Prezident Shavkat Mirziyoyev Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida gi qarorini qabul qildi. Bu haqida oav xabar berdi


I.BOB Toʻyinmagan uglevodorodlar



Download 209 Kb.
bet2/7
Sana15.04.2022
Hajmi209 Kb.
#555580
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Toʻyinmagan uglevodorodlar

I.BOB
Toʻyinmagan uglevodorodlar
Alkinlar — molekulasida uchlamchi bogʻ boʻlgan atsetilen qatori toʻyinmagan uglevodorodlari, umumiy formulasi CnH2n-2 Ularning birinchi vakili atsetilen CH≡CH dir. Atsetilendagi vodorod metil radikallar bilan almashtirilsa, molekulasida uchlamchi bogʻ boʻlgan gomologik qator hosil boʻladi. Uning birinchi gomologi metilatsetilen CH3C≡CH; ikkinchisi etilatsetilen CH3CH2-C≡CH va hokazo. Xalqaro nomenklatura boʻyicha atsetilen qatori uglevodorodlarni nomlashda ularga muvofiq keladigan alkanning -an qoʻshimchasi oʻrniga -in qoʻshimchasi qoʻyiladi. Alkinlar tabiatda uchramaydi, ular asosan alkanlar va kalsiy karbiddan olinadi. Alkinlar uchun birikish, polimerlanish, oʻrin olish va oksidlanish reaksiyalari xosdir. Alkinlarning oldingi uchta aʻzosi gazlar, C5H8 dan boshlab suyuq moddalar, yuqori alkinlar (C16H30) esa qattiq moddalar. Alkinlar alkenlar kabi suvdan yengil, suvda kam eriydi, organik eritmalarda yaxshi eriydi.
Alkinlar va ularning hosilalaridan kundalik hayotda, texnikada keng qoʻllaniladigan: sirka aldegidi, sirka kislotasi, benzol, polivinilxlorid, poliakrilonitril, vinilatsetilen, sintetik kauchuk va boshqa moddalar olinadi.
Alkenlar – tarkibida qo‘shbog‘ bo‘lgan to‘yinmagan uglevodorodlar. Alkenlarning juda ko‘p molekulalari o‘zaro birikib (polimerlanish reaksiyalariga kirishib), yuqori molekulali birikmalar hosil qiladi. Ko‘pgina muhim polimerlar (polietilen, polipropilen, polistirol, poliizopren) shu yo‘l bilan olinadi. Olefinlar (frans. defi ant — moy hosil qiluvchi, lot. oleum — moy va facio — qilyapman), alkenlar — toʻyinmagan uglevodorodlarning gomologik qatori, umumiy formulasi CnH2n. Zanjiri ochiq boʻlib, bitta qoʻsh bog'lidir. Atsiklik birikmalarga ki-radi. Olefinlarning eng oddiy vakili etilen CH2=CH2 boʻlganligidan ular etilen uglevodorodlari deb ham ataladi. Etilen va uning yaqin gomologlari (propilen CH2=CH—CH3, butenlar C4H8, amilenlar C5H10 va boshqalar) koʻpincha alkilenlar deb yuritiladi. Olefinlar Jeneva nomenklaturasiga muvofiq tegishli toʻyingan uglevodorodlarning nomiga qarab ataladi, faqat "an" qoʻshimcha oʻrniga "en" qoʻllaniladi va zanjirdagi qoʻshbogʻ oʻrni raqamlar bilan koʻrsatiladi. Butendan boshlab Olefinlar qatorida struktura izomeriyasi mavjud; bundan tashqari, molekulasida qoʻshbogʻ borligidan olefinlar geometrik izomerlar holida ham boʻlishi mumkin. Olefinlar fizik xossasiga koʻra, toʻyingan uglevodorodlardan kam farq qiladi. Ularning qaynash temperaturasi alkanlarga qaraganda ancha past, zichligi esa bir-muncha yuqori. Quyi olefinlar (C2H4 dan C4H8 gacha) gaz, keyingilari C8H36 gacha suyuqlik, undan yuqorisi qattiq moddalardir. Barcha olefinlar rangsiz, suvda deyarli erimaydi, spirtda oz eriydi, uglevodorod va efirlarda yaxshi eriydi. Olefinlarning qoʻshbogʻiga vodorod, galogenlar, vodorod-galogenidlar, suv osonlikcha birikadi (bunda moysimon suyuqlik hosil boʻladi; O.ning nomi ham shundan olingan). Olefinlar oson izomerlanib, polimerlanib va sopolimerlanib qimmatbaho mahsulotlar hosil qiladi (qarang Poliolefinlar, Polietilen, Polipropilen, Poliizobutilen). Yuqori alkillanish qobiliyati olefinlarningning muhim xossasi hisoblanadi. Olefinlar sanoatda, asosan, neftni qayta ishlash mahsulotlari va tabiiy gazlardan olinadi. Olefinlarning kimyoviy reaksiyalarga kirishish xususiyati yuqoriligi, arzonligi tufayli ulardan neft-kimyoviy sintezda plastmassalar, sintetik kauchuklar, kimyoviy tolalar va boshqa muhim sanoat mahsulotlari olishda foydalaniladi.
Molekulasida ikkita qo'sh bog' saqlagan to'yinmagan uglevodorodlar, diyen uglevodorodlar yoki alkadiyenlar deyiladi. Qo'sh bog'larning joylashishiga qarab alkadiyenlar quyidagi uch turga bo'linadi:
Kumulyatsiyalangan yoki tutashgan diyenlar. Bu tor diyenlarda ikkala qo'sh bog' ham bitta uglerod atomiga birikkan bo'ladi. Ularning birinchi vakili CH2=C=CH2 alien deb atalgani uchun, ko'pincha, kumulyatsiyalangan diyenlar alien uglevodorodlar deb ham ataladi. Konyugirlangan diyenlar yoki oralatma qo'sh bog'li diyenlar. Bu tur diyenlarda ikkita qo'sh bog' orasida bitta oddiy bog' joylashgan bo'ladi. Masalan, CH2=CH~CH=CH2 divinil.
Ajratilgan qo 'sh bog'li diyenlar. Bu tur diyenlarda ikkita qo'sh bog' ikki va undan ortiq oddiy bog' bilan ajratilgan bo'ladi:
Nomenklaturasi. Xalqaro o'rinbosarli nomenklatura bilan atalganda diyenlar to'yingan uglevodorodlarning hosilasi deb qaraladi, qo'sh bog'larning o'rni qo'sh bog' tutgan uglerod atomining raqami bilan ko'rsatiladi va alkanlarning nomi oxiridagiga "diyen" so'zi qo'shib o'qiladi. Ba'zan diyenlar tarixiy nomenklatura bilan ataladi. Quyida ba'zi diyenlarning tarixiy, ratsional va xalqaro o'rinbosarli nomenklaturalar bo'yicha atalishi keltirilgan: 1,4-butadiyen H2C=CH-CH2-CH2-CH=CH2 diallin 1,5-geksadiyen
Diyen uglevodorodlarning fizikaviy va kimyoviy xossalari.
Kumulyatsiyalangan va ajratilgan diyenlar kimyoviy xossalari jihatidan alkanlarga yaqin. Ular biriktirish reaksiyalariga alkenlar kabi oson kirishadilar.
Oralatma qo'sh bog'li diyenlarning kimyoviy xossalari bilan batafsil tanishib chiqamiz, chunki ular, birinchidan, ba'zi bir xossalari jihatidan olefinlardan keskin farq qiladi, ikkinchidan, bu tur diyenlarning ba'zi birikmalari kauchuk ishlab chiqarishda dastlabki modda sifatida katta ahamiyatga ega.
Vodorod xlorid bilan reaksiya kirishganda avval gaz holatdagi vinikxlorid, agar reaksiya yana davom etsa, dixloretan hosil boʻladi
CH≡CH + HCl = H2C = CHCl
Vinilxloridning polimerlanish reaksiyasi sanoatda muhim ahamiyatga ega. Gidratlanish (suv qoʻshib olish) reaksiyasi simob (II) sulfati ishtirokida boradi. Ushbu raeksiyani 1881-yil M.G.Kucherov kashf etgan. Sanoatda sirka aldegidi shu usulda oʻzlashtiriladi. Gidratlanish reaksiyasining borishida simobning ikki valentli kationi qaytarilib, bugʻlari zaharli metall — simobga aylanadi. Atsetilenni sanoat usulida ishlab chiqarishning barcha usullari ikki turga yaqinlashadi: kaltsiy karbidining gidrolizi va har xil uglevodorodlarning pirolizasi. Ikkinchisi kamroq energiya talab qiladi, ammo mahsulotning tozaligi juda past. Karbid usuli uchun aksincha.Pirolizning mohiyati shundaki, metan, etan yoki boshqa engil uglevodorod yuqori haroratgacha qizdirilganda (1000 ° C dan) vodorod ajralib chiqishi bilan asetilenga aylanadi. Isitish elektr zaryadsizlanishi, plazma yoki xom ashyoning bir qismini yoqish orqali amalga oshirilishi mumkin. Ammo muammo shundaki, piroliz reaktsiyasi natijasida nafaqat atsetilen hosil bo'lishi mumkin, balki keyinchalik yo'q qilinishi kerak bo'lgan ko'plab boshqa mahsulotlar ham paydo bo'lishi mumkin.
2CH4→ C 2 H2 + 3H2
Karbid usuli kalsiy karbidning suv bilan o'zaro ta'siriga asoslangan. Kaltsiy karbid uning oksididan elektr pechlarida koks bilan eritish yo'li bilan olinadi. Shuning uchun bunday yuqori energiya sarfi. Ammo shu tarzda olingan asetilenning tozaligi nihoyatda yuqori (99,9%).
CaC2 + H2O → C2H2 + Ca (OH)2
Laboratoriyada asetilenni alkogolli gidroksidi eritmasi yordamida dialogenlangan alkanlar dehidrohalogenlash yo'li bilan ham olish mumkin.
CH2 Cl-CH2Cl + 2KOH → C2H2+ 2KCl


Download 209 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish