Yangi mavzu bayoni:
O’quvchilar bugun biz sizlar bilan Primqul Qodirovning “Nizomning tantiligi” romani matni ustida ishlaymiz tanishamiz tanishamiz, o’rganamiz.
Zamonaviy o‘zbek nasrining rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan adib- larimizdan biri 0‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovdir. U o‘z safdoshlari - Asqad Muxtor, Said Ahmad, Odil Yoqubovlar bilan birga ustoz adiblar - G‘afur G‘ulom, Oybek, Abdulla Qahhorlar qalamini yerga tushirmay, milliy adabiyotimiz ravnaqini у ana bir pog‘ona yuksaltirgan taniqli yozuvchi hisoblanadi. Pirimqul Qodirov asarlarini nafaqat Markaziy Osiyo davlatlari hududida, balki uzoq xorijiy mamlakatlarda ham sevib mutolaa qiladilar, o‘qib o‘rganadilar.
Pirimqul Qodirov 1928-yilning 25-oktabrida hozirgi Xo‘jand vilo- yati hududidagi Kengko‘l qishlog‘ida cho‘pon oilasida dunyoga kelgan.
Kolxozlashtirish (1930-1933-yillar) davrida ko‘pchilik qatori uning otasi - o‘ziga to‘q Qodir cho‘pon ham quloq qilinadi. Bu voqea ko‘p bolali oilaning kundalik tirikchiligigagina emas, farzandlaming keyingi taqdi- riga ham og‘ir ko‘lankalar soladi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘spirin Pirimqul kolxozdagi mashaq- qatli yumushlami bajarishda kattalarga yelkadosh bo‘ldi, bir parcha qora non topib yeyish qanchalar qiyinligini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdi.
Bugun shuni to‘la ishonch bilan aytish mumkinki, o‘zbek adibi Pirimqul Qodirov shoh va shoir Bobur hamda uning bir-biriga o‘xshama- gan farzandlari taqdirini to‘laqonli badiiy qayta yaratishda tom ma’no- dagi tarixiy vazifani ado etdi. Albatta, kelajakda Bobur to‘g‘risida, uning sulolasi vakillari haqida ko‘plab badiiy va ilmiy asarlar yaratiladi. Ular- ning dunyoga kelishida esa kelajak mualliflariga Pirimqul Qodirov taj- ribasi samarali xizmat qilishi shak-shubhasizdir.
Oquvchilar fikrini tinglash, xatolar ustida ishlash.
NIZOMNING TANTILIGI
(«Avlodlar dovoni» romanidan parcha)
«Avlodlar dovoni» romanining asosiy voqealari buyuk sarkarda Mirzo Bobur vafotidan so‘ng, u yangidan tashkil etgan Hind mamlakatida yuz beradi. Ko‘p hukmdorlar bilan bo‘lgani singari Boburdan keyin ham turli shajaralar vakillari bo‘lmish shahzodalar o‘rtasida toj-taxt dardi- dagi kurash alanga oldi. Bobur Mirzoning suyukli farzandi, valiahdi Humoyun Mirzo taqdirida ham bu kurashlar o‘zining qonli izini qoldirdi. Jumladan, aqlli va makkor Sherxon bilan boTib o‘tgan olishuvlar bobu- riylar sulolasi taqdiriga jiddiy xavf solar edi…
«NIZOMNING TANTILIGI» HIKOYASI HAQIDA
Tarixiy mavzuda badiiy asar yozish ijodkordan katta mas’uliyatni talab etadi. Chunki tarix o‘tmishda bo‘lib o‘tgan, hech bir narsani qo‘- shish yoki olib taslilash mumkin bo‘lmagan voqealar bayonidir. Erkin mavzularda qalam tebratayotganda, yozuvchi o‘zining fantaziyasiga istagancha erk berishi, o‘zi o‘ylab topgan u yoki bu hodisani, o‘z maq- sadiga ko‘ra, xohlagan yo‘nalishda davom ettiraverishi mumkin. Bunda faqat mantiqqa va badiiy ishontirish san’atiga amal qilinsa, bas. Fantastik mavzular talqinida esa yozuvchi bundan-da ko‘proq erkinliklarga ega bo‘ladi. Tarixiy mavzu haqida esa bunday deb bo‘lmaydi. Chunki tarix muayyan xalqning xotirasi, asrab-avaylaydigan ma’naviy boyligi hisob- lanadi. Bu boylikka kim qanday xohlasa shunday yondashuviga o‘zini hurmat qilgan biror xalq yo‘l qo‘ymaydi. Bu mas’uliyat tarixiy hodisalar boshida turgan yirik shaxslar - podshohlar, qirollar, prezidentlar, yirik davlat va din arboblari, katta siyosatchilar haqida asar yozilayotganda yanada ortadi. Tarixning har bir hodisasini yoritishda, uni talqin etishda xolislik, odillik, halollik talab qilinadiki, bu narsa ijodkordan juda katta bilimni, fuqarolik mas’uliyatini talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |