«Yangi O‘zbekistonda islohotlarni amalga oshirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish» mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya
Andijon
27-29 oktabr 2021 yil
614
bo’lgan internet tizimi bilan qamrab olingan. O’tgan asrning 80-yillari o’rtalariga kelib,
ko’pgina mamlakatlar axborot rivojlanishi yo’liga - internet, multimediya,
kosmonavtika, OAV, rivojlangan sim o’tkazuvchi, uyali, radio va sun’iy yo’ldosh
aloqasiga asoslangan axborot tizimiga o’tdilar. SHuni ta’kidlash kerakki, bugungi
dunyoda axborot texnologiyasida sifat jihatidan ham juda muhim o’zgarishlar yuz
bermoqda. Agar birinchi kompyuterlar 30-yillarda elektromexanik rele asosida
hisoblash maqsadida foydalanilgan bo’lsa, 60-yillardagi ikkinchi avloddan boshlab
kompyuterlar yarim o’tkazgichli tranzistorlardan foydalanib tayyorlanmoqda. Ilgari bu
kompyuterlar bir-biri bilan juda yaqin masofada bog’langan bo’lsalar, endilikda
dunyoning xohlagan nuqtasidagi kompyuter boshqa joydagisi bilan bemalol bog’lanishi
mumkin. Kompyuterlararo uzatilayotgan xabar esa oddiy yozishma, shaxsiy maktub
yoki insoniyat va xalqlar taqdiriga xavf solayotgan terroristik harakatlar dasturi bo’lishi
ham mumkin.
Axborot sohasidagi globallashuv o’ziga xos kurash maydoniga aylangan.
Hozirgi paytda jahonda 20 ga yaqin davlatda yadro quroli ishlab chiqarish
harakatlari davom etayotgan bo’lsa, 120 ga yaqin mamlakatda “Axborot xuruji”
uyushtirilayotgani tashvishli holdir. Bu axboriy tajovuzlar millat ruhiga, insoniyat
taraqqiyotiga so’zsiz salbiy ta’sir ko’rsatishi turgan gap. Zotan, “Globallashuv
jarayonida millatni saqlab qolishning o’zi ham boshqa global muammolar tizimida
yangi global muammoga aylanadi,– deb yozadi professor Sadulla Otamurodov.– Uni
saqlab qolish iqtisodiy omillarga emas, balki ma’naviy omillarga borib taqalaveradi.
Millatning botiniy va zohiriy qiyofasini saqlab qolish yo’li bilangina uning mustaqil
omil sifatidagi imkoniyatlarini mustahkamlash mumkin bo’ladi”[2].
Aytish joizki, globallashuvning jadallashuvi sharoitida milliy ma’naviyat
mavjudligining o’zi yetarli emas, unda tashqi tahdidlarga qarshi qaratilgan ichki
ruhiy qudrat, uning amal qilishi va faoliyat ko’rsatishi ham zarur bo’ladi[3].
Globallashuv jarayoni to’g’risida gapirganda u avvalo har bir davlatning
taraqqiyoti va ravnaqiga beqiyos hissa qo’shayotganini ham ta’kidlash joiz. Bugungi
kunda biror mamlakat bu jarayondan chetda turmasligi aniq. Ayni paytda
globallashuv mafkuraviy ta’sir o’tkazish quroli sifatida namoyon bo’layotganini tan
olmaslik mumkin emas.
Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.: Ma’naviyat, 2008.
2. Otamurodov S. Globllashuv va millat. T: Yangi asr avlodi, 2008.
3.Otamurodov S. Globallashuv va millat. T.: Yangi asr avlodi, 2008.
Do'stlaringiz bilan baham: |