Yechish:
Ixtiyoridagi daromaddan foydalanishni yig’ma schyotini tuzish uchun kerakli ko’rsatkichlarni hisoblaymiz.
Yalpi ichki mahsulot (YAIM), bozor bahosida,
YAIM=T.1(570)+T.2(1724)+T.3(392)-T.4(74)]=2612 mlrd so’m.
Yalpi milliy daromad(YAMD) bozor bahosida,
YAMD=YAIM(2612)+ΔBD[T.5(48)-T.6(32)]=2628 mlrd so’m.
Yalpi milliy ixtiyoridagi daromad (YAMID),
YAMID=YAMD(2628)+ΔGT[T.7(92)-T.8(76)]=2644 mlrd so’m.
Mamlakatni pirovard iste’moli(PI),
PI=T.9(1620)+T.10(490)+T.11(206)=2316 mlrd so’m.
Mamlakatni yalpi jamg’armasi(YAG),
YAG=YAMID(2644)-PI(2316)=328 mlrdso’m.
Ixtiyordagi daromaddan foydalanish yig’ma schyotini tuzamiz va uni balanslantiruvchi yalpi(sof) milliy jamg’arish ko’rsatkichini hisoblaymiz.
Ixtiyoriy daromaddan fodalanish yig’ma schyoti
Foydalanish
|
Resurslar
|
2.Pirovard iste’mol
|
2316
|
1.Yalpi milliy ixtiyordagi daromad
|
2644
|
3.Yalpi milliy jamg’arish (T.1-T.2)
|
328
|
|
|
4.Asosiy fondlar iste’moli
|
272
|
|
|
5.Sof milliy jamg’arish (T.3-T.4)
|
56
|
|
|
Jami 2+3
|
2644
|
Jami1
|
2644
|
17-misol. Mamlakatning iqtisodiy faoliyatni ifodalovchi quyidagi shartli ma’lumotlari berilgan,(joriy bahoda mlrdso’m):
t/r
|
Ko’rsatkichlar
|
Miqdori
|
1.
|
Yalpi ichki mahsulot, bozor bahosida
|
2500
|
2.
|
Tashqi dunyodan olingan birlamchi daromadlar
|
90
|
3.
|
Tashqi dunyoga berilgan birlamchi daromadlar
|
80
|
4.
|
Tashqi dunyodan olingan joriy transfertlar
|
52
|
5.
|
Tashqi dunyoga berilgan joriy transfertlar
|
48
|
6.
|
Uy xo’jaligining haqiqiy pirovard iste’moli
|
1428
|
7.
|
Davlat boshqaruvi idoralarining haqiqiy pirovard iste’moli
|
416
|
8.
|
Uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi notijorat tashkilotlarining haqiqiy pirovard iste’moli
|
250
|
9.
|
Tashqi dunyodan olingan ijtimoiy joriy transfertlar
|
26
|
10.
|
Tashqi dunyoga berilgan ijtimoiy joriy transfertlar
|
12
|
11.
|
Asosiy fondlar iste’moli
|
240
|
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida mamlakatning “Tuzatilgan ixtiyoridagi daromadidan foydalanish” yig’ma schyotini va balanslantiruvchi ko’rsatkich “Yalpi milliy tuzatilgan ixtiyoridagi jamg’arishni” hisoblang.
Yechish:
Natura holatidagi daromadlarni qayta taqsimlash yig’ma schyotini tuzish uchun kerakli ko’rsatkichlarni hisoblaymiz:
Yalpi milliy daromad (YAMD),
YAMD=YAIM[T.1(2500)]+ΔBD[T.2(90)-T.3(80)]=2510 mlrd so’m.
Yalpi milliy ixtiyordagi daromad(YAMID),
YAMID=YAMD(2510)+ ΔGT[T.4(52)-T.5(48)]=2514 mlrd so’m.
Yalpi milliy tuzatilgan ixtiyordagi daromad(YAMTID),
YAMTID=YAMID(2514)+ΔNDT[T.9(26)-T.10(12)]=2528 mlrd so’m.
Mamlakatning haqiqiy pirovard iste’moli(HPI),
HPI=T.6(1428)+T.7(416)+T.8(250)=2094 mlrd so’m.
Endi “Tuzatilgan ixtiyoridagi daromaddan foydalanish” schyotini tuzamiz.
Foydalanish
|
Resurslar
|
2. Haqiqiy pirovard iste’mol
|
2094
|
1.Yalpi milliy ixtiyoridagi daromad
|
2528
|
3.Yalpi milliy tuzatilgan ixtiyordagi jamg’arish (1-2)
|
434
|
|
|
4. Asosiy fondlar iste’moli
|
240
|
|
|
5.Sof milliy tuzatilgan ixtiyordagi jamg’arish (3-4)
|
194
|
|
|
Jami 2+3
|
2528
|
Jami1
|
2528
|
Kapital bilan qilinadigan operatsiyalar schyoti va uning ko’rsatkichlarini hisoblash
Kapital bilan qilinadigan operatsiyalar schyoti. Bu schyot kapital xarajatlar uchun moliyaviy resurslarning shakllanishi bilan va ularniNG asosiy fondlar, moddiy aylanma mablag’lari va nomoddiy ishlab chiqarilmagan aktivlarni soti va sotib olish bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarni ifodalaydi.
Schyotning umumiy ko’rinishi
Iqtisodiy sektorlarning kapital bilan qilinadiganoperatsiyalar schyoti
|
Iqtisodiyotning kapital bilan qilinadigan operatsiyalar schyoti
|
Foydalanish
|
Resurslar
|
Foydalanish
|
Resurslar
|
4. Asosiy kapitalni jamg’armasi
5. Aylanma moddiy mablag’larni zaxirasining o’zgarishi
6. Sof sotib olingan qimmatbaho buyumlar
7. Sof sotib olingan yer va ishlab chiqarilmagan (moddiy va nomoddiy ) aktivlar
8. Sof kredit (+)
yoki sof qarz (-)
(8=1+2+3-4-5-6-7)
|
1. Yalpi jamg’arish
2. Boshqa sektordan (rezident) va tashqi dunyodan olingan kapital transfertlar (+)
3. Boshqa sektorlarga va tashqi dunyoga berilgan kapital transfertlar (-)
|
4. Asosiy kapitalning jamg’armasi
5. Aylanma moddiy mablag’larni zaxirasining o’zgarishi
6. Sof sotib olingan qimmatbaho buyumlar
7. Sof sotib olingan er va ishlab chiqarilmagan (moddiy va nomoddiy ) aktivlar
8. Sof kredit (+)
yoki sof qarz (-)
(8=1+2-3-4-5-6-7)
|
1.Yalpi milliy jamg’arish
2. Tashqi dunyodan olingan kapital transfertlar (+)
3. Tashqi dunyoga berilgan kapital transfertlar (-)
|
Jami: (4+5+6+7+8)
|
Jami: (1+2-3)
|
Jami: (4+5+6+7+8)
|
Jami: (1+2+3)
|
Operatsiyalarni moliyalashtirish manbai schyotning resurs qismidagi yalpi jamg’arish va sof kapital transfertdan iborat. Bunda moliyalashtirishning asosiy manbai daromaddan foydalanish schyotidan o’tgan yalpi jamg’arish bo’ladi. Moliyalashtirishning yana boshqa manbai tashqi dunyodan olingan va tashqi dunyoga berilgan kapital transfertlarning ayirmasi hisoblanadi.
Kapital transfertlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
– Kapital uchun soliq (institutsion birliklar mol-mulklarini bir-birlariga berganliklari uchun to’lanadigan to’lovlar, meros uchun qoldiraladigan uy-joy uchun to’lanadigan to’lovlar);
– Investitsiya subsidiyalar – davlat byudjetida rezident yoki norezident birliklariga qaytib olmaslik sharti bilan sotib olib berilgan asosiy vositalar, qurib berilgan uy – joylar. Asosiy maqsad yalpi asosiy fondlar jamg’armasini tashkil qilish;
– Boshqa kapital transfertlar, tabiiy ofatlardan ko’rgan zararlarni qoplash uchun berilgan subsidiyalar, korxonalarning qarzlarini yopib yuborish kabilar.
Schyotning foydalanish qismida quyidagilar ifodalanadi:
– asosiy fondlarni yalpi jamg’arma ko’rsatkichi yangi (hisobot davrida) qurilgan uy-joy va inshootlar, sotib olingan mashinalar, qurilmalar, transport vositalari, stanok qiymatidan va shularga o’xshash sotilgan asosiy ishlab chiqarish vositalari qiymatlarining ayirmasini yig’indasidan iborat.
– moddiy aylanma mablag’lar(xomashyo, butlovchi materiallar, yoqilg’i, mayda asbob-uskunalar, tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlar) zaxirasining hisobot davri boshidan oxiriga qadar o’zgarishi yoziladi.
– sof sotib olingan qimmatbaho buyumlar ko’rsatkichida barcha sotib olingan qimmatbaho (zebu-ziynat, san’at asarlari, oltin va kumush kabi metallar) buyumlar qiymatidan sotilgan qimmatbaho buyumlar qiymatlarining ayirmasi yoziladi.
– sof sotib olingan er va ishlab chiqarilmagan nomoddiy aktivlar (patentlar, litsenziyalar, mualliflik xuquqlari) qiymati kiradi;
– sof kredit yoki sof qarz schyotning balanslantiruvchi ko’rsatkichidir.
18-misol. Mamlakatning iqtisodiy faoliyatini ifodalovchi quyidagi shartli ma’lumotlar berilgan (joriy bahoda, mlrd so’m):
Do'stlaringiz bilan baham: |