«Xvaday namak» («Podshohnoma»). Qadimgi Eronning 627 yilgacha bo’lgan
ijtimoiy-siyosiy hayotidan bahs etuvchi afsonaviy tarixiy asar bo’lib, paxlaviy tilida yozil-
gan. Sosoniylardan Yazdigerd III (632—651 yy.) ga yaqin kishi tomonidan 632—637
yillar orasida yozib tamomlangan. Asar ayniqsa Ahamoniylar, Ashkoniylar va Sosoniylar
tarixi bo’yicha muhim manbalardan hisoblanadi. «Xvaday namak» ning o’zi ham,
mashhur shoir, olim va tarjimon Abdulloh ibn Muqaffa (721—757 yy.) tarafidan kilingan
tarjima («Siyar al-muluk» deb atalgan) ham bizgacha yetib kelmagan. Lekin undan
ayrim parchalar Ya’qubiy (897 yoki 905 yili vafot etgan), ibn Qutayba (828—889 yy.),
Tabariy, ibn al-Asir, shuningdek Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma» sida saqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |