Практикум по статистике. (2 издание). Тащкент изд. «Iqtisod-moliya»


Tarmoqlarda oraliq iste’molini hisoblashning ayrim xususiyatlari



Download 1,17 Mb.
bet58/67
Sana20.09.2021
Hajmi1,17 Mb.
#179695
TuriПрактикум
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   67
Bog'liq
Statistika praktikum1

Tarmoqlarda oraliq iste’molini hisoblashning ayrim xususiyatlari.

BMTning MHT — 1993 yil nusxasida oraliq iste’moli tarkibiga ishchi- xizmatchilarga taqdim etiladigan quyidagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar kiritilgan:

    • umum maqsadlar uchun xizmat qiladigan uskuna va moslamalar;

    • maxsus asbob va maxsus moslamalar;

    • almashinadigan asbob-uskunalar;

    • texnologik idishlar;

    • xo’jalik inventarlari;

    • maxsus kiyimlar, poyafzal va muhofaza etish moslamalari;

    • ko’rpa-yostiq (mehmonxonadagi ko’rpa-yostiqlardan tashqari);

    • ishlab chiqarishni hisobga olgan holda ishchilarga beriladigan maxsus ovqatlanish(masalan, sut) mahsulotlari.

Yalpi qo’shilgan qiymat(YaQQ) – ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan(sarflangan) tovarlar va xizmatlar qiymatlariga qo’shilgan qiymatdir va u quyidagicha aniqlanadi:

YAQQ YAICHa.b OI

  1. misol. Yoqilg’i korxonasining iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi quyidagi ma’lumotlar mavjud (mln so’m):

T/r

Ko’rsatkichlar

Miqdori

1.

Ishlab chiqarilgan va sotilgan tayyor mahsulotlar, joriy bahoda

1480

2.

Barcha ishlov bosqichlaridan to’la o’tmagan va texnika nazorati tomonidan tekshirilib qabul qilinmagan mahsulotlar:

Hisobot davrining boshida Hisobot davrining oxirida



200


240

3.

Barterga almashtirilgan mahsulotlar

300

4.

Xomashyo va ehtiyot qismlar

600

5.

Yoqilg’i va energiya

360

6.

Ish haqi va mukofot pullari

300

7.

Ijtimoiy sug’urta va ta’minot ajratmalari

100

8.

Yaroqsiz mahsulotlar

20

9.

Laboratoriya xarajatlari

120

10.

Ishchilarga beriladigan ovqat va sut mahsulotlari

2

11.

Yuridik xizmatlari haqi

10

12.

Mol-mulkni sug’urta qilish xizmatlari haqi

40

13.

Asosiy fondlar iste’moli (amortizatsiya)

240

14.

Marketing va reklama xarajatlari

106

15.

Kredit xizmatlari haqi

20

16.

Imorat va asbob-uskunalarning ijara xizmati haqi

22

Hisoblang:

  1. yalpi ishlab chiqarish (YAICH)ni;

  2. oraliq iste’mol xarajatlari (OI)ni;

  3. yalpi va sof qo’shilgan qiymatni.


Yechish: Yuqorida qayd qilingan formulaga asosan:

1. YAICH Mp 1480 TICH240 100 B300 1820 mln so'm.


    1. Oraliq iste’molga ish haqi, ijtimoiy sug’urta ajratmalari va asosiy fond iste’molidan tashqari barcha xarajatlar kiradi:


OI = xomashyo materiali va ehtiyot qismlar(600) + yoqilg’i va energiya(360) + yaroqsiz(brak) mahsulotlar(20) + laboratoriya xarajati(120) + ishchilarning ovqatlari va sut mahsuloti(2) + yuridik xizmatlar haqi(10) + mol-mulkni sug’urta qilish xizmatlari haqi(40) + marketing va reklama xarajatlari(106) + kredit xizmatlari haqi(20) + imorat va asbob-uskunalarning ijara xizmati haqi(22) = 1300 mln so’m.

MHTda hamma soliqlar joriy va kapital soliqlarga bo’linadi. Joriy soliqlar o’z navbatida, ikki guruhga bo’linadi.

    • ishlab chiqarish va import uchun soliqlar;

    • daromad va boylik uchun soliqlar.

Ishlab chiqarish va import solig’i – bu institutsional birliklardan davlat tomonidan qonun va normativ hujjatlar asosida (majburiy) undiradigan to’lovlar. Bu soliqlar davlat boshqaruv idoralari sektorining birlamchi daromadi deyiladi. Ishlab chiqarish va import solig’i ikki xil soliqlardan iborat.

    • mahsulot uchun soliq;

    • boshqa ishlab chiqarish uchun soliq.

Mahsulot uchun soliq – ishlab chiqaruvchi birliklarning tovar va xizmatlarni boshqa institutsional birliklarga sotish vaqtida, mahsulot va xizmatlarning miqdor birliklariga proportsional miqdorda solinadigan soliqlar.

Boshqa ishlab chiqarish uchun soliq esa ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarning miqdoriga bog’liq emas. Bu soliq ishlab chiqarish omillari (yer, mol- mulk, mehnat, tabiiy resurslar va boshqalar) uchun solinadi.

Subsidiyalar – davlat budjetidan institutsional birliklarga ishlab chiqarish faoliyatining mahsulot va xizmatlarni sotish va boshqa faoliyatlaridagi xarajatlarni qisman qoplash uchun to’lanadigan va qaytarib olinmaydigan to’lovlardan iborat.

Schyotni balanslashtiruvchi ko’rsatkich – mamlakat iqtisodiyoti schyotida yalpi ichki mahsulot, tarmoqlar va sektorlarda esa yalpi qo’shilgan qiymatdir. U yalpi

ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar qiymatidan oraliq iste’mol qiymatini chegirilganiga teng.


    1. Yalpi qo’shilgan qiymatni hisoblaymiz:

YAQQ YAICH (1820)  OI(1300)  520 mln so’m.

    1. Sof qo’shilgan qiymat quyidagiga teng:

SQQ YAQQ(520)  AFI (352)  168mln so’m.


  1. misol. Quyidagi shartli ma’lumotlar asosida nomoliyaviy korxonalar sektorining ishlab chiqarish schyotini tuzing (joriy bahoda, mln so’m):

t/r


Ko’rsatkichlar

Miqdori

1.

Tovar va xizmatlar sotishdan tushum Shu jumladan

Qo’shilgan qiymat solig’i(QQS)



1100
220

2.

Eksport solig’i

10

3.

Davlat tomonidan o’rnatilgan baho, mahsulot tannarxidan past bo’lganligi sababli korxona ko’rgan zararni qoplash uchun davlat

byudjetidan beriladigan mablag’ (subsidiya) (-)


6


4.

Tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig’i Yil boshida

Yil oxirida


16

19



5.

Tayyor mahsulotlar zaxirasi qoldig’i: Yil boshida

Yil oxirida


100


120

6.

Xomashyo, elektr energiya, yoqilg’i xarajatlari Shu jumladan

Qo’shilgan qiymat solig’i



460
54

7.

Yollangan xizmatlarning mehnat haqi

160

8.

Mashina uskunalarning ijara haqi

16

9.

Reklama xarajatlari

18

10.

Aloqa xizmatlari haqi

12

11.

Sug’urta xizmatlari haqi

4

12.

Asosiy fondlar iste’moli

100

Yechish:

  1. Ishlab chiqarish schyotini tuzish uchun unga kerakli ko’rsatkichlarni hisoblaymiz:

    1. Yalpi mahsulot va xizmatlar (YAMX) qiymati, asosiy bahoda:

YAMX=(1100-200)-(10)+(6)+(19-16)+(120-100)=899 mln so’m.

    1. Oraliq iste’mol xarajatlari (OI):

OI=(460-54)+(16)+(18)+(12)+(4)=456 mln so’m


  1. Endi “Nomoliyaviy korxona” sektorining ishlab chiqarish schyotini tuzamiz

va schyotni balanslantiruvchi yalpi qo’shilgan qiymat (YAQQ) va sof qo’shilgan qiymat ko’rsatkichlarini hisoblaymiz.

Nomoliyaviy korxona” sektorining ishlab chiqarish schyoti



Foydalanish

Resurslar

2. Oraliq iste’mol

456

1.Yalpi ishlab chiqarilgan tovar va

xizmatlar qiymati, asosiy bahoda



899

3..Yalpi qo’shilgan qiymat (1-2)

443







4. Asosiy fondlar iste’moli

100







5.Sof qo’shilgan qiymat(3-4)

343







Jami (2+3)

899

Jami(1)

899




  1. misol. Quyidagi jadvalda mamlakat iqtisodiyoti bo’yicha shartli ma’lumotlar keltirilgan (joriy bahoda, mln,so’m):




t/r

Ko’rsatkichlar nomi

Miqdori

1.

Mahsulot ishlab chiqarish tarmog’ining tovar mahsuloti,

bozor bahosida



1700

2.

Pulli xizmatlar

710

3.

Pulsiz ko’rsatilgan xizmatlar (xarajatlar yig’indisi)

1024

4.

Bankdan olingan kreditga berilgan foiz

156

5.

Bankning olgan resurslari uchun to’lagan foizi

138

6.

Aktsiz solig’i

128

7.

Mahsulot uchun subsidiya (-)

28

8.

Moddiy va nomoddiy xizmatlar xarajatlari

1822

9.

Boshqa oraliq iste’mol xarajatlari

84

10.

Asosiy fondlar iste’moli

195

Yuqoridagi jadval ma’lumotlari asosida mamlakatning yig’ma ishlab chiqarish schyotini tuzing, yalpi ichki mahsulot va sof ichki mahsulot hajmini hisoblang.


Yechish:

1. Mamlakatni ishlab chiqarish schyotini tuzish uchun kerakli ma’lumotlarni hisoblaymiz:

Yalpi tovar va xizmatlar qiymati bozor bahosida:

YAMXb/b=1700+710+1024+(156-138)=3452 mln so’m

Yalpi tovar va xizmatlar qiymati asosiy bahoda:



YAMXa/b= YAMXb/b(3452)-Aktsiz solig’i (128)+mahsulot uchun subsidiya(28)=3352 mln so’m

Oraliq iste’mol (OI):



OI=156-138+1822+84=1924 mln so’m.

1. Yig’ma ishlab chiqarish schyotini tuzamiz va schyotni balanslantiruvchi yalpi(sof) ichki mahsulot ko’rsatkichi qiymatini hisoblaymiz.


Mamlakatning ishlab chiqarish yig’ma schyoti

Foydalanish

Resurslar

5. Oraliq iste’moli

1924

1.Yalpi mahsulot va xizmatlar

qiymati, asosiy bahoda



3352

6. Yalpi ichki mahsulot, bozor

bahosida (4-5)



1528

2. Mahsulot solig’i

128

6.1. Asosiy fondlar iste’moli

195

3. Mahsulotga subsidiya

28

6.2 Sof ichki mahsulot, bozor

bahosida (6-6.1)



1333

4.Yalpi mahsulot va xizmatlar

qiymati, bozor bahosida(4=1+2-3)



3452

Jami:5+6

3452

Jami:4

3452

MNTda operatsiyalar daromadlarning shakllanishi, birlamchi va ikkilamchi taqsimlash schyotlari orqali bajariladi.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish