5. Tagiga chizilgan raqamlarning qaysi biri 60 ni ifodalaydi? (Sonlarni xona birliklari yoyilmasini yozib chiqamiz: 2684=2000+600+80+4, 5086=5000+80+6, 8264=8000+200+60+4. Demak 8264 dagi 6 raqami 60 ni ifodalaydi)
A) 2684 B) 5086 C) 8264
6. Noma’lum qo’shiluvchini toping. 481+___ = 9 320 (Noma’lum qo’shiluvchini topish uchun yig’indidan ma’lum qo’shiluvchini ayirish kerak: 9 320–481 = 8839)
A) 8 839 B) 8 849 C) 8 739
7. Tarixiy obidalarni tomosha qilgani 217 ta o‘quvchi bordi. Quyidagi taqribiy qiymatlardan qaysi biri aniqroq? (Orasidagi farq eng kichik bo’lgani aniqroq bo’ladi: 217 – 210=7; 220 – 217=3; 217 – 200 = 17 Bulardan eng kichigi 3. Demak eng yaqini 220)
A) 210 ta B) 220 ta C) 200 ta
8. Kamayuvchi 35 taga ortib, ayriluvchi 25 taga ortsa, ayirma qanday o‘zgaradi?
(Kamayuvchi orttirilganda ayirma ham ortadi, ayriluvchi orttirilganda esa ayirma kamayadi. Ayirma 35 ga orttirib 25 ga kamaysa natijada ayirma 10 ga ortadi.)
A ) 10taga ortadi B) 60taga kamayadi C) 10taga kamayadi
b
9. Tushirib qoldirilgan raqamlarni toping. (kamayuvchining minglar xonasidagi raqam 5 bo’la olmaydi, chunki undan qarz olinganda ayirmaning minglar xonasida 2 bo’ladi. Demak, kamayuvchining minglar xonasidagi raqami 6, ayirmaning o’nlar xonasida 12-6=6 raqami bor. 6026-2762=3264)
A) 6, 6 B) 6, 9 C) 5, 6
10. Shunday bir xonali son topingki, ulardan 4 tasining yig‘indisi bir xonali songa, 5 tasining yig‘indisi ikki xonali songa teng bo‘lsin. (Demak bu son 4 ga ko’paytirilganda bir xonali, 5 ga ko’paytirilganda 2 xonali songa teng bo’lishi kerak: 1‧4=4, 1‧5=5. Bunda 1 soni har ikki holatda ham bir xonali bo’lib qolyapti. 2‧4=8, 2‧5=10. 2 soni esa bu shart qanoatlanmoqda. 3 dan boshlab esa 4 ga ko’paytirganda ham ikki xonali son xosil bo’ladi. Demak biz izlayotgan son 2.)
A) 1 B) 5 C) 2
11. 39+n<50 tengsizlikni qanoatlantiruvchi natural sonlar ichidan eng kattasi qaysi? (tenglik bo’lganda bizda 50-39=11 soni chiqar edi lekin < bo’gani uchun biz 11 dan kichik sonni olishimiz kerak. 11 dan kichik birinchi son 10. Tekshirib ko’ramiz: 39+10=49. 49<50. Demak biz to’g’ri natija oldik.)
A) 9 B) 11 C) 10
12. Tenglamani yeching (7 002 – x) – 160 = 5 348 => 7 002 – x = 5348 + 160 =>
7 002 – x = 5 508 => x = 7 002 – 5 508 => x = 1 494
A) 1484 B) 1494 C) 1504
13. Son 2, 5 va 9 raqamlaridan tashkil topgan. Agar bu sonni yuzlik ko’rinishida yaxlitlansa, u 600 ga teng bo’ladi. Bu sonni toping. (Javoblardan 600 ga eng yaqini 592, 529 soni yuzlarda yaxlitlansa 500 bo’ladi)
A) 592 B) 295 C) 529
14. a sonni 7 ga bo’lganda 3 qoldiq qoldi, b sonni 7 ga bo’lganda ham 3 qoldiq qoldi. a va b sonlar yig’indisini 7 ga bo’lganda qanday qoldiq qoladi? (Ushbu sonlar yig’indisini 7 ga bo’lgandagi qoldiq, qoldiqlar yig’indisini 7 ga bo’lgandagi qoldiqga teng, 3+3=6. Misol uchun 24+17=41, 41:7=5(6qol))
A) 6 B) 0 C) 3.
15. Duradgorda 9 ta yog‘och taxta bor edi. U bir nechta taxtaning har birini 5 bo‘lakka bo‘lib arraladi. Shunda taxtalar soni 33 taga yetdi. Duradgor nechta taxtani bo‘laklarga bo‘lib arraladi? (Duradgor 6 ta taxtani 5 tadan bo’lakga bo’ladi. Natijada 6·5=30ta bo’lak hosil bo’ladi. Qolgan 3 ta bo’lak bilan taxtalar soni 30+3=33 taga yetadi)
A) 6 ta B) 5 ta C) 7 ta
16. Ketma-ket kelgan 3 ta sonning ko’paytmasi quyidagilarning qaysi biriga bo’linmasligi mumkin? (Ketma-ket kelgan 3 ta sonning ko’paytmasi 2, 3 va 6 ga bo’linadi. Ammo 9 ga bo’linmasligi mumkin. 2·3·4=24 son 9ga bo’linmaydi)
A) 6 B) 2 C) 9.
50>
Do'stlaringiz bilan baham: |