqiy 
Davlat adliya maslahatchisi hamda 1,2,3 darajali davlat adliya 
maslahatchisi darajali unvonlari O`zbekiston Respublikasi 
Prezidenti tomonidan beriladi. Boshqa darajali unvonlar 
O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan beriladi. 
Kichik yurist darajali unvoni attestatsiyadan o`tgan va 
lavozimiga tasdiqlangan yosh mutaxassislarga beriladi; ish 
o`rganish mobaynida o`zini alohida yaxshi tomonlardan 
ko`rsatgan yosh mutaxassislar 3-darajali yurist unvonini olish 
uchun taqdim qilinishi mumkin.
Prokuratura organlarining attestatsiyadan o`tkazilmaydigan 
moddiy-texnika ta'minoti, moliya, ishlar boshqarmasi xodimlari 
va boshqalar mehnatda o`zini alohida yaxshi tomondan 
ko`rsatganliklari uchun darajali unvon olish uchun taqdim 
qilinishlari mumkin. Prokuratura organlariga boshqa huquqni 
muhofaza qilish organlaridan va boshqa tashkilotlardan ishga 
kelganlarga ularning tayinlangan lavozimlarini, bilimlari va ish 
tajribalarini hisobga olgan holda darajali unvonlar beriladi.
Darajali unvonlar berilgan prokuratura xodimlari shu 
unvonlarida umrbod qoladilar. Darajali unvondan mahrum qilish 
prokuratura organlaridan nomiga doQ tushuruvchi nojo`ya 
xatti-harakatlar sodir etgan xodimlarga nisbatan qo`llanishi 

mumkin. Prokuratura organlari xodimi tomonidan o`z xizmat 


burchini qo`pol ravishda buzganligi yoxud o`zini noloyiq 
darajada tutganligi uchun darajali unvoni pasaytirilishi mumkin.
Prokuratura organlari va muassasalaridan xizmatdan 
bo`shatilayotgan xodim darajali unvonidan yoki harbiy 
unvonidan mahrum qilinishi mumkin. Prokuratura organlari 
xodimi tomonidan o`z xizmat burchini ko`pol ravishda buzganligi 
yoxud o`zini noloyiq darajada tutganligi uchun darajali unvoni 
pasaytirilishi mumkin.
Prokuratura organlari va muassasalari xodimlarini oliy 
darajali unvonidan yoki oliy darajali harbiy unvonidan mahrum 
qilish, shuningdek, oliy darajali unvoni va oliy darajali harbiy 
unvonidan pastga tushirish O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan, boshqa darajali unvonlar yoki harbiy unvonlardan 
mahrum qilish va pastga tushirish muvofiq ravishda O`zbekiston 
Respublikasi Bosh prokurori va O`zbekiston Respublikasi 
Mudofaa vaziri tomonidan amalga oshiriladi.
Prokuratura organlari va muassasalarining darajali 
unvonlarga ega bo`lgan xodimlari o`z xizmat vazifalarini 
bajarayotgan vaqtlarida o`rnatilgan tartibdagi farqlantiruvchi 
belgili forma, kiyim boshini kiyib yuradilar. Nafaqaga chiqqan 
oliy darajadagi unvon yoki oliy darajadagi harbiy unvonga, 
shuningdek, adliya katta maslahatchisi yoki yustitsiya polkovnigi 
darajali unvoniga ega bo`lgan prokuratura organlari va 
muassasalarining xodimlariga o`rnatilgan tartibdagi 
farqlantiruvchi belgili forma, kiyim boshini kiyib yurish huquqi 
qoldiriladi.
Prokuratura organlari xodimlari qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda o`qotar qurol hamda boshqa shaxsiy himoya 
vositalari olib yurish huquqiga ega. Prokurorlarning va 
tergovchilarning mustaqilligini ta'minlashning muhim sharti 
bo`lib, ushbu xodimlar faoliyatining daxlsizligi hisoblanadi. 
Prokuror va tergovchiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atish va 
dastlabki tergov o`tkazish prokuratura organlarining mutlaq 
vakolati hisoblanadi.
Prokuratura organlari xodimlarining ma'muriy 
huquqbuzarlik va intizomiy nojo`ya xatti-harakat uchun 

javobgarligi masalasi yuqori turuvchi prokuror tomonidan hal 


etiladi.
Prokuratura organlari xodimlarining ish haqi mansab 
maoshidan, darajali unvonlar (harbiy unvonlar), ko`p yillik 
xizmat uchun to`lanadigan haqlardan iborat bo`ladi. Darajali 
unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega bo`lgan prokuratura 
organlarining xodimlari belgilangan me'yorlar bo`yicha bepul 
xizmat kiyimi bilan ta'minlanadi. Prokuratura organlari 
xodimlariga muddati o`ttiz kalendar kunidan iborat haq 
to`lanadigan yillik ta'til beriladi. O`n besh yildan ortiq ish stajiga 
ega bo`lgan prokuratura organlari xodimlariga besh kalendar 
kun, yigirma besh yildan ortiq ish stajiga ega bo`lganlarga esa 
o`n kalendar kun qo`shimcha ta'til beriladi.
Prokuratura organlari xodimlarini hamda ularning oila 
a'zolarini ijtimoiy himoyalash bo`yicha qonun bilan tegishli 
choralar belgilangan. Prokuratura organlari xodimlarining hayoti 
va sog`lig`i davlat himoyasida bo`ladi hamda Respublika budjeti 
mablag`lari hisobidan davlat tomonidan majburiy tartibda 
sug`urtalanadi. Prokuratura organlari xodimi ishlayotgan davrida 
yoki prokuratura organlaridan bo`shatilganidan keyin halok 
bo`lsa (vafot etsa), agar bu hol u o`z xizmat vazifalarini bajarishi 
munosabati bilan olgan tan jarohatlari va sog`lig`ining boshqacha 
shikastlanishi oqibatida ro`y bergan bo`lsa, uning merosxo`rlariga 
O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 194-
moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan miqdorda nafaqa 
to`lab boriladi.
Prokuratura organlari xodimi o`z xizmat vazifalarini bajarishi 
munosabati bilan kelgusida kasbiga doir faoliyat bilan 
shug`ullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib bo`lib 
qolganida yoki uning sog`lig`iga boshqacha shikast 
yetkazilganida - uning oylik ish haqi yigirma besh karrasi 
miqdorida to`lanadi. Prokuratura organlari xodimiga u o`z xizmat 
vazifalarini bajarishi munosabati bilan kasbiga doir faoliyat bilan 
shug`ullanish imkoniyatini istisno etmaydigan va mehnat 
qobiliyatini doimiy yo`qotishga olib kelmaydigan tan jarohatlari 
yoki uning sog`lig`iga boshqacha shikast yetkazilganida-uning 
oylik ish haqi besh karrasi miqdorida to`lanadi. Prokuratura 

organlari xodimining o`z xizmat faoliyati bilan bog`liq tarzda 


unga tegishli mol-mulkni yo`q qilish yoki shikastlash oqibatida 
yetkazilgan zarar unga yoki uning oila a'zolariga to`laligicha 
qoplanadi.

14-Mavzu. 



Download 30,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish