«Prezident Islom Karimov asarlari – barkamol avlod tarbiyasining nazariy asosi sifatida» Boshlang`ich sinf o`qituvchilarini tayyorlash tizimi misolida



Download 256,5 Kb.
bet6/8
Sana12.06.2022
Hajmi256,5 Kb.
#657267
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
«Prezident Islom Karimov asarlari – barkamol avlod tarbiyasining

. I-bob yuzasidan xulosalar

Bugun biz tarixiy bir davrda – xalqimiz o`z oldiga ezgu va ulug` maqsadlar quyib, tinch – osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o`z kuch va imkoniyatlarga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish yo`lida ulkan natijalarni qo`lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz.
Xulosa qilib aytganda, bunday sharoitda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan taklif etilgan uzluksiz ta`limning tamomila yangi tizimida barkamol avlodni tarbiyalashda quyidagilarga e`tibor qaratish lozim:

  1. milliy qadriyatlarimizga tayangan holda, taraqqiy etgan davlatlari tajribasini hisobga olgan holda erkin va o`z mustaqil fikriga ega bo`lgan shaxsni tarbiyalash;

  2. yangi sharoitlarda, yangi zamonaviy texnologiyalarda ishlashga qobil ishchi va mutaxassislarni tayyorlashni yo`lga qo`yish lozim;

  3. iqtidorli yoshlarni ta`lim dargohlarida yaratish;

  4. yoshlarni jahon fani va bilimlari xazinasidan baxramand qilishga katta e`tibor berish lozim.

II – BOB. I.A.KARIMOVASARLARIDA MA`NAVIY-AXLOQIY TARBIYA MUAMMOLARI VA BO`LAJAK BOSHLANG`ICH SINF O`QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA UNDAN FOYDALANISHNING YO`LLARI VA USULLARI.




2.1. I.A.Karimov asarlarida ma`naviy-axloqiy rivojlatirish va shaklantirish masalalari.
Jamiyatda kelayotgan ijtimoiy islohatlarning samaradorligi uning fuqorolariga ega bo`lgan ma`naviyatga bog`liq. Shu bois mustaqillikning, dastlabki yillarida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov jamiyat rivojlanishining ma`naviy-axloqiy negizlarini aniq belgilab berdi1.
Bular:

  • umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik

  • xalqimizning ma`naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish, insonning o`z imkoniyatlarini erkin namayon qilish.

  • vatanparvarlik.

Zero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotigina emas, balki ma`naviy yuksalishini ham taqozo etadi.
Har qanday mafkura kabi O`zbekiston Respublikasi milliy istiqlol mafkurasining asosiy g`oyalaridan biri ham jamiyatda ma`naviy-axloqiy qarashlarning ustuvorligiga erishish sanaladi.
Ijtimoiy tarbiyaning boshqa turlari kabi ma`naviy-axloqiy tarbiya asosini ham ilg`or milliy, ma`naviy-axloqiy qadriyatlar, xalq pedagogikasi g`oyalari tashkil etadi.
Ma`naviyat shaxs, xalq, davlat va jamiyatning kuch-qudrati, tarraqqiyoti, imkoyatlari va istiqbollarini belgilab beruvchi ichki ijodiy, ruhiy omildir.
Ma`naviyat (arabcha, ma`naviyat-ma`nolar majmui) mohiyatiga ko`ra ijtimoiy taraqqiyotda ijobiy, axloqiy, dunyoqarashlari tushuncha va g`oyalar majmui hisoblanadi.
Ma`naviyat sohasida ijobiy yechimini ta`minlash zarur bo`lgan asosiy vazifani ko`rsatar ekan:
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni ta`kidlaydi: “Bu sohadagi asosiy vazifalarimiz-milliy qadriyatlarimizni tiklash, o`zligimizni anglash, milliy g`oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma`naviy hayotimizdagi o`rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlangan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko`tarish va ta`sirchanligini kuchaytirishdir... Bu sohadagi ishlarimizning pirovard maqsadi-iymon-e`tiqodi butun, irodasi baquvvat, erkin fuqoro ma`naviyatini shakllantirishdir. Ya`ni mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkuriga tayanib yashaydigan barkamol shaxs-komil, insonni tarbiyalashdan iborat”1.
Demak, ma`naviyatli inson bilimli, ma`lum kasb-hunar sohibi, o`z vatanining sodiq fuqorosidir.
O`z davlati qonunlarini biladigan va ularga amal qiladigan, yurt bilan g`ururlana oladigan inson. O`z Vatani boyliklarini saqlaydigan, uni yanada boyitadigan, go`zalliklaridan bahramand bo`ladigan shaxs. U har qanday zararli illatlarga qarshi kurashadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarini avaylab asraydigan insondir.
Axloq esa shaxsning xatti-harakatlari, yurishi—turishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari, qoidalari, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi.
Axloq ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat ma`naviy –ruhiy hayotida o`ziga xos o`rin tutadi.
Axloq (lotincha-xulq-atvor ma`nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri bo`lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs hatti harakatini tartibga soladigan qonun qoidalar majmuidir.
Axloq ma`naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. Zero, axloq, axloqiy me`yorlarsiz, shaxsning ruhiy va jismonan tetikligining mezoni bo`lgan ma`naviy kamolotga yetishib bo`lmaydi. Shuning uchun ham ma`naviy axloqiy tarbiyada uzviylik, aloqadorlik, dialektik xarakterga ega bo`lib, shaxsni ma`naviy axloqiy shakllantirishda muhim sanaladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o`zining “Yuksak ma`naviyat –yengilmas kuch” asarida shunday deb yozadi: “Ma`naviyatni bevosita shakllantirishga ta`sir qiladigan yana bir muhim hayotiy omil bu ta`lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog`liqdir.
Ma`lumki ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo`lmish ilmu-ma`rifat, ta`lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan.
Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda xalqimizning ertangi kuni qanday bo`lishi farzandlarimizning bugun qanday ta`lim va tarbiya olishlariga bog`liq.
Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko`rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo`lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib vogaya yetkazish-ta`lim, tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo`lishi lozim” deb qabul qilishimiz lozim. Bu esa ta`lim va tarbiya ishini uyg`un holda olib borishni talab etadi.
Ta`limni tarbiyadan tarbiyani esa tarbiyadan ajratib bo`lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi.
Bu haqda fikr yuritganda Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot –yo halokat yo saodat masalasidir” degan chuqur ma`noli so`zlari eslayman.
Buyuk ma`rifatparvar bobomizning bu so`zlari, asrimizning boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo`lgan bo`lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham ko`ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Darhaqiqat, istiqlol davrida barpo etilgan barcha shart-sharoitlarga ega bo`lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o`quv yurtlarida tahsil olayotgan zamonaviy kasb-hunar va ilm ma`rifat sirlarini o`rganayotgan, hozirdanoq ikki, uch tilda gaplasha oladigan ming-minglab o`quvchilar, katta hayotga kirib kelayotgan, o`z istedodi va salohiyatini yorqin namoyon etayotgan yosh kadrlarimiz misolida ana shunday orzu intilishlarimiz bugunning o`zida o`z xosilini berayotganining guvohi bo`lmoqdamiz.
Eng muhimi shundaki, “Portlash effektining haqiqiy mohiyati va ahamiyati” vaqt o`tishi bilan, biz tarbiyalayotgan sog`lom va barkamol avlodning safimizga tobora ildam kirib borishi bilan yanada yaqqolroq seziladi.
Endilikda oldimizda turgan eng muhim vazifa – ana shu yuksak tushunchalar bilan birga milliy g`oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qilayotgan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag`ri kenglik kabi tamoyillarining ma`no-mohiyatini bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ma`naviy-ma`rifiy, ta`lim-tarbiya ishlarining markaziga qoyish, ularni yangi bosqichga ko`tarish, yosh avlodimizni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan yetuk dunyoqarashli tarbiyalashdan iborat.
Yana bir dolzarb vazifa o`sib kelayotgan avlodga, uning ma`naviy tarbiyasiga nihoyatda katta javobgarlik hissi bilan yondashish masalasi. Nega deganda, yoshlar xalq ma`naviyatining munosib egalaridir. Shuning uchun har bir o`g`il-qizimiz dastlabki qadamlaridan boshlab ma`naviy boyliklarimizdan baxramand bo`lishi kerak. Istidodli yoshlarimizning, yig`it-qizlarimizning o`z qiziqqan sohalarida yetuk insonlar bo`lib yetishishi uchun tegishli shart-sharoitlar hali yaratilgani yo`q.
Agarki biz o`zimizning ma`naviy burchimizni oqlashni istasak, ularga otalarcha g`amxo`rlik qilishimiz kerak. Ana shu maqsadda biz ularning mamlakatimiz va chet ellardagi nufuzli ilmiy markazlarda ta`lim olish uchun mablag`lar ajratdik. Bu ishlar uchun hech narsani shu jumladan, valyutani ham ayamaymiz, - deb yozadi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov.
Keyingi paytda san`atda oshkoralikni pesh qilib, televizor, kino ekranlarida, matbuot vositalarida bo`lmag`ur loyihalarni aks ettirish bemanilik va hayosizlikni, ba`zan esa xatto axloqiy buzuqlikni ta`qib ettirishlar ko`payib qoldi.
Barchamiz-qayerda, qanday lavozimda ishlamaylik, jamiyatimizning insoniylik va axloqiy aqidalarini poymol qiladigan ana shunday tajavuzkorlik ko`rinishlariga qat`iy ravishda qarshi turishimiz lozim. Bunday munosabat jamoatchiligimiz, xalqimizga ham maqul bo`ladi deb ishonaman.
Barchamizga ma`lumki inson o`zligini anglagani, nasl-nasabini chuqurroq bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg`usi ildiz otib, ulg`aya boradi. Bu ildiz qancha teran bo`lsa, tug`ilib o`sgan yurtga muhabbat ham shu qadar yuksak bo`ladi.
Albatta, jahon keng, dunyoda mamlakatlar ko`p, lekin bu olamda betakror ona yurtimiz, O`zbekistonimiz yakkayu yagona bu go`zal yurt, bu muqaddas zamin faqat bizga atalgan. Mana shu ulug` tuyg`u har birimizning dilimizga jo bo`lishi, hayotimiz mazmuniga aylanishini istardim.
Tarix haqiqati shuni ko`rsatadiki, tomirida milliy g`urur vatan ishqi jo`sh urgan odamgina buyuk ishlarga qodir bo`ladi. Biz shunday ma`naviy muhit yaratishimiz kerakki, yurtimizning har bir burchagida, barcha shahar va qishloqlarimiz qiyofasida vatandan faxrlanish hissi ko`zimizni, qalbimizni yashnatib tursin deb yozadi Prezidentimiz. I.A.Karimov.
Ayni paytda hayot haqiqati shuni ko`rsatadiki, har qanday taraqqiyot mahsulidan ikki xil maqsadda –ezgulik va yovuzlik yo`lida foydalanish mumkin. Agarki bashariyat tarixini, uning tafakkur rivojini tadrijiy ravishda ko`zdan kechiradigan bo`lsak, hayotda insonni kamolotga, yuksak marralarga chorlaydigan ezgu g`oya va ta`limotlar bilan yovuz va zarurligi g`oyalar o`rtasida azaldan kurash mavjud bo`lib, kelgani va bu kurash bugun ham davom etayotgangani ko`ramiz.
Bugunki kunda zamonaviy axborot tig`iz, shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo`q, deb beparvo qarab bo`lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotidan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas.
Ta`bir joiz bo`lsa aytish, mumkinki, bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko`proq kuchga ega. Bu masalaning kishini doimo ogoh bo`lishga undovchi tomoni shundaki, agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo`lsa, buni sezish, ko`rish, oldini olish mumkin, ammo mafkuraviy tazyiqni, uning ta`siri va oqibatlarini tezda ilg`ab yetish nihoyatda qiyin. Mana shunday vaziyatda odam o`z mustaqil fikriga zamonlar sinovidan o`tgan hayotiy milliy qadriyatlarga, sog`lom negizda shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo`lmasa, har turli ma`naviy tahdidlarga ularning goh oshkora, goh pinhona ko`rinishdagi ta`siriga bardosh berish amrimahol. Bunda kundalik hayotda yaqqol kuzatish mumkin va ularning qanday og`ir oqibatlarga olib kelishini uzoq tushuntirib o`tirishning hojati yo`q, deb o`ylayman. O`tgan yillar davomida dunyoda va mintaqamizda ro`y bergan, biz bevosita o`z boshimizdan kechirgan voqealar mafkuraviy jarayonlarning rivoji bu xulosaning to`g`ri ekanini qayta-qayta isbotlamoqda.
Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o`quv dargohlarida, balki radio-televidiniya, matbuot, internet kabi vositalar orqali ham rang-barang axborot va ma`lumotlarni olmoqda. Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o`rab-chirmab, uni o`qima buni ko`rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o`rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham bizning ezgu maqsad muddaolarimizga ham to`g`ri kelmaydi. Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o`z oldimizga qat`iy maqsad qilib qo`yganmiz va bu yo`lda hech qachon qaytmaymiz.
Muxtasar qilib aytganda, yoshlarimizning ma`naviy olamida bo`shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog`lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg`usini bolalik paytidan boshlab shaklantirishimiz zarur.
Tabiiyki, “Ommaviy madaniyat” degan niqob individualizm egatsentizm g`oyalarini tarqatish kerak bo`lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha yillik anana va qadriyatlari turmush tarzning ma`naviy negizlariga bepisandlik ularning qo`parishga qaratilgan hatarli taqdirlar odamni tashvishga solmay qo`ymaydi.
Hozirgi vaqtda axloqimizni madaniyatini bilish va aksincha asl ma`naviy qadriyatlarni mensimasdan eskilik sarqiti deb qarash bilan bog`liq holatlar bugungi taraqqiyoti inson hayotini oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda va ko`pchilik bugun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday hurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda.
Bu haqda fikr yuritganda bizning ulug` ajdodlarimiz o`z davrida komil inson haqida butun bir axloqiy mezonlar majmui zamonaviy tilda aytganda, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlarini eslash o`rinli, deb belaman. Ota bobolarimizning ongu tafakkuri asrlar, ming yillar davomida shakllanib, sayqal topgan or-nomus, uyat va andisha, sharmu hayo ibo va iffat kabi yuksak axloqiy tuyg`u va tushunchalar bu kodeksning asosi ma`no-mazmunini tashkil etadi, desak, o`ylaymizki xato qilmagan bo`lamiz.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, uyat-o`limdan qattiq, degan gaplar xalqimiz tilida bunday iboralar el-yurtimizga mansub ezgu va go`zal axloqiy qadriyatlarning asl mazmunini ifoda etadi.
Darhaqiqat, uyat va nomusini yo`qotgan odam, Ahmad Yassaviy bobomiz aytganlaridek, xuddiki hayvon jinsiga aylanib qoladi.
Oldiga qo`yganni yemak-hayvonning ishi.
Og`ziga kelganni demak-nodonning ishi degan chuqur ma`noli so`zlari ham bu fikrni tasdiqlab beradi.
O`z-o`zidan ravshanki bugungi zamon voqelikka ochiq ko`z bilan real va hushyor qarashni, jahonda va yon atrofimizda mavjud bo`lgan, tobora kuchayib borayotgan ma`naviy tahdid va xabarlarni to`g`ri baholab, ulardan tegishli xulosa va saboqlar chiqarib yashashni talab etmoqda. Shu bois yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod ongida murakkab va tahlikali hayot haqida, uning shavqatsiz o`yinlari to`g`risida biryoqlama va soxta tasavvur bo`lmasligi kerak, deb ko`rsatadilar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov.
Shuningdek I.A.Karimov o`zining “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari” nomli asarida shunday deb yozadilar: “Bir so`z bilan aytganda mamlakatimizda global inqirozning oqibatlarini, bugungi va ertangi kutiladigan ta`sirini hisobga olgan holda, qat`iy har tomonlama o`ylangan keng ko`lamli loyihalar bugun amalga oshirilmoqda.
Albatta, mamlakatimizda bunday chora-tadbirlar tatbiq qilinishi bilan bir qatorda bu jiddiy sinovni yengish, hech shubhasiz ko`p jihatdan hammamizdan avvalo mas`uliyatimizni teran his qilishni, barcha imkoniyat va resurslarimizni, ishga solishni talab qiladi”.
Darhaqiqat jamiyat taraqqiyotida rivoji ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda biz yoshlarni ma`naviy-axloqiy tarbiyasida bor imkoniyatlarimizdan foydalanishimiz kerak.
Chunki ma`naviy-axloqiy tarbiya mohiyatiga ko`ra inson ongining jamiyat bilan aloqadorligi jamiyat oldida mas`uliyatli ekanligi, o`z xulq-atvorini jamiyat taraqqiyoti darajasiga bog`liqligini tushunishi, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy me`yor, ideal hamda talablarni bajarishda ma`sulyati his etishi, ma`naviy axloqiy e`tiqodlarning tizimliligi, mustahkam ma`naviy –axloqiy his-tuyg`u va xislatlarni shakllantirish, o`quvchilar tomonidan ma`naviy-axloqiy xulq-atvor jamiyat a`zolariga bo`lgan hurmat e`tiborni namayon etuvchi mezonlardan ekanligining anglab yetish, ma`naviy-axloqiy odatlarning shakllanishi va boshqalardan iborat.
Ma`naviy-axloqiy tarbiya mazmunida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tiklash masalasining kun tartibiga qo`yish zarurligining yuzaga kelganligi munosabati bilan tub o`zgarishlar yuz berdi.
Eng muhim qadriyatlar inson omili hisoblanadi. Hayot insonga bir marta beriladi. Shuning uchun ham milliy va umuminsoniy qadriyatlarda uni mazmuni, o`zgalar va o`zining hayoti ma`nosini anglagan holda o`tkazish kerakligi haqida ko`plab rivoyatlar, hikmat va pand-nasixatlar mavjud.
Bundan tashqari ta`lim muassasasida o`quvchilarga qadriyat sifatida munosabatta bo`lish ham dolzarb ahamiyatga ega bo`lib bormoqda. Zero ta`lim tomoyillarida eng muhim, asosiy tamoyillardan biri ta`limni insonparvartirish va demokratlashtirish bo`lib, uning asosiy mohiyati o`quvchi shaxsiga insoniy munosabatta bo`lishini talab etadi.
Ma`naviy-axloqiy tarbiyada yana bir eng qimmatli qadriyat erkinlikdir. Ta`limni demokmratlashtirish bilan birga shaxs erki va hquqni hurmat qilish rivojlanadi. Bu esa o`z navbatida o`quvchi shaxsida ma`suliyatni his etish, ongli intizomga rioya etish ko`nikmalarini tarbiyalaydi.
Shuningdek vatanparvarlik, xalqlar o`rtasida do`stlik va hamkorlik, ma`suliyatni his etish burch, or-nomus, vijdoniylik, tartiblilik, adolatlilik va boshqa hislatlar tarbiyasi katta ahamiyatga ega.
Bugungi kunda jismoniy tarbiya mehnat tarbiyasi yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sog`lom turmush tarizini tarkib toptirish, ayniqsa, zarurligini kundalik hayot tarzi yanada yaqqol namayon etmoqda.
Tekinxo`rlik, narkomaniya, tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni iste`mol qilish, faxsh, johillik kabi salbiy illatlar ham hayotda uchrab turadi. Bu illatlar insoning axloqiy qiyofasinigina emas, balki o`zini ham yemirib boradi. Inson ham ma`naviy, ham jismonan halok bo`ladi. Shu bois insonning ma`naviy-axloqiy tarbiyasi ijtimoiy tarbiyaning muhim masalalaridan biridir.
Ma`naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etishda o`quvchilar xatti xarakatlarida ko`zga tashlanadigan salbiy odatlar jamoa joylarda qattiq gapirish, qo`pol so`zlarni ishlatish, hissiyotga berilish, o`ylamay gapirish, dalillar bilan tasdiqlanmagan voqea-hodisalar haqida fikr yuritish, boshqalarning suhbatini buzish, qo`lini silkitib gapirish kabilarning bartaraf etib borishga alohida e`tibor qaratish lozim.
Bu borada Prezidentimiz I.A. Karimovning quyidagi so`zlarini keltirib o`tish joizdir: «Yana bir dolzarb vazifa – o`sib kelayotgan avlodga uning ma`naviy tarbiyasiga nohoyatda katta javobgarlik hissi bilan yondashish masalasi. Nega deganda, yoshlar xalq ma`naviyatining munosib egalaridir. Shuning uchun har bir o`g`il-qizimiz dastlabki qadamlaridan boshlab ma`naviy boyliklarimizdan bahramand bo`lishliri kerak».9
2.2. Bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchilarini tayyorlashda I.A.Karimov asarlaridan foydalanishning yo`llari va usullari
Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar davrida jamiyat hayotiga yangiliklarning kirib kelishi, inson mehnatining ham takomillashishi, qulaylikka ega bo`lishini ta`minlab beradi. Shuningdek yangillikka bo`lgan ehtiyoj ta`lim sohasida ham bir qator o`zgarishlar bo`lishini taqozo etmoqda.
Jamiyat taraqqiyotini ta`minlovchi barkamol insonlarni shakllantirishning uchun ijtimoiy taraqqiyot sharoitida maktab oldida o`qituvchilik kasbiga nisbatan talab ortib bormoqda.
Prezidentimiz Islom Karimov O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 18 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi ma`ruzasida “Davlatimiz va jamiyatimizning bugungi kuni, ayniqsa, kelajagi uchun g`oyat muhim bo`lgan sog`lom va barkamol avlodni tarbiyalash vazifasini o`z oldimizga qo`yar ekanmiz, avvalambor, biz yashayotgan XXI asr — intellektual boylik, yuksak bilim va salohiyat talab etiladigan, aynan shu qadriyatlar ustuvor ahamiyat kasb etadigan asr, degan hayotiy haqiqatdan kelib chiqqan edik.
Albatta, hozirgi kunda taraqqiyot yo`lidan izchil rivojlanib borishimizda, ezgu maqsadlarimizni ro`yobga chiqarishda hal qiluvchi rol o`ynaydigan muhim bir mezon borki, u ham bo`lsa, inson kapitali, ya`ni inson omili, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas`uliyatni o`z zimmasiga olishga qodir bo`lgan, hayotga dadil qadamlar bilan kirib kelayotgan yoshlarimizdir.
Biz qabul qilgan, o`sib kelayotgan avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash dasturida belgilangan ulkan va keng ko`lamli vazifalarni qisqa vaqt mobaynida, ya`ni bir yil davomida amalga oshirib bo`lmasligi barchamizga yaxshi ayon. Shu ma`noda, bu olijanob maqsad davlatimiz va butun jamiyatimizning doimiy va uzoq istiqbolga mo`ljallangan ustuvor vazifasiga aylanishi va hamisha e`tiborimiz markazida turishi lozим”.
Bunga javob berish uchun o`qituvchi quyidagi shaxsiy sifatlarga ega bo`lishi kerak:
O`qituvchining muhim fazilati – o`quvchilar bilan tez til topisha olishi, ko`pchilikka aralasha bilishi, yuksak madaniyatga ega bo`lishidir. U ijtimoiy faol fuqaro sifatida yetuk bo`lmog`i zarur.
O`qituvchi o`z ishida ijod qilishga intilishi, qolipga tushgan shakllardan voz kechishi, yangiliklarni kashf eta olishi, suhbatlarda yangi fikr aytishi, ishga ijodiy yondoshishi, shijoat ko`rsata olishi muhimdir. O`qituvchining odobi, madaniyati yuksak bo`lgan taqdirdagina u odamlarga nisbatan mehribon, sahovatli bo`la oladi, ularni har doim hurmat qila oladi. Buning uchun u ochiq ko`ngil, qat`iy bo`lishi, o`zini tuta bilishi, bardoshli bo`lishi, qiyinchiliklar oldida esankirab qolmasligi, muomalada qo`pollik qilishdan saqlanishi o`ziga va bolalariga nisbatan talabchan bo`lishi, o`z shaxsiga nisbatan tanqidiy nuqtai nazardan qaray olishi kerak.
Pedagoglarning muvaffaqiyatli ishlashlari, o`quvchilarga ta`lim berishlari uchun ta`lim jarayoniga yangiliklarni tadbiq etishni bilishlari shart. Mana shunga ko`ra innovatsiya – yangilik atamasi ko`pchilikning e`tiborini tortdi. Endi esa innovatsiyani ta`lim-tarbiya ishida to`liq va aniq qo`llash uchun uning mazmun, mohiyatini tushunib yetish lozim. Bu bir qadar vaqt talaba qiladi.
Maktab o`quvchilari o`zlarini shaxs sifatida namoyon etishga intiladilar. Buning uchun xilma-xil faoliyat turlarini egallashga kirishadilar. Ta`lim jarayonida o`qituvchilar ham o`quvchining barcha imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishga harakat qilishlari muhim ahamiyatga ega.
Innovatsiya orqali o`qitish jarayoni o`qituvchi va o`quvchining o`zaro munosabatlari optimallashtiradi. Bunda har ikkala shaxs ham faol ishtirokchiga aylanishi ko`zda tutiladi. Ta`lim jarayonining samaradorligi esa ushbu o`zaro munosabatlarning qanday bo`lishiga bog`liq, albatta.
Ta`lim jarayoni innovatsiya orqali yuksak saviyada tashkil etilsa bo`lajak mutaxassislarda intellektual faollik namoyon bo`ladi. Intellektual faolllik esa bo`lajak mutaxassisning har tomonlama tayyorgarlik ko`rishiga, bo`lajak faoliyatning ustasi bo`lib yetishishiga yordam beradi. Intellekt (latincha intellectus – ya`ni aql, idrok, zehn) degan ma`noni anglatadi. Bu degani kishining bitta bilish faoliyati, tor ma`noda tafakkuri, fikr yuritish jarayonini shakllantirish demakdir.
Zamonaviy pedagogikaning vazifasi o`quvchilar inttellektual faolligini oshirishda ta`lim jarayoniga yangiliklarni qo`llashni talab etmoqda. Chunki bugungi kunda ta`lim jarayonida yangiliklarni joriy etish yaxshi samara bermoqda.
Uzluksiz ta`limning asosiy poydevorlaridan biri bu boshlang`ich ta`lim hisoblanadi. Shunday ekan hozirgi tub islohotlar amalga oshirilayotgan davrda zamonaviy boshlang`ich ta`limning o`zi nimadan iborat bo`lishi kerak? Uning tarbiyasi qanday bo`lishi kerak? Shu masalalarga javob topishimiz zarur.
Hammaga ayonki, ta`lim darslikdan boshlanadi. Maktab sohasida «Ta`lim to`g`risida»gi Qonun asosan 1996-97 o`quv yilidan boshlab maktablarni birinchi sinflarida o`qish yangi alifboda olib borildi. Yangi imloda o`qitish uchun zarur dastur qo`llanma va darsliklar yaratildi.
T.G`afforova va boshqalar tomonidan yaratilgan darsliklar bir qancha qulayliklarga ega ekanligi uchun ham 7 yil davomida o`qitildi va muvaffaqiyat qozondi.
Respublika Xalq Ta`limi Vazirligi tomonidan uyushtirilgan «Darsliklar tanlovi»ga 1-sinflarda R.Safarova boshchiligidagi guruh tomonidan tayyorlangan «Alifbe» darsligi, T.G`afforova boshchiligidagi guruh tomonidan tayyorlangan «Ona tili», «O`qish kitobi» darsliklari g`olib bo`ldi. T.G`afforova guruhi tomonidan tayyorlangan darsliklar o`zining zamonaviyligi, pedagogik texnologiyalarga asoslanganligi bilan ajralib turadi. Bu darsliklar o`quvchilarning fikrlash qobiliyatini o`stiradi, o`qish motivini shakllantiradi.
II, III, IV, V sinflar uchun ham «Darsliklar tanlovida» g`olib bo`lgan darsliklar chop etildi. O`quvchilarga zamonaviy bilimlar berish, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirishda saralar ichida tanlangan eng yaxshi darsliklar yaxshi xizmat qiladi.
Jamiyatning har bir faol fuqarosi XXI asr bo`sag`asida turar ekan, o`tgan yillarni baholashga va kelajak hayotning turli qirralarini belgilab olishga urinishlari tabiiydir. Ta`lim sohasidagilar ham bundan mustasno emas. Ilmiy – texnikaviy taraqqiyot nafaqat ishlab chiqarishning ko`p sonli tarmoqlariga, balki, madaniy sohasiga, ijtimoiy – gumanitar bilimlar doirasiga ham yangi texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Shu boisda keyingi 10 yilliklarda pedagog olimlar diqqatini jalb qilgan dolzarb masalalardan biri pedagogik texnologiya hisoblanadi.
Bu muammoga qiziqish orttirganligini quyidagicha izohlash mumkin:
- Ba`zi olimlarning pedagogikadagi «Zamonaviy yo`nalish» deb an`anaviy yondoshishlari va o`z imkoniyatlari doirasida muammoga ilk bor qo`l urishlari;
- boshqa guruh tarafdorlari ta`limning bugungi ahvolga qayg`uradilar va uni inqirozdan qutqaruvchi kuch texnologiyalashtirish deb qaraydilar;
- uchunchi guruh olimlar texnologiyalashtirishni obyektiv jarayon deb uni ta`limni evolyutsion bosqichga ko`tarish shartlaridan biri ekanligini e`tirof etadilar.
Biz ham keyingi fikrga qo`shilgan holda pedagogik texnologiyaga taraqqiyot yo`lidan boradigan davlatlarning ta`lim sohasidagi siyosatining bosh vazifasi sifatida qarab kelganligini ta`kidlaymiz. Bunday yondoshishi YUNESKO tomonidan ham ma`qullandi. 1991 yilda uning direktori Rene Mais Fransiyaning sobiq bosh vaziri Edgaro Foraga murojaat etib, ta`lim sohasida tuzilgan halqaro komissiyaga rahbarlik qilishni va jahonda ro`y berayotgan o`zgarishlar asnosida ta`limning maqsadini, rivojlantirish yo`nalishlarini aniqlash vazifalarini yukladi. Shunday qilib 1972 yilning kech kuzida Buyuk Britaniya va Fransiya kitob do`konlaridan «Mavjudlik uchun o`qish. Tarbiya dunyosi bugun va ertaga» nomli kitob paydo bo`ldi va unda «zamonaviy texnologiya ta`limni yangilashda harakatlantiruvchi kuch» ekanligi qayd etildi.
Muhimi shundaki, Prezidentimiz I.Karimov tomonidan ta`limning Milliy modeli yaratildi va uni ro`yobga chiqarish bosqichlari hamma jihatdan ilmiy asoslab berildi. Uning ikkinchi va uchinchi bosqichida «O`quv tarbiyaviy jarayonini ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan ta`minlash» jiddiy vazifalardan biri ekanligi ko`rsatildi.
Xo`sh, pedagogik texnologiya nima? Uning ilmiy asosida qanday nazariyalar yotadi? Amaliyotga tadbiq etish shartlari nimalardan iborat?
Dastlab «texnologiya» tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so`z fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha «texnos» - hunar, san`at va /meros/ logos – fan so`zlaridan tashkil topib «hunar fani» ma`nosini anglatadi. Biroq, bu ifoda zamonaviy texnologik jarayon – bu mehnat qurollari bilan mehnat vositalariga ta`sir etish natijasida mahsulot yaratish sohasidagi mehnat jarayoni hisoblanadi. Demak, bu ta`rifni tadqiqotimiz mavzusiga ko`chirish mumkin, unda: Pedagogik texnologiya – bu o`qituvchi tomonidan o`qitish vositalari yordamida o`quvchilarga ta`sir ko`rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni deb ta`riflasak xato bo`lmaydi.
Qator yillar davomida pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyoti bir – biriga bog`liq bo`lmagan holda o`rganib kelindi va u turli faoliyat doirasida edi. Bugungi kunda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga mamlakatimizda ham, imkoniyatlar mavjud. Nazariya va amaliyot birligining ta`minlashi zamonaviy pedagogik texnologiyaning asl mohiyatini aniqlashga yo`l ochadi.
Bizning fikrimizcha yangi pedagogik texnologiyani pedagogika fanining alohida tarmog`i sifatida yoki faqat ta`lim amaliyotini maqbullashtirishga yo`naltirilgan tizim deb qarash mumkin emas. Pedagogik texnologiya bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyat yo`nalishlarini aniqlaydi. Bu yerda izlanishning mohiyati – pedagogik tizimni tashkil etuvchi elementlarni o`rganish asosida yangilashdan iborat. Sababi, har qanday o`quv tarbiyaviy jarayonni tashkil etish u yoki bu pedogogik tizimni aks ettiradi. Demak, pedagogik texnologiya – amaliyotda joriy etish mumkin bo`lgan ma`lum pedagogik tizimning loyihasidir.
Hozirgi kunda fan va texnika rivojlanib, bizning mustaqil yurtimizda ham juda ko`plab samarali ishlar olib borilmoqda. Mana 4 yildirki bizning davlatimizda hali horijliklar tajribasi asosida oliy o`quv yurtlariga, o`rta maxsus o`quv yurtlariga hattoki litsey maktablariga qabul qilish test usulida olib borilmoqda. Bunday test sinovlaridan muvaffaqiyatli o`tish uchun yoshlarimiz maktabdanoq ko`nikma hosil qilgan bo`lishlari kerak.
Shuning uchun ham boshlang`ich sinfdan boshlaboq o`quvchilar bilimini reyting usulida baholash usuliga o`tildi.
Reyting usuli o`quvchini harakatga, ma`suliyatni sezishga o`rgatadi. Men chorak tugaguncha ball yig`ilish kerak, - deb izlanishda, harakatda bo`ladi.
Reyting usuli juda samarali usul, chunki bu usulni yaxshi bilgan o`quvchi istagan o`quv yurtiga kirishda to`siqqa uchramaydi.
Boshlang`ich ta`limning negizida, asosan, savodxonlik yotadi va shu bilan birga bolalar ravon o`qishi, mustaqil fikrlay olishi, to`rt amal ichida hisoblashi, tevarak – atrofini kuzatib o`rganishi, chiroyli yozuv ko`nikmasini, chiroyli millat urf-odatini o`rganishi lozimdir. Mustaqillikka erishganimizdan buyon boshlang`ich ta`limga alohida e`tibor berilmoqda. O`qituvchi va o`quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o`rnini ongli intizom egallab borayapti. Hozirgi kunda o`qituvchining bosh vazifasi o`quvchilarni erkin fikrlashga o`rgatishdan iborat. Buning uchun oldingi usul: «Mening aytganim – aytgan, deganim – degan» usulidan voz kechishga to`g`ri keladi.
Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o`rganmasa, berilgan ta`lim samarasi past bo`lishi muqarrar.
Boshlang`ich sinflarda darslarda xar hil o`yinlardan foydalanish o`quvchini darsga qiziqtirishning asosiy omillaridan biridir. Rejali asosda emas, darslarni noananaviy usulda olib borish ijobiy samara bermoqda.
Oliy o`quv yurtlarida bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchilarini tayyorlashga asosiy e`tibor qaratilmoqda. Ularni darslarni tashkil etishda puxta tuzilgan dars ishlanmalari yaratishga o`rgatilmoqda.
Quyida ona tilidan ishlangan dars ishlanmasini keltiramiz. Dars mavzusi: Qaratqich va tushum kelishigidagi otlarning turlanishi.
Takrorlash. 310 – 311 mashq
Darsning maqsadi: a)Ta`limiy maqsad:
Otlarning tushum va qaratqich kelishiklariga turlanishi haqida chuqur bilim berish.
b)Tarbiyaviy maqsad:
O`quvchilarga milliy qadriyatlarimiz haqida tushuncha berib, ularga shu orqali to`g`rilik, poklik, jasurlik xislatlarini singdirish.
v)Rivojlantirish maqsadi:
Buyuk alloma Ahmad al-Farg`oniy hayotiy, ilmiy merosi bilan tanishtirish orqali milliy merosning yangi qirralarini ochib berish.
Dars turi: Noananaviy o`yin turi.
Jihozi: Ahmad al-Farg`oniy va Alisher Navoiyning rangli suratlari, jadvallar, testlar, boshqotirmalar. Sinf xonasi aloqa bo`limi ko`rinishida jihozlangan. O`quvchilar partalari 6 bo`limga bo`lingan. Har bir stol ustiga bo`limning nomi yozilgan: 1 – bo`lim, 2 – bo`lim, 3 – bo`lim, 4 – bo`lim, 5 – bo`lim, 6 – bo`lim, «06 aloqa xizmati», «07 aloqa xizmati» taxtaga ko`rsatgichlar, 2 tadan telefon moslamalari qo`yilgan.
«06 aloqa xizmati» uchun moslangan teletayp, «07 aloqa xizmati» uchun alohida telefon qo`yilgan.
Sinf o`qituvchisi, ya`ni bosh muxandis uchun boshqaruv apparati qo`yilgan.
Bosh muxandis so`zi:
O`yin darsining borishi: Diqqat!
Ovoz kuchaytirgichni yoqdik. Diqqat, diqqat! Bugungi «Otlarning turlanishi» mavzusidagi darsimizning shahar aloqa bo`limidan olib boramiz. Bizning tashkilotimiz 6 ta bo`limdan iborat. Har bir bo`lim alohida aloqa moslamalariga ega. Men bosh muhandis sifatida sizlar bilan umumiy boshqaruv uskunasi orqali aloqada bo`laman. Bugungi mehnat kuningiz maroqli, unumli o`tishini tilayman.
Bosh muhandis 07 aloqa xizmatiga telefon orqali shoshilinchnoma jo`natishni topshiradi.
07 aloqachisi quyidagi mazmunda Farg`ona shahri bilan ulanib shoshilinchnoma jo`natadi.
Viloyat xalq ta`limi bo`limiga!
Viloyat boshlang`ich sinflar anjumani qatnashchilari, Qo`qon shahriga sog`-salomat yetib keldilar. Anjuman o`z ishini muvaffaqiyatli boshladi.
07 aloqachisi bosh muhandisga qo`ng`iroq qilib, topshiriq bajarilganini aytadi.
Bosh muhandis: Bizning tarmog`imiz viloyatdagi eng ko`hna tarmoqlardan biri. Bu yerga ishlash uchun Milliy dasturimizda aytilganidek, malakali, xushxat mutaxassislar zarur. Ish kunimizni boshlashdan oldin sinov o`tkazmoqchiman. Chiroyli yozuv daqiqasi. Bu yorug` olamda Vatan bittadir, Bittadir dunyoda ona degan nom. Ushbu she`r matnini mutaxassislar o`zlari aytadilar va yozuv taxtasi hamda daftarlariga bajaradilar, uni ko`chirish paytida quyidagi she`r parchasini yod aytadilar:
Chiroyli yoz, yozsang xat,
Chunki bu ham zo`r san`at.
Bosh muhandis: Bizning olamdagi yagona Vatanimiz O`zbekiston.
Aytinglarchi, O`zbekistonda qaysi til davlat tili sanaladi?
- O`zbekistonla o`zbek tili davlat tili sanaladi.
Bosh muhandis: Ovoz kuchaytirgichlarga diqqat qiling. Muhandislik, aloqachilik kuchli xotirani talab qiladigan kasb. Xotira sinovi daqiqasini o`tkazamiz. Ko`chma taxtadagi she`r parchasini yodlang va daftaringizga yozing.
Yod oling.
Qonunda qo`riqlangan qo`rg`onim ona tilim,
Mangulik yo`llariga sarbonim ona tilim.
Bosh muhandis: 1 – bo`lim bilan telefon orqali aloqaga chiqadi: 1 – bo`lim muhandisi: - Allo eshitaman.
Bosh muhandis: - Ot so`z turkumiga noan`anviy ta`rif tayyorlang va jadval tuzing.
1 – bo`lim muhandisi: Xo`p bo`ladi.
Bosh muhandis xuddi shunday 2 – bo`limga ham qo`ng`iroq qiladi va sifat so`z turkumiga ta`rif bering, so`zlar ichdan sifatlarni tanlab oling va jadval tuzing deb, topshirish beradi.
Shu tariqa 3 – bo`lim fel, 4 – bo`lim son, 5 – bo`lim muhandisi olmosh so`z turkumiga ta`rif berishga, jadval tuzishga tayyorlanadi.
Yozuv taxtasi yonidagi javoblar:
1 – bo`lim aloqachisi: Ot so`z turkumiga ta`rif beradi va doska yonida turgan 15 ta so`zdan otlarni tanlab olib jadval tuzadi.
Otning ta`rifi:
Shaxs – narsa nomiman
Deyishadi meni ot
So`roqlarim Kim? Nima?
Men bilan ko`ngillar shod.
Kitob, daftar, qalaman,
O`zim sirli olamman.
Daftar, o`quvchi, chizg`ich.

  1. – bo`lim aloqachisi: Sifat ta`rifi.

Shaxs – narsa belgisiman,
Katta-yu, kichik, ko`rkam.
Men bormanki, doim buyuk,
Keng, bepoyon, obod o`lkam
Qanday? Qanaqa? So`rog`im
Latofatga makon joyim.
Achchiq, baland, qizil.

  1. – bo`lim aloqachisi: Sonning ta`rifi.

Sonning asl nomini
Narsa son-sanog`ini
Gohida tartibini,
Anglataman barini,
Yigirmata, beshta, uchinchi.

  1. – bo`lim aloqachisi: Olmosh ta`rifi.

Men olmoshman, men olmosh
Sen, u, shu menga yondosh.
Ot, sifat, son o`rniga
Meni qo`llang sinfdosh.
biz, sen, ular.
Bosh muhandis: Bildingiz birin-ketin, barchangizga ofarin.
Baho: 10 ball.
Xonada telefon jiringlaydi. 06 aloqa xizmati aloqaga chiqib, topshiriqni yozib oladi. Va bosh muhandisga mazmunini yetkazadi.
Topshiriq mazmuni:
Sizlardan zudlik bilan «otlarning tushum va qaratqich kelishiklarida turlanish» mavzusini mustahkamlash talab etiladi.
Bosh muhandis: Diqqat! Ushbu shoshilinchnoma talabini qondirish ustida ishlaymiz. Hozirgina ot so`z turkumiga ta`rif berdik. Endi mana bu jadvalni kuzating, savollarga javob bering:
- Turlanish nima?
- Qaratqich kelishigining qoidasini ayting.
- Tushum kelishigining qoidasini ayting.
- Ikkisining o`xshash va farqli tomonlarini taqqoslang.
Ko`chma yozuv taxtasidagi gaplarni o`qing, tahlil qiling.

  1. Bu gulshanning bog`iga tinchlik kuyi yangraydi.

  2. Yassaviy ezgulikni, poklikni kuylaydi.

Tahlil bahosi: 5 ball.
Yozuv taxtasi yoniga bahor fasli, gullar, beg`ubor osmonga uchayotgan qaldirg`ochlar tasvirlangan ko`rgazma qo`yiladi va quyidagi gaplar aytiladi.
Bosh muhandis: Rasmni kuzating. O`lkamizda bahor fasli kezmoqda. Bu faslda maysalar ko`karadi. Qushlar uchib keladi, dala va bog`larda ishlar qiziydi. Qani, mening fikrimni kim davom ettiradi.
Javob: beg`ubor, musaffo osmonimizga qaldirg`ochlar parvoz etmoqda deb, ipga tizilgan qaldirg`ochlar harakatga keltiriladi.
Qaldirg`ochlar o`ngdan chapga harakatlanib, bulutlar tomon go`yoki uchadi. Bulutlarga tekkach, bulut ostidan sirg`alib tushadi. Uning ichidagi hayvon, qushcha, baliqlar shablonlar yozilgan tarqatmalar olib tarqatiladi.
1 – topshiriq. Gapni o`qing, tushum kelishigidagi otni o`zi bog`langan so`zlar bilan birga ayting.
Ilmni mehnatsiz egallab bo`lmas.
2 – topshiriq. Qaratqich kelishigidagi otni o`zi bog`langan so`z bilan birgalikda aniqlang. So`rog`ini ayting.
Bolalikda yig` ilmning mag`zini,
Qarilik chog`ida xarj qilgil oni.
Xulosa: Qaratqich va tushum kelishigidagi otlarning so`roqlari, gapdagi vazifasi, qaysi so`zlarga bog`lanib kelishi haqidagi fikrlar eshitiladi.
Javoб: 10 ball.
Bosh muhandis: Nima uchun ushbu savollarni chiroyli hayvon, qush, baliqlar tasvirlangan tarqatmalarga yozdim?
Javob: Bular tabiatning timsollari, Baliqqa suv, qushga havo, hayvonlarga o`rmon, tog`lar kerak. Odamga esa Vatan kerak.
Shunday ekan, tabiatni himoya qilmoqlik Vatanni himoya qilmoq demakdir.
Javob: 5 ball.
Bosh muhandis: «Aloqa tarmog`idan foydalanuvchilar kitobi»ni /darslik/ ochdik. Undagi 310 – mashqni shartiga ko`ra bajaramiz.
Nuqtalar o`rniga tushum va qaratqich kelishigining qo`shimchalaridan mosini qo`ying.
Doskaga buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning rasmi ochiladi.
310 – mashq.
Bobokalon shoirimiz.
Biz Alisher Navoiyni yaxshi bilamiz, Navoiy bizning buyuk shoirimizdir, olamga yaxshilik urug`ini sochgan mehribon bobomizdir. U bundan 5 asr burun yashagan.
Alisher Navoiy o`z bilimini odamlarga yaxshilik qilishga sarfladi. Navoiy juda ko`p kitob yozgan.
Izohli yozuv.
1 – ustun. Qartqich kelishigidagi otlar.
Navoiyning asarlari.
2 – ustun. Tushum kelishigidagi otlar.
Navoiyni bilamiz.
Urug`ini sochgan
bilimini sarfladi.
nomini mashxur qilgan.
06 aloqa xizmatining telefoni jiringlaydi va aloqachi 3 ta shoshilinchnoma qabul qilib oladi, ularni bajarish uchun bo`limlarga tarqatadi. Tayyor bo`lguncha bobomiz Navoiy hikmatlarini yod aytish bo`yicha bo`limlar orasida «Donolar bahsi» o`tkaziladi.
Donolar bahsi.

  1. Tilga ixtiyorsiz – elga e`tiborsiz.

  2. Til bilgan el biladi.

  3. Oz-oz o`rganib dono bo`lur,

Qatra-qatra yig`ilib daryo bo`lur. Va hokazo.
Bahoga yakun yasaladi. G`olib bo`lim aniqlanadi.
Javob: 5 ball.
Shoshilinchnomalar ustida ishlash.
310 – mashqdan bitta gapni tanlab gap bo`laklari yuzasidan yozma tahlil qiling.
Navoiy o`z bilimini odamlarga yashilik qilishga safladi.
310 – mashqdan bitta gapni tanlab olib so`z turkumlari bo`yicha tahlil qiling. /og`zaki/

  1. 310 – mashqdagi yaxshilik so`zini fonetik tahlil qiling. /og`zaki/ Yaxshilik so`zida 7 ta harf, 8 ta tovush, 3 ta unli, 4 ta undosh bor. Javoblar bahosi: 10 ball.

Dam olish daqiqasi. Bobomiz Alisher Navoiy haqida qo`shiq ijro etish.


Ulug` bobomizdir, hazrat Navoiy,
G`azallarin kuylash burch bizga oliy.
Ustoz bizga qoldirgan ko`plab she`r, g`azal
Ustozning g`azallari misoli asal.
Qo`shiq tugashi bilan qo`ng`iroq jiringlaydi va 06 xizmati yangi topshiriqlar yozilgan shoshilinchnomalarni qabul qilib bo`limlarga tarqatadi.
Shoshilinchnoma 1 – bo`limga.
Mazmuni: Ahmad al-Farg`oniy haqida kichik matn tayyorlang. Uni tahlil qilish uchun 6 – bo`limga uzating.
Shoshilinchnoma 2 – bo`limga.
Ahmad al-Farg`oniy haqida kichik sahna ko`rinishi tayyorlang.
Shoshilinchnoma 5 – bo`limga.
O`ylab toping, biling sirin
Kataklarda ne yashirin
Boshqotirmani yeching.
Shoshilinchnoma 6 – bo`limga.
1 – va 2 – bo`limlardan matnlarni qabul qilib oling.
2. Matnlardagi tushum va qaratqich kelishigidagi otlarni ajratib o`qib bering.
07 aloqa tarmog`i orqali testlar javoblarini qabul qilib olish haqida so`zlashuv bo`lib o`tadi. Xonaga «Davlat testlari» deb nomlangan muhrlangan quti olib kirib ochiladi. Testlar tarqatiladi. Yozuv taxtasiga quyidagi yozuv bitiladi:
Test boshlanadi – soat 10.40 da.
Test tugaydi – soat 10.45 da.
Har bir testda 10 ta savol, 3 tadan javob bor. Kitobcha ortiga kalitcha yashirilgan. Testlar yechilgach, kalitcha olinib muhandislar tomonidan tekshiriladi. To`g`ri javob uchun: 10 ball.
Har bir noto`g`ri javob uchun 1 ball kamayadi. Testlar ishiga yakun yasaladi.
«06 aloqa hizmati» tomonidan «Dam olish daqiqasi»dan so`ng tarqatilgan shoshilinchnomalar javoblari tinglanadi.

  1. – bo`lim javobi.

Boshqotirmani yechganini ko`rsatadi. Hosil bo`lgan allomaning ismi: Ahmad al-Farg`oniy.

  1. – bo`lim

Ahmad al-Farg`oniyning bolalik yillari haqida «Alloma bola» deb nomlangan kichik sahna ko`rinishi namoyish qiladilar.
1 – bo`lim. Tuzgan matnlarni o`qib beradilar.
Ahmad al – Farg`oniy samo ilmini o`rganish bilan bir qatorda shu sohada o`tkir olimlar yo`l qo`ygan kamchiliklarni tuzatdi. Yunon samoshunoslari eplay olmagan Yer kurrasi bilan boshqa sayyoralar orasidagi masofani aniqladi.
Ptalomeyning «Al-Majastiy» asariga ilovalar yozdi. U birinchi arab astranomi deb astronomi deb nom olgan, 1022 yulduzni o`lchab tasvirlagan.
2 – bo`lim matni.
Ahmad al-Farg`oniy izlanishlar natijasida 841 yilki Quyosh tutilishini oldindan bildi.
Alloma 861 yilda Al-Mutavakkilning buyrug`i bilan Nil daryosi suv sathini o`lchaydigan asbob yaratdi. Astronom, geograf, faylasuf Ahmad al-Farg`oniy Yer dumalog`ini shunday dalillar bilan isbotladiki, bu dalillar bugungi kunda ham o`z qiymatini saqlab qolgan.

  1. – bo`lim

Matndagi tushum kelishigidagi otlar:
ilmini, kamchiliklarni, masofani, quyosh tutilishini, yulduzni, dumaloqligini, qiymatini.
Qaratqich kelishigidagi otlar:
Ptalomiyning, Al – Mutavakkilning
To`g`ri javob uchun: 10 ball.
Reyting doska bilan ishlash. Baholash.
Vazifa: 309 – mashq.
Yakuniy so`z:
Aziz o`quvchilar. Bugun shahar aloqa tarmog`idan olib borilgan noan`anaviy darsimizda Sharqning ikki allomasi Ahmad al-Farg`oniy hamda Alisher Navoiylar haqida so`zlab, ruhlarini shod etdik. Sizlarga tilagim shuki, shu buyuk daholar ruhi sizlarni qo`llasin, oralaringizdan yurtim deb, Vatanim deb yonib yashaydigan farzandlar yetilib chiqib, O`zbekistonimizning dovrug`ini olamga yoyaversinlar.
Bunday ishlanmalar asosida tashkil qilingan darslar o`quvchilar o`zlashtirishlarida kutiladigan natijani beradi.
Bunday dars ishlanmalarini tayyorlash malakasi oliy o`quv brtlarida bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchilarini tayyorlash jarayonida amalga oshirilishi lozim. Chunki Prezidentimiz Islom Karimov ta`kidalaganlaridek: “bolaning dunyoqarashi, didi, salohiyati shakllanadigan boshlang`ich sinflarga eng yetuk, tajribali murabbiylar birkitib qo`yilishini oddiy mantiqning o`zi talab etadi”.10
«Boshlang`ich ta`limga past nazar bilan qarashining isboti shuki, sobiq SSSRda butun boshli pedagogika texnikumlari va bilim yurtlari tizimi tashkil etilib, ular asosan 1 – 4 sinf o`quvchilarini o`qitadigan muallimlar tayyorlar edi.11
Prezidentimiz nutqida ko`rsatilgan bu kamchiliklarni tugatish uchun oliy o`quv yurtlari qoshida pedagogika texnikumini bitirgan o`rta maxsus ma`lumotli o`qituvchilarni qisqartirilgan dasturi asosida o`qitadigan maxsus sirtqi fakultetlar ochildi. Bu fakultetlarda oliy ma`lumotli boshlang`ich sinf o`qituvchilari tayyorlanmoqda.
O`qituvchi mahorati faqat mehnatdagina sayqal topadi, ilm esa unga qanot bo`ladi.
Men o`qituvchi mahorati xaqida gap ketganda ana shunday mahorat sohibi Dehqonobod tumani Mamadali Boyto`rayev nomli 7-o`rta maktab boshlang`ich sinf o`qituvisi Qarshiyev Tilov faoliyatini misol keltirgim keladi. U boshlang`ich ta`lim ustasi. U.H.Olimjon nomidagi Qarshi Davlat pedagogika oliygohini tugatgan. Qarshiyev Tilov aka o`zining kasb mahoratini muttasil takomillashtirish borasida izlanadi. Ta`lim berish uslubida yangi yechimlar, tarbiyada samarali vositalar topishga tinimsiz intilib yashaydi.
Tinib – tinchimas boshlang`ich ta`lim ustasi Tilov Qarshiyev murg`ak qalblarning mohir muhandisi sifatida istiqbolga ochiq yuz bilan borayotir. Maktab o`quvchilar jamoasi, qolaversa, tuman xalq ta`limi bo`limi Kengashlarida uning halol mehnati natijalariga munosib baho berilmoqda. U har bir dars mavzusini hayot bilan boshlashga, bolalarda nazariy bilimlarni amalda qo`llash ko`nikmalarini mustahkamlashga yetarli e`tibor beradi.
Doimo izlanadi, boshqa hamkasblari va yuqori sinf o`quvchilariga ta`lim beradigan o`qituvchilari bilan bevosita hamkorlikda ish olib boradi. Shu sababdan ham u kishi o`qitgan o`quvchilar tumanda o`tkazilgan «Kichik olimpiada»da faxrli o`rinlarni egallagan. Tilov akaning o`qitgan o`quvchilari turli – tuman kasb egalari bo`lib ishlayapti va hozirgi kunda ham o`zlarining ilk ustozlaridan tez – tez xabar olib, maslahatlar olishadi.
Azimov Baxtiyorni Dehqonobod tumanidagi boshlang`ich sinf o`qituvchilari, umuman pedagoglar hurmat bilan tilga oladilar. Chunki u sal kam chorak asrdan buyon yoshlarga ta`lim – tarbiya beradi. Uning yosh avlodni o`qitishi va tarbiyalashdagi ko`plab ish tajribalari maktab, tuman va viloyat o`qituvchilari orasida ommalashtirilgan. U bir necha bor tuman va viloyat pedagogik o`qishlarida o`z dasturlari bilan ishtirok etgan.
Quyida uning 1 soatli dars ishlanmasidan namuna keltirmoqchiman.
Mavzu: Fe`l so`z turkumi yuzasidan takrorlash.
Darsning maqsadi: O`quvchilarning fe`l so`z turkumi bo`yicha olgan bilimlarini mustahkamlash, og`zaki nutqini o`stirish, chiroyli yozuv qobiliyatlarini shakllantirish, boshqa fanlarga bog`lash, siyosiy bilimlarni o`stirish.
Darsning jihozi: 1. O`tgan mavzu asosida chizilgan rasmlar. 2. Yangi mavzuga oid rasmlar. 3. Tarqatma materiallar. 4. Texnika vositasi. 5. Bilmasvoy, G`unchaoy, Buratino rasmi.
Dars usuli: Savol – javob, ko`rsatmalilik.
Darsning borishi: O`quvchilar bilan salomlashib darsga tayyorgarligini ko`raman.

  1. Sinf navbatchisining ma`lumoti.

  2. Sinf qo`shig`i aytiladi.

- Biz qayerda yashaymiz?
- O`zbekistonda.
- O`zbekiston qanday davlat?
- Mustaqil.
- O`zbekistonda qanday xalqlar yashaydi?
- O`zbeklar, tojiklar, ruslar, gruzinlar, va ko`pgina boshqa xalqlar.
- O`zbekistonda davlat tili qaysi til hisoblanadi?
- o`zbek tili.
- O`zbek tili haqida she`rlar bilasizmi.
O`quvchilar she`rlar aytishadi. Uy ishi ko`chma doskada yozilgan bo`ladi, bolalar o`zlarining javoblarini solishtiradilar.
Yangi mavzu:

  1. «Kimning xati chiroyli?» musobaqasini o`tkazaman. Dars mehmonlarining tashrifi. «G`unchaoy» o`zi bilan savollar olib kelgan.

Savollar:

  1. Fe`l deb nimaga aytiladi?

  2. Fe`l necha turga bo`linadi?

  3. Fe`lda nechta zamon bor?

Bolalar bu savollarga javob berishadi. «Bilmasvoy» o`zi javob topa olmagan savollarni olib keladi.
Savol – javob.

  1. Tuslanish nima?

  2. Tuslovchi qo`shimchalarni ayting.

  3. Qo`shma fe`llarga misol ayting.

Yangi mavzuni mustahkamlash.

  1. «Buratino»ning musobaqalari.

Kim birinchi tuslaydi? /keldi, bordi, yozdi fe`llarini tuslang./ yozma bajariladi.

  1. Saylanma diktant.

Topshiriq: Qo`shma fe`llarni yozing

  1. Test savollari.

Qaysi qatorda sof fe`llar yozilgan?
а) yozdi, bordi, ketdi.
b) boshladi, ishladi, tikladi.
v) bormoqchi, ishlamoqchi, kelmoqchi.
2. Kelasi zamon fe`llari yozilgan qatorni toping.
3. Yasama fe`llar qaysi qatorda yozilган?
O`quvchilarni rag`batlantirish.
Darsda aktiv ishtirok etgan o`quvchilarning ballarini e`lon qilish.
Uyga vazifa: Qo`shma fe`llar ishtirokida gaplar tuzib kelish.
Xulosa qilib aytganda o`qituvchi mahorati pedagogik jarayonning samarasini ta`minlovchi muhim shartidir. O`z ustida tinimsiz ishlash, izlanish esa pedagogik mahorat shakllanishining asosiy yo`li. Bu yo`ldan og`ishmay borayotgan o`qituvchilar, albatta, samaradorlikka erishadilar.

Download 256,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish