Aniqlang:
1) yalpi ichki mahsulotni;
2) yalpi ixtiyoridagi daromadni;
3) yalpi jamg’arishni.
20-masala. Quyidagi shartli ma’lumotlar asosida YAIMning hajmini bozor baholarida 3ta usulda aniqlang (mlrd so’m):
t/r
|
Ko’rsatkich
|
Qiymati
|
1.
|
Tovar va xizmatlarning yalpi ishlab chiqarishi, asosiy baholarda
|
11073
|
2.
|
Oraliq iste’moli (bilvosita o’lchanadigan moliya vositachiligi xizmatlari bilan birga)
|
5756
|
3.
|
Mahsulot va importga solingan soliqlar
|
1061
|
4.
|
Ishlab chiqarishga boshqa soliqlar
|
329
|
5.
|
Yollangan xodimlarning mehnat haqi
|
2670
|
6.
|
Pirovardida iste’molga sarflar:
a)uy xo’jaliklarida
b)davlat muassasalarida
d)uy xo’jaliklariga xizmat ko’rsatuvchi notijorat tashkilotlarida
|
2660
1153
28
|
7.
|
Asosiy kapitalning yalpi jamg’armasi
|
1820
|
8.
|
Moddiy aylanma vositalar g’amlamasining o’zgarishi
|
119
|
9.
|
Tovar va xizmatlar eksporti
|
1255
|
10.
|
Tovar va xizmatlar importi
|
1204
|
11.
|
Mahsulot va importga berilgan subsidiya
|
648
|
21-masala. Respublikada 2005 2012- yillar bo’yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud:
Yillar
|
YAIM, joriy baholarda,
mlrd so’m
|
2005-yilga nisbatan YAIM deflyatori, marta
|
YAIM
hajmi, 2005- yil bahosida,
mlrd so’m
|
YaIM fizik hajmining o’sish sur’ati,%
|
zanjirsimon
|
bazisli
|
2005
|
3255,6
|
1,0
|
|
-
|
100,0
|
2006
|
4925,3
|
1,452
|
|
|
|
2007
|
7450,2
|
2,111
|
|
|
|
2008
|
9844,0
|
2,677
|
|
|
|
2009
|
12261,0
|
3,105
|
|
|
|
2010
|
15923,4
|
3,770
|
|
|
|
2011
|
21124,9
|
4,652
|
|
|
|
2012
|
28190,0
|
5,671
|
|
|
|
Bo’sh ustunlarni yillar bo’yicha hisoblab to’ldiring va tegishli xulosa qiling.
22-masala. Quyidagi shartli ma’lumotlar berilgan (mlrd so’m):
1. Tovar va xizmatlarning yalpi ishlab chiqarishi 1040
2. Moddiy xarajatlar-jami 500
shu jumladan amortizatsiya 80
3. Amortizatsiyalashtirilmagan qiymat 45
4. Oraliq ist’moli tarkibiga kiradigan boshqa elementlar 120
5. Ishlab chiqarish va importga soliqlar 72
6. Ishlab chiqarish va importga subsidiyalar 24
7.Ishlab chiqarishga boshqa sof soliqlar 18
8. Yollangan xodimlarning mehnat haqi 256
Yalpi ichki mahsulot va iqtisodiyotning yalpi foydasini aniqlang.
XIV. MODDIY ISHLAB CHIQARISh VA XIZMAT KO’RSATISH STATISTIKASI
Uslubiy ko’rsatmalar va namunaviy misollar yechish.
Ushbu mavzuni mukammal o’rganish va olgan nazariy bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish uchun o’quvchi quyidagilarni bilishi va bajara olishi kerak:
ishlab chiqarish tarmoqlari va xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar mahsulotlari farqini;
sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish tarmoqlarida ishlab chiqarilgan va xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlarida yaratilgan mahsulot hajmini aniqlashni;
ishlab chiqarilgan va yaratilgan mahsulot hajmiga ta’sir qiluvchi omillarni baholashni;
ishlab chiqarilgan va yaratilgan mahsulot hajmining dinamikasini turli baholarda statistik tahlil qilishni.
Sanoat tarmog’i faoliyatining natijaviy ko’rsatkichi mahsulotdir. Mahsulot esa xom- ashyoning tashqi ko’rinishiga ta’sir etib, yangi ko’rinishga va qiymatga keltirilgan holatidir.
Xizmat ko’rsatish tayyor mahsulotni tashqi ko’rinishiga ta’sir etmay, balki uning qiymatini o’zgarishiga olib keladi.
Sanoat tarmog’ining mahsulot va xizmatlar tarkibi quyidagi ko’rsatkichlardan tashkil topadi:
,
bu yerda:
– sotilgan mahsulot hajmi;
– sotilgan xizmatlar hajmi;
– barter usuli bilan almashtirilgan tovarlar hajmi;
– eksport qilingan mahsulot va xizmatlar hajmi;
–noishlab chiqarish bo’limlariga jo’natilgan tovarlar qiymati;
- xodimlarga berilgan natura shaklidagi mehnat xaqi;
– Zaxiradagi sotilgan mahsulot qiymatini o’zgarishi;
– tugallanmagan ishlab chiqarishning qoldiq qiymati.
Mahsulotlar natura, shartli natura va qiymat shaklida hisoblanadi.
Mahsulotni natura holatda hisobga olinishi shu mahsulotni iste’mol qiymatini ifodalab, uning fizik xususiyatiga bog’liq bo’lgan birligi bilan o’lchanadi. (mahsulot soni, vazni, uzunligi, maydoni va hokazo). Bir xil turdagi mahsulotlarning hajmini umumlashtirib hisoblab bo’lmaydigan holatlarda mahsulot hajmi shartli o’lchov birliklarida hisobga olinadi va quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
,
bu yerda: - mahsulotning shartli natura o’lchovidagi miqdori, - natural mahsulotlar yig’indisi, - mahsulotni shartli – natura o’lchov birligiga aylantirish koeffitsyenti.
Turli mahsulotlarning umumiy hajmi faqat qiymat holatida hisobga olinib, bunda mahsulot sifati, chetga sanoat xarakteridagi xizmat ko’rsatish, tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatlari ham hisobga olinadi.
Ishlab chiqargan mahsulot hajmi joriy baholar va solishtirma baholarda ifodalanadi.
a) joriy baholarda,
,
b) solishtirma baholarda,
.
1-misol. Hisobot yili uy xo’jaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan 15 ming dona “Changyutkich” ishlab chiqarilgan. Shundan 11 ming donasi hisobot davrida har biri 200 ming so’mdan sotildi. Qolgan changyutkichlar tayyor mahsulotlar omborxonasiga jo’natildi va ular keyingi yili har bir donasi 250 ming so’mdan sotildi. Hisobot yili korxona xodimlari tomonidan chetga sanoat xarakteridagi 2500 ming so’mlik xizmat ko’rsatildi. Korxonaga tegishli bo’lgan noishlab chiqarish bo’limlariga 1000 ming so’mlik o’z mahsulotidan jo’natildi. Korxonaning tugallanmagan ishlab chiqarishi yil boshiga 12000 ming so’m, yil oxirida esa 14250 ming so’mni tashkil etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |