Printeringizga Canon sarf materiallarini tanlash uchun 5 ta sa Talablarga muvofiqlik Texnika ishlab chiqaruvchilari o‘z qurilmalarini va ular uchun sarf materiallarini yaratishga juda mas’uliyat bilan yondashadi. Printerlar uchun butun mahsulot qat’iy nazorat ostida ishlab chiqariladi, shu bois brak foizi juda past bo‘ladi. Qurilmalar va materiallar atrof-muhitga zarar yetkazmaydi, ular inson uchun mutlaqo xavfsiz. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilar printerlarning xizmat muddatini uzaytirishga intiladi, masalan, Canon kompaniyasi o‘z kartrijlariga tozalash funksiyasini o‘rnatgan, bu ifloslanishga yo‘l qo‘ymaydi.
Sarf materiallarining yuqori sifati Sarf materiallari firma printerlari uchun maxsus yaratiladi, shu bois ulardan foydalanish original qurilmalarning xizmat muddatini sezilarli darajada uzaytiradi. Xomashyo sifatini sinchkovlik bilan sinovdan o‘tkazish va aralashmalarni filtrlash sababli esa sarf materiallari haqiqatdan ham yuqori sifatli materialga aylanadi. Tonerlar printerning bosish texnologiyasiga to‘liq muvofiq keladi, ular tufayli olingan izlar esa ranglarning chuqurligi va ajoyib detalizatsiyasi bilan kishini hayratga soladi.
Ekologiklik Original sarf materiallari atrof-muhitga salbiy ta’sirni minimumga yetkazish imkonini beradigan talablarni hisobga olgan holda yaratilgan. Canon roliklarini atmosferaga ozon chiqarmasdan almashtirish texnologiyasi bunga yorqin misol bo‘la oladi.
Kafolatni saqlash Printer uchun original bo‘lmagan sarf materiallaridan foydalanish belgilarining aniqlanishi sizni kafolatli xizmatdan foydalanish huquqidan mahrum qilishi mumkin. Arzon analoglardan foydalanish xavfi bunga arzimaydi: ular qurilma ishida nosozliklarga olib kelishi mumkin. Masalan, printerning mexanik uzellariga tonerning to‘kilishi yoki pechkaning ishdan chiqishi shular jumlasidandir.
To‘xtovsiz bosib chiqarish O‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, Canon siyohlari original bo‘lmagan materiallar bilan solishtirganda 35 foizgacha yuqori sifatli bosib chiqarish hajmini* ta’minlashi mumkin.
* 2018-yili Canon kompaniyasining tashabbusi bilan o‘tkazilgan Keypoint Intelligence Buyers Lab tadqiqoti asosida Canon kartrijlari boshqa ishlab chiqaruvchilarning kartrijlari bilan solishtirilgan edi. Printerning a’lo sifatli bosib chiqarishi va uzoq yillar xizmat qilishi — bunda Canon kompaniyasining original sarf materiallari o‘zining ideal muvozanatini topgan.