Predmeti va metodi


Uzoq muddatli aktivlar deb



Download 128,1 Kb.
bet10/15
Sana12.06.2022
Hajmi128,1 Kb.
#659118
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2 5458738506471837844

Uzoq muddatli aktivlar deb, uzoq muomala muddatiga ega bo‘lgan (12 oydan ortiq) va investitsiyalash maqsadida saqlab turilgan hamda hisobot kunidan boshlab 12 oy davomida sotilishi mumkin bo‘lmagan aktivlardir. Ularning tarkibiga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar, kapital qo‘yilmalar va boshqa uzoq muddatli aktivlar kiradi.
Joriy aktivlar deb, asosan qayta, takroriy sotish maqsadida yoki qisqa muddatda ushlab turilgan va undan hisobot kunidan keyingi 12 oy mobaynida foydalanish kutilayotgan aktivlarga aytiladi. Aylanma aktivlar tarkibiga ishlab chiqarish zahiralari, tayyor mahsulot va tovarlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari, pul mablag‘lari, qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar hamda joriy debitorlik qarzlari kiritiladi.
Korxona mablag‘lari har xil manbalar hisobiga shakllanadi. Buxgalteriya balansiga binoan xo‘jalik mablag‘larining tashkil topish manbalari 2 turga bo‘linadi:

  1. o‘z mablag‘larining manbalari;

  2. majburiyatlar.

O‘z mablag‘lari manbalari tarkibiga korxonani tashkil etish paytida hosil qilingan ustav kapitali, shuningdek, qo‘shilgan kapital, rezerv kapitali, maqsadli tushumlar, korxonaning ishlab topilgan sof foydasidan shakllantirilgan boshqa vositalar kiradi.
Majburiyatlar shaxsning (qarzdorning) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan ishni amalga oshirish, masalan, mol-mulkni topshirishni bajarish, pul to‘lash va boshqa majburiyatlaridir yoki muayyan hatti-harakatdan tiyilib turish majburiyatidir.
Har bir korxona muayyan turdagi faoliyatni amalga oshirishga ixtisoslashgan. Biror-bir turdagi faoliyatni amalga oshirish, xususan, mahsulot ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz davom etib turishi uchun avval ta’minot, keyin esa sotish jarayonini amalga oshirish lozim.
Hisobot davridagi korxona faoliyatining yakuniy ko‘rsatkichi bo‘lib moliyaviy natija hisoblanadi. Moliyaviy natija – xo‘jalik yurituvchi sub’ektning foyda yoki zarar shaklida ifodalangan faoliyatining pirovard iqtisodiy yakunidir.
Moliyaviy natija, ya’ni foyda yoki zararni o‘lchashda daromadlar va xarajatlar bevosita daxldor elementlar hisoblanadi.
Daromadlar va xarajatlar quyidagicha aniqlanadi:
Daromadlar – bu hisobot davrida iqtisodiy foydani aktivlar oqimi yoki ko‘payishi shaklida o‘sishi yoki passivlarni qatnashchilarning kapitaldagi omonatlaridan farq qiluvchi o‘sishiga olib keluvchi kamayishidir;
Xarajatlar – hisobot davrida iqtisodiy foydani aktivlarning chiqib ketishi yoki ulardan foydalanish shaklida kamayishi, shuningdek, qatnashchilar o‘rtasida kapitalning kamayishiga olib keluvchi majburiyatlarning yuzaga kelishidir.
Daromadlar va xarajatlarni aniqlash ularning asosiy xusutsiyatlarini belgilaydi, shu bilan birgalikda ular moliyaviy natija, ya’ni foyda yoki zararni aniqlashda alohida ahamiyat kasb etadi.
Hisobot davrida olingan barcha daromadlarning xarajatlardan ortishi foyda sifatida e’tirof etiladi. Agar korxonaning hisobot davridagi barcha xarajatlari barcha daromadlaridan ortiq bo‘lsa, u holda moliyaviy natija zarar sifatida e’tirof etiladi.



Download 128,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish