Prokuratura organlarining xodimlari uchun O`aqiqiy



Download 30,84 Kb.
bet3/7
Sana10.06.2022
Hajmi30,84 Kb.
#652571
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
prokuratura

Maxsus adabiyotlar 
1. Abdumadjidov G.A. Razvitiye zakonodatelstva o 
rassledovanii prestupleniy. - T., "Uzbekistan", 1974.
2. Bashkatov L.N., Vetrova G.N., Dotsenko A.D., Zajitskiy 
V.I.: Ugolovniy protsess/ Pod redaksiyey Domovoy A.I. - M.: 
NORMA, 2001.
3. Gromov N.A. Ugolovniy protsess Rossii: Uchebnoye 
posobiye. -M.: Yurist, 1998.
4. Golovko L.V. Doznaniye i predvaritelnoye sledstviye v 
Ugolovnom protsesse Fransii. - M.: SPARK, 1995.
5. Derishev 
YU. 
Predvaritelnoye sledstviye: issledovaniye 
ili presledovaniye, Rossiyskaya yustitsiya, ¹10, 2002.
6. Istina... i tolko istina! Problemi, diskussii, predlojeniya. 
-M.: Yuridicheskaya literatura, 1990.
7. Kuznetsova YU.V., Rukavishnikov V.P., Gromov N.A. 
Pravovie osnovi vzaimodeystviya sledstviya i organov doznaniya 
pri rassledovanii prestupleniy. //Sledovatel, ¹6, 2000.
8. Kuznetsova YU.V., S.I. Annenkov, Gromov N.A. 
Doznaniye i predvaritelnoye sledstviye: Sushnost, zadachi i 
znacheniye stadii predvaritelnogo rassledovaniya //Sledovatel, 
¹4, 2000. 

9. Lebedev V.M. — Sudebnaya zashita svobodi i lichnoy 


neprikosnovennosti grajdan na predvaritelnom sledstvii - 
Rossiyskaya Akademiya pravosudiya — uchebnoye posobiye. -
M.: 2001. 
10. Lukichev N.A. Obespecheniye sostyazatelnogo protsessa 
na stadii predvaritelnogo rassledovaniya //Sledovatel, ¹5, 2002. 
11. Maxov V.N. Predvaritelnoye sledstviye po ugolovnim 
delam doljno osushestvlyatsya sudyami. //Sledovatel, ¹6 2002. 
12. Pavluxin L.V. Rassledovaniye v forme doznaniya. - 
Tomsk, 1979.
13. Pravooxranitelnie organi. Uchebnik dlya vuzov. Pod 
redaksiyey professora Gutsenko K.F. — M.: Zersalo, 1997.
14. Rukavishnikov V.P., Annenkova T.S., Gromov N.A. 
Predvaritelnoye sledstviye i yego sistema v ugolovnom protsesse 
// Sledovatel, ¹5, 2001.
15. Rijakov A.P. Organi doznaniya v ugolovnom protsesse. 
-M.: Gorodets, 1999.
16. Savitskiy V.M., Larin A.M. Ugolovniy protsess: Slovar-
spravochnik — M.: Yuridicheskaya firma KONTRAKT; INFRA-
M, 1999.
17. Solomichev V.I. — Prokurorskiy nadzor za ispolneniyem 
zakonov organami, osushestvlyayushimi doznaniye i 
predvaritelnoye sledstviye -M.: "Ekspertnoye byuro -M", 1998. 
18. Tirin A.V., Lukichev N.A., Gromov N.A. Funksiya 
obvineniya v dosudebnoy stadii // Sledovatel, ¹5, 2002.
19. Xidoyatov B.B. Problemi regulirovaniya doznaniya v 
Respublike Uzbekistan. Avtoreferat dissertatsii na soiskaniye 
uchyonoy stepeni kandidata yuridicheskix nauk. Ministerstvo 
yustitsii Respubliki Uzbekistan. Tashkentskiy Gosudarstvenniy 
yuridicheskiy institut. -T., 2002.

Davlat mustaqilligining qo`lga kiritilishi va asosiy qonunimiz 


— Konstitutsiyaning qabul qilinishidan buyon mamlakatimizda 
muhim tarixiy islohotlar amalga oshirildi. O`zbekiston xalqaro 
hamjamiyatining teng huquqli a'zosi sifatida jahon sahnasiga 
dadil kirib bormoqda. Mamlakatimizda mulkchilik shakllarini 
ravojlantirish, bozor munosabatlarini shakllantirish, fuqarolarning 

teng huquqlari va erkinliklarini ta'minlab beruvchi huquqiy 


demokratik davlatni barpo etish kabi muhim vazifalar 
bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Huquqni himoya qilish faoliyatining shakllari bo`lgan 
jinoyatlarni ochish va tergov qilish masalalari o`rtasida aniq bir 
chegarani belgilash qiyin. Jinoyatni ochish — bu jinoyat 
alomatlariga ega bo`lgan harakat yoki harakatsizlik, hodisalarni
ya'ni jinoyat qonunchiligiga muvofiq jinoyat deb ta'riflanadigan 
(hisoblanadigan) harakat yoki harakatsizlik va hodisalarni oshkor 
qilishni (topish, aniqlash, belgilash va sh.k.) anglatadi.
Ko`pchilik holatlarda jinoyat alomatlariga ega bo`lgan faktni 
aniqlash katta qiyinchilik tuQdirmaydi. Jinoyat o`z o`zidan 
ma'lum bo`ladi: uning sodir etilganligi to`g`risida kimlarningdir 
zararli harakatlari (uy yoqib yuborilgan, mulk o`Qirlangan yoki 
unga zarar yetkazilgan, tan jarohatlari yetkazilgan yoki sog`lig`qa 
boshqa zarar yetkazilgan, tanish yoki yaqin odam o`ldirilgan, 
avtomobil o`Qirlangan va h.k.) tufayli jabr ko`rgan kishilar yoki 
tashkilotlar xabar beradilar. Bu holatlarda tegishli davlat 
tashkilotlari (odatda militsiya) manfaatdor shaxslar 
(jabrlanuvchilar) tomonidan ma'lumotni olgan vaqtdan boshlab 
jinoyat sodir etilganligi fakti aniqlangan va olingan ma'lumot 
tekshirilgach, jinoyat hodisasi amalga oshirilgan deb hisoblanadi. 
Va bu o`rnatilgan tartibda ro`yxatdan o`tkazilishi lozim, chunki u 
keyingi amalga oshirilishi kerak bo`lgan faoliyatga, ya'ni 
tergovni olib borishga asos bo`lib xizmat qiladi.
Biroq ko`pchilik holatlarda jinoyat sodir etilganligi fakti 
puxtalik bilan yashiriladi va uni aniqlash uchun vakolatli 
organlarning tezkor harakatlari talab etiladi. Masalan, bankning 
yoki boshqa tijorat tashkilotlarining o`z mijozlariga zarar 
keltiruvchi hiyla-nayranglarni aniqlash uchun o`ta yuqori 
malakali tekshiruv ishini amalga oshirishni talab etadi. Bundan 
tashqari, tusatdan yo`qolib qolgan kishining taqdirini aniqlash, 
josuslar tomonidan o`ta yashirin amalga oshiriladigan ishlarni va 
boshqalarni aniqlash ham juda murakkab hisoblanadi. Bunday 
holatlarda jinoyat alomatlarini aniqlashda maxsus tayyorgarlikka 
egalik, tegishli texnik uskunalar bilan ta'minlanganlik va ishni 
yaxshi tashkil etish talab etiladi. U puxta rejalashtirilgan 

harakatlar tizimi kabi amalga oshiriladi va ma'lum bir bosqichga 


kelib jinoyat alomatlariga ega bo`lgan faktni tergov qilishga 
o`tadi. Bunday harakatlar ma'lum holatlar va aniqlanayotgan 
faktlar mazmuniga ko`ra turli xil nomlanishi mumkin — 
razvedka, kontrazvedka va ko`pchilik hollarda tezkor-tergov 
harakatlari. Odatda ko`pchilik sodir etiladigan jinoyatlarga 
nisbatan tezkor-tergov harakatlari qo`llaniladi.
Jinoyatni tergov qilishdan oldin uni oshkor qilish amalda 
bo`lmasligi ham mumkin. Ko`pgina hollarda bir jinoiy ishni 
tergov qilish jarayonida boshqa jinoyatlarning alomatlari bo`lgan 
faktlar aniqlanadi. Bunday hollarda jinoyat alomatlari bo`lgan 
harakatlarni aniqlash va ularni tergov qilish o`rtasida aniq bir 
chegarani belgilash mumkin emas.
Jinoyat ishlarini tergov qilishni ko`pincha dastlabki tergov 
deb atashadi. Chunki, dastlabki tergov jarayonida dastlabki 
xulosalarga kelinadi va so`ngra jinoyat ishi sudda ko`rib 
chiqiladi. Dastlabki tergov jarayoniga jinoyat sodir etilganligini 
aniqlash, ayblanuvchi yoki ayblanuvchilarni qidirish va ularning 
jinoyatlarini oshkor qilish, jinoyat natijasida yetkazilgan zararni 
qoplash choralarini ko`rish va yangi jinoyatlarning oldini 
olishdan iborat ishlar kiradi. Dastlabki tergov vakolatli davlat 
organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Yuqoridagi ta'rifda ko`rsatib o`tilgan vazifalarni amalga 
oshirish uchun dastlabki tergov organlariga qonunga muvofiq 
(asosan JPKda keltirilgan) alohida vakolatlar berilgan. Birinchi 
navbatda, ularning vazifalari shaxsning jinoyat sodir etganlikdagi 
aybi yoki aybsizligi bo`yicha dalil-isbotlarni to`plashdan 
iboratdir. Agar dastlabki tergov organlari tomonidan shaxsning 
aybdorligi bo`yicha dalil-isbotlar to`planib bo`linsa, u holda bu 
organlar ayblov xulosasida o`zlarining xulosalarini bayon etgan 
holda, tergovning qonuniyligi ustidan nazorat qiluvchi tegishli 
prokuror orqali barcha ish materiallarini sudga taqdim etadilar. 
Sud o`z navbatida shaxs (shaxslar)ning jinoyat qilganlikdagi aybi 
masalasini ko`rib chiqadi va jazo chorasini belgilaydi.
Sudda tergov natijasida chiqarilgan, dalil-isbotlar bilan 
tasdiqlangan ayblov ko`rib chiqiladi. Sud tergov organi 
chiqargan xulosalarni va istisno qilgan versiyalarni tekshirib 

chiqadi. Ushbu ma'lumotlar bilan sudni ta'minlash surishtiruv va 


dastlabki tergov jarayonining vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu 
sababdan ham sudda ishni ko`rib chiqishda tergov jarayonining 
ahamiyati muhim ekanligini bejizga ta'kidlab o`tishmagan. 
Tergov organlari sudda bo`lmagan imkoniyatlarga ega. Ular 
jinoyat-protsessual dalil-isbotlarning manbaalarini tezkor 
qidirish, to`plash va tekshirishdan iborat tergov harakatlarini olib 
boradilar. Shu bilan birga ular tezkor-qidiruv harakatlarining 
natijalaridan foydalanadilar. Qonunda belgilangan, 
chegaralangan vaqt mobaynida (JPK 341 va 351-moddalar) 
tergov organlari jinoyatni ochishlari, ayb e'lon qilishlari va 
ayblanuvchini fosh qilishlari shart. Tergov harakatlarini amalga 
oshirish jarayoni jinoyat ishini qo`zg`atish vaqtida ma'lum 
bo`lmagan boshqa jinoyatlarni aniqlashga ham imkon beradi.
Jinoyat ishlarini tergov qilish butun bir protsessual chora-
tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
Yuqorida aytib o`tilganlardan kelib chiqqan holda dastlabki 
tergov ahamiyati naqadar katta ekanligi to`g`risida xulosaga 
kelish mumkin. Sud hukmining qonuniyligi, asoslanganligi va 
adolatliligi dastlabki tergovning tezkorligi, o`z vaqtidaligi va 
xolisligiga bevosita bog`liq. Yuqori sifatli va puxta amalga 
oshirilgan dastlabki tergov sudga jinoyat ishini to`g`ri ko`rib 
chiqish, sudlanuvchining aybdorligi yoki aybsizligini aniqlash, 
tegishli jazoni belgilashga imkon beradi.
O`zRda dastlabki tekshirish dastlabki tergov shaklida olib 
boriladi. Surishtiruv dastlabki bosqich sanaladi. Surishtiruv va 
dastlabki tergov organlarining o`rtasida ham o`xshashlik ham 
farq tomonlar mavjud. Ular uchun umumiy bo`lgan xususiyatlar 

Download 30,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish