Oraliq iste’mol ko’rsatkichini hisoblash
Yalpi ishlab chiqarish tarkibida xarajat sifatida sarflangan tovar va xizmatlar qiymati bor. Buni MHT da oraliq iste’mol(OI), deb ataladi.
Uning tarkibi quyidagi elementlar yig’indisidan iborat:
moddiy xomashyo xarajatlari;
nomoddiy xizmatlar haqi (chetdan ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’langan haq);
safar (yo’l-transport va mehmonxona haqlari) xarajatlari;
boshqa ishlab chiqarish xarajatlari
Moddiy xarajatlar quyidagilardan iborat:
xomashyo elementlari;
yoqilg’ining barcha turlari;
energiyaning barcha turlari;
yarimfabrikatlar;
ishlab chiqarish jarayonida boshqa xarajatlar;
korxonalarning ko’rsatgan xizmatlari;
mahsulotlarni tashishda transport xizmati;
mehmonxona, restoran va kafelarning sotib olgan oziq-ovqat mahsulotlari tamaki va ichimlik mahsulotlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |