M YE H N A T B O Z O R I
1
- uzluksiz ta`limni oliy ta`lim muassasalarida
davom ettirishga asos bo`ladigan umumta`lim dasturlari
2
- fan predmetlari bo`yicha chuqurlashtirilgan
akademik litseylarning ta`lim dasturi
- Kasb-hunar kollejlarining yo`nalishlari bo`yicha
chuqurlashtirilgan kasb-hunar ta`lim dasturlari
Shu bilan birga umumta`lim dasturlari keyingi ta`lim turlari maxsus, kasb – hunar va oliy ta`lim tizimi dasturlari bilan o`zaro uyg`unlashib uzluksiz ta`lim tizimini tashkil etdi.
Shuni ta`kidlab o`tish joizki, akademik litsey va kasb – hunar kollejlarini tamomlagan bitiruvchilar oliy o`quv muassasalariga kirishda bir xil imkoniyatlarga ega bo`ldilar.
Bu jihat ikkinchi chizmada 1 raqami bilan belgilangan bo`lib, litsey va kollejlar uchun bir xil bo`lgan umumta`lim dasturini o`zlashtirgan talabalar akademik litseylarda /2/ o`quv fanlari bo`yicha chuqurlashtirilgan ta`lim dasturlari va kasb –hunar kollejlarida /3/ yo`nalishlar bo`yicha chuqurlashtirilgan kasb – hunar dasturlari asosida bilim oladilar.
O`z navbatida keyingi bosqich – oliy o`quv yurtlarida o`qishni davom ettirishini xohlamagan yoshlarimiz o`z egallagan kasbkorlari bo`yicha mehnat bozorida faoliyat ko`rsatishlari mumkin bo`ladi. Chizmalarida ko`rinib turibdiki, kiritilayotgan yangi ta`lim tizimining har tomonlama o`ylab tuzilganligi, ilmiy asoslanganligi bois afzalliklari bir talay. Bu o`zgarishlarning hammasiga mustaqilligimiz sabab bo`lganligini unutmasligimiz lozim.
Darvoqe, aynan shu me`zonlarning yuqorida keltirilgan chizmalarimizda o`z o`rnini topganligini ko`rishimiz mumkin. Masalan, yoshlarimiz o`quv jarayonida o`z huquqlarini anglagan holda qobiliyatlari, qiziqishlari va xohishlariga qarab tanlash huquqiga egadirlar. Chunonchi, litsey yoki kollejda o`qish ular tarkibidagi ma`lum yo`nalishni tanlash o`quvchilarning o`ziga havola, bu ularning tanlash huquqini, demak ularning erkinlik huquqlarini ta`minlashdir.
Milliy dasturda shaxsning erkinligi, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishga birlamchi e`tibor berilgan. Erkinlik ta`minlangan jamiyatda fikr rivojlanadi, fikr rivojlanishi esa jamiyat kuchli bo`lishining garovidir. Erkinlik bir necha imkoniyatlardan tanlab olishni o`z ichiga oladi. Yangi ta`lim tizimida yoshlarimizga xuddi shunday imkoniyatlar yaratilgan, ularning, erkinlik huquqlari ta`minlangan.
Davlatimiz rahbari tomonidan taklif etilgan kadrlar tayyorlashning tubdan yangi, noyob jahon tajribasida mavjud bo`lmagan ushbu tizimi haqiqatdan Islom Karimov ilmiy tafakkuri natijasida, ilmiy mardligidir.
Bu Prezidentimizning ta`lim tizimini tubdan isloh qilishdagi kiritgan yangiliklari «Nou – Xau»dir.
Mustaqillik yangicha yashashni, yangicha fikrlashni, hayotda har bir fuqarodan o`ziga yarasha munosib o`rin egallashni yangi mafkura asosida yangicha ma`naviyatni talab etibgina qolmay, jadal o`zgarib borayotgan iqtisodiy va ijtimoiy sharoitga yangicha o`ylashga va harakat qilishga majbur etmoqda.
«Milliy dastur»ning birinchi /1997-2001 yillar/ bosqichi davrida maktablarning moddiy bazasining mustahkamlashga e`tibor qaratilgan. Viloyatning qishloq joylarida bir qancha maktablarning moddiy ahvoli nochor, zamonaviy o`quv uskunalari yetishmaydi. Dasturning birinchi bosqichida amalga oshirishi rejalashtirilgan masalalar viloyatimiz ta`lim – tarbiya tizimiga ham taalluqlidir.
«Ta`lim to`g`risida»gi Qonun va «Milliy dastur» talablarini amalga oshiradigan, hayotga joriy etilgan kuch o`qituvchilar jamoasidir. Hozirgi kunda viloyatimiz halq ta`limi tizimida matematika, fizika, jismoniy tarbiya, himiya, mehnat ta`limi fanlari bo`yicha o`qituvchiga ehtiyoj katta. Bu fanlar sohasida o`qituvchi kadrlarga bo`lgan ehtiyoj kelajakda yil sayin ortib boradi.
O`qituvchi savodli, malakali bo`lsa, islohot sohasida ko`zlagan maqsadiga erishiladi. Shu ma`noda 1997-2001 yillar orasida mavjud o`qituvchilar attestatsiyadan o`tkazildi, toifaga qarab maosh to`lanishi yo`lga qo`yildi. Viloyat halq ta`limi tizimida «Ta`lim to`g`risida»gi Qonun va Milliy dasturni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan barcha ishlar tashkil etilmoqda. Jumladan 2 ta akademik litsey va ko`plab kollejlar tashkil etildi. Akademik litsey va kollejlarni tashkil etildi. Akademik litsey va kollejlarda hozirgi zamon texnologiyasi asosida ta`lim-tarbiya ishlarini amalga oshirishga e`tibor qaratilmoqda.
Viloyatda boshlang`ich sinf o`qituvchilari qayta tayyorlash ishiga etibor qaratildi. Viloyat halq ta`limi xodimlari malaka oshirish instituti va Qarshi davlat universiteti huzurida qayta tayyorlash kurslari tashkil etilgan bo`lib, unda malakali professor o`qituvchilar rahbarligida maxsus ma`lumotga ega bo`lmagan boshlang`ich sinf o`qituvchilari qayta tayyorgarlikdan o`tkazilmoqda.
Shuningdek, boshlang`ich sinf o`qituvchilarining malakasini oshirish, ularni yangi pedagogik texnologiyalar asosida o`qitishga o`rgatish sohasida ham turli kurslar tashkil etilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |