12-mashg’ulot. Sizot va yer osti suvlaridan foydalanish



Download 400,61 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2022
Hajmi400,61 Kb.
#597926
  1   2
Bog'liq
12-Sizot va yer osti suvlaridan foydalanish. 4-soat


12-mashg’ulot.Sizot va yer osti suvlaridan foydalanish.
Sizot suv va yer osti (artezian) suvlaridan suv ta’minoti, sug‘orish va sho‘r yuvish maqsadida foydalanishning katta suv xo‘jalik hamda meliorativ ahamiyati bor. Yuqorida aytilgan suvlardan foydalanishning suv xo‘jaliga jihatidan quyidagi afzalliklari bor: suv resurslari hamda sug‘oriladigan yer maydonlari ham ko‘payadi, bu suvlardan foydalanishda magistral, taqsimlash va keng tarmoqli sug‘orish shaxobchalari hamda ko‘plab gidrotexnik inshootlar qurish talab qilinmaydi. Sug‘orish tarmoqlarining salt qismi uncha uzun bo’lmaganligidan undan suvning filtratsiyaga isrof bo’lishi kam, foydali ish koeffitsiyenti va sug‘orish qobiliyati katta bo’ladi, suvda muallaq zarrachalar juda kam va minerallashganligidan kanallari deyarli loyqa bosmaydi va yovvoyi o’tlar juda kam o‘sadi, natijada ularni ekspluatatsiya qilish xarajatlari kamayadi.
Meliorativ jihatdan ham suvlardan foydalanishning yaxshi tomonlari ko‘p: daryodan irrigatsiya tizimlariga suv olish kamayadi, natijada suvning filtratsiyaga sarflanishi kamayadi va sizot suv sathi pasayadi; zovur suvidan foydalanilganda kollektor va zovurdagi suv sathi pasayadi, natijada ulaming ish chuqurligi va samarali ta’siri zo‘rayadi.
Muayyan minerallashgan va muayyan tuproq-meliorativ sharoitlarida bu suvlar ko‘pincha tuproqqa va ekinlarga hech qanday zarar yetkazmaydi.
Tuzga chidamli ekinlar (oq jo‘xori, lavlagi), tuzga uncha chidamli bo’lmagan ekinlar (beda, no‘xat, makkajo‘xori va boshqalar) ancha minerallashgan suvlar bilan sug'orilganda ham zarar yetkazmasligi mumkin. Suvda qancha ko‘p tuz bo’lsa, u sug‘orish uchun shuncha yaroqsiz bo’ladi. Ayniqsa, tarkibida zaharli xlor ionlari bo’lgan suv bilan ekinni sug‘ormaslik kerak. Suvning tarkibida Na kationi ko‘p bo’lganda ham undan foydalanish tavsiya etilmaydi, chunki uning ta’sirida tuproq sho‘rtob bo’lib qolishi mumkin. Soda bilan sho‘rlangan suvlar sug‘orishga yaroqsiz hisoblanadi.
Suvda tuzlaming ruxsat etiladigan miqdori tuzlaming suv-fizik xossasiga va sug‘oriladigan maydonning meliorativ sharoitiga ham bog’liq. Agar tuproq ancha suv o’tkazuvchan va yaxshi zovurlashtirilgan sizot suv sathi va suv to‘sar qatlam juda chuqur joylashgan bo’lsa, ancha minerallashgan suv bilan ham ekin sug‘orish mumkin.
Sug‘orish normasi tuproq hisobiy qatlamidagi namlik defitsitidan oshmasligi kerak, chunki tuproqning ildiz tarqalgan zonasida asta-sekin sho‘r yig’ila boshlashi va tuproq ancha sho'rlanib qolishi mumkin.
A.N.Kostyakov ma’lumotlariga ko‘ra o‘simlik va tuproq uchun rusat etiladigan sug‘orish suvidagi eruvchan tuzlaming miqdori 0,10 dan 0,15% (yoki 1,0 dan 1,5 g/1 gacha) dir. Shunday kontsentratsiyadagi suv bilan sug‘organda ham ehtiyot boiish kerak, chunki 1 litr suvda 1 gramm tuz bo’lganidan har 1000 m3 suv bilan 1000 kg tuz tuproqqa qo‘shiladi. Suvda eruvchi tuzlar 0,15 dan 0,3% (3 g/ 1 ) gacha bo’lganda, tuzning kimyoviy tarkibini analiz qilish kerak, chunki turli tuzlar tuproq va o'simliklarga turlicha ta’sir qiladi.
Shunday qilib, chuchuk ariq suvi yetishmaganda g‘o‘za va boshqa ekinlarni minerallashgan suv bilan sug'orilsa ham bo’ladi.
Ekinlardan yuqori hosil olish va tuproqning sho'rlanib qolmasligi nazarda tutilsa bas. Mavjud dalillardan va yuqorida aytib o’tlgan talablarni hisobga olganda quyidagicha minerallashgan suv bilan g‘o‘zani sug‘orish (25-30 s/ga hosil olish mo’ljallanganda) mumkin (34-jadval).
Agar suvning tarkibidagi tuzlar ruxsat etiladigan darajadan ko‘p bo’lsa, unda ariq suvini chuchuk suv qo‘shish yo’li bilan yaroqli holga keltirish mumkin.
Ko‘pgina rayonlarda ekin sug‘orish uchun suv omborlari va ko‘llardan ko‘p suv olish mumkin. Shuningdek, kollektor-zovur suvlaridan keng ko’lamda foydalanish imkoniyatlari ham bor.
Sizot suvlar qo‘shimcha muhim sug‘orish manbai hisoblanadi. Bu suvlar ochiq transheyalardan, quduqlardan tortish yo’li bilan, shuningdek, buloq va korizlardan olinishi mumkin.



Koriz - sizot suvni y ig ib yer yuziga chiqarish uchun qilingan yer osti galereyasidir. Koriz: a) bir yoki bir necha suv yigish galereyasi; b) magistral kanal; d) kuzatish-shamollatish quduqlari; e) chiqarish qismi yoki labdan iborat, yer usti suvlari yetishmaydigan rayonlarda, masalan, Turkmaniston va Ozarbayjonning g‘arbiy rayonlarida korizdan keng foydalaniladi.
Sizot suvi chuchuk yoki kuchsiz minerallashgan yerlarda muayyan sharoitlarda sug‘orish davrida kollektor zovurlarni bo‘g’ib qo‘yish yoi bilan tuproqni ostidan sug‘orish (subirrigatsiya) mumkin. Kollektor-zovurlar bo‘gib qo‘yilganda suv sathi o‘simlik ildizlarigacha ko‘tariladi.



Artezian suvlaridan suv ta’minoti va sug'orishda foydalanish mumkin. Muayyan sharoitda sho‘rlangan yerlarni yuvishda minerallashgan suvlardan foydalansa bo’ladi. Chunki har qanday sho‘r yuvishda, shu jumladan, faqat chuchuk (ariq) suvidan foydalanganda ham ma’lum darajada chuchuk suv yoki uncha minerallashmagan suv bilan yuvilsada, pastki qatlamlari turli kontsentratsiyali tuzli eritmalarda yuviladi.
Sho‘r yuvish uchun ishlatiladigan suvdagi tuz kontsentratsiyasi yuvilayotgan tuproqdagi tuz kontsentratsiyasidan ancha kam bo’lgandagina, tuproqdagi tuz yuvilib, undagi tuz miqdori kamayadi. Yuvishdan keyin ham tuproqda qolgan tuzlar chuchuk suv bilan (sho‘r yuvish umumiy normasiga nisbatan 25-30%) yuvib yuboriladi.
Mirzachoi, Farg‘onada o'tkazilgan tajriba sho‘rlangan yerlarni minerallashgan suvlar bilan yuvish mumkinligini isbotladi. Masalan, Quva rayonidagi (Farg‘oria viloyati) Chkalov nomidagi jamoa xo‘jaligida 1954-1957-yillarda 300 ga sho‘rlangan yer kollektor-zovurlarining minerallashgan suvi bilan yuvilib o'zlashtirilgan.
Aholi yashaydigan pünktlarda, mol fermalarini, remont usta- xonalarini suv bilan ta’minlashda mexanizatsiya qurollaridan ko‘p foydalanish, suvni zarur tozalikda, o‘z vaqtida yetarlicha berib turish juda muhimdir.
Xo'jalik-ichimlik suv, avvalo belgilangan sanitariya talablariga javob berishi (unda terlama bakteriyalari, hasharot uruglari, organizmga zararli aralashmalar bo’lmasligi) kerak.
Suvning sathi unda eruvchan tuzlaming bo’lishiga va qattiqlik darajasiga qarab o‘zgaradi.
Suv ta’minoti uchun birinchi navbatda sifatli tabiiy suv manbalari (daryo suvlari, yirik buloqlar) dan foydalanish lozim. Suv shu manbalardan xo‘jaliklarga vodoprovodlar orqali berilgani ma’qul.
Bunday suvlar boimaganda sizot suvlar va chuqur yer osti (artezian) suvlaridan foydalaniladi. Chuchuk suvlar avvalo ichiga va xo‘jalik ehtiyoji uchun ishlatiladi. Bunday suv yetarli bo’lmagan taqdirda, mollar sal sho‘rlangan suvlar bilan sug‘oriladi



Download 400,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish