Практикум по статистике. (2 издание). Тащкент изд. «Iqtisod-moliya»



Download 2,91 Mb.
bet39/106
Sana26.02.2022
Hajmi2,91 Mb.
#468129
TuriПрактикум
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   106
Bog'liq
Statistika bo'yicha praktikum. X.Shodiyev, I. Xabibullayev

Mustaqil ishlash uchun masalalar
1-masala. “Fayz xolding” kompaniyasida ishlab chiqarilgan mebellar bo’yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan:

Mahsulot turlari

Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, ming dona

Bir donasining tannarxi,
ming so’m

O’tgan davr

Joriy davr

O’tgan davr

Joriy davr

Yumshoq mebel

88

92

860

943

Oshxona mebeli

43

63

322

407

Shkaf

76

77

270

258



Hisoblang:
1) tannarxning individual va umumiy indekslarini;
2) umumiy xarajatlar indeksini;
3) indekslar o’rtasidagi bog’liqliklaridan foydalanib miqdor umumiy indeksini.


2-masala. Shahar dehqon bozorlarida sotilgan mahsulotlarning bahosi va miqdori to’g’risida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan:

Mahsulot turlari

Sotilgan mahsulot miqdori,
ming kg

Bir kg bahosi,
ming so’m

O’tgan davr

Joriy davr

O’tgan davr

Joriy davr

Sabzi

160

150

1250

1250

Mol go’shti

260

263

9200

10400

Olma

74

72

500

400

Hisoblang:
1)sotilgan mahsulotlarning baho va miqdor individual indekslarini;
2) baho va miqdor umumiy indekslarini;
3) tovar aylanmasi umumiy indeksini;
4) indekslar o’rtasidagi bog’lanishlarni.


3-masala. Don yetishtiradigan fermer xo’jaliklarining ekin maydoni va hosildorligi to’g’risida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan:



Mahsulot turlari

Ekin maydoni, ga

Yalpi hosil, ming t

Bazis davr

Joriy davr

Bazis davr

Joriy davr

Kuzgi bug’doy

500,0

600,0

10,0

15,0

Bahorgi bug’doy

100,0

80,0

12,0

11,6

No’xat

150,0

180,0

4,2

4,5



Hisoblang:
1) yalpi hosil va hosildorlikning individual hamda umumiy indekslarini;
2) joriy davrda bazis davrga nisbatan yalpi hosil o’zgarishini, shu jumladan:
a) ekin maydoni hisobiga;
b) hosildorlik hisobiga.


4-masala. Sanoatning ikki tarmog’i bo’yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan:

Tarmoqlar

Bazis davr

Joriy davr

Mehnat unumdorligi, ming so’m

Xodimlar soni, kishi

Mehnat unumdorligi, ming so’m

Xodimlar soni, kishi

1

2500

600

3000

700

2

700

400

800

300



Hisoblang:
1) har bir tarmoq uchun mehnat unumdorligining individual indeksini;
2) mehnat unumdorligining umumiy indeksini.
5-masala. Ikki shahar bo’yicha oktabr oyida sotilgan mahsulotlarning bahosi va miqdori to’g’risida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan:

Tovar turlari

O’lchov birligi

“Urganch” shahri (A)

“ Xazorasp “ shahri (V)

Sotilgan miqdori

1 birlik ning bahosi, so’m

Sotilgan miqdori

1 birlik-
ning bahosi, so’m

Kartoshka

kg

1878

760

1960

750

O’simlik moyi

l

940

2100

1800

2150

Shifr

dona

6690

3800

7680

2900



Hisoblang:
1) hududiy baho va miqdor individual indekslarini;
2) hududiy miqdor va baho umumiy indekslarini;
3) tovar aylanmasi umumiy indeksini.


6-masala. Quyidagi ma’lumotlarga asoslanib, baho umumiy indeksi va baholar o’zgarishi natijasida aholi tejab qolgan summa yoki ortiqcha sarflangan xarajat summasi hisoblansin.

Tovarlar turlari

Joriy davr tovar aylanmasi, mln so’m

Joriy davrda bazis davrga nisbatan baholarning o’zgarishi, %

Charm poyabzallari

214,0

-10

Atir-upa buyumlari

14,7

+6

Qandolat mahsulotlari

118,9

o’zgarmagan

Sut mahsulotlari

98,4

+2



7-masala. Tumandagi xo’jalik buyumlari bilan savdo qiluvchi do’konlarning tovar aylanmasi joriy yilda 19 mlrd so’mni tashkil etadi va uning fizik hajmi o’tgan davrga qaraganda 5 mlrd so’mga ortdi. Joriy davrda sotilgan tovarlar bahosi o’tgan davrga nisbatan 5% past bo’lgan.
Aniqlang:
1) tovar aylanmasi va tovar aylanmasining fizik hajmi indekslarini;
2) baholar pasayishi hisobidan aholi tejab qolgan summani.


8-masala. Joriy davrning I II-choraklarida “Sa’dulla ota” xususiy firmasiga qarashli do’konlarning tovar aylanmasining hajmi va bahosi o’zgarishi haqida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan:



Tovar turlari

Tovar aylanmasi, mln so’m

II chorakda
I chorakga nisbatan baho o’zgarishi, %

I chorak

II chorak

Radio tovarlar

620

750

+15

Tayyor kiyimlar

315

306

+20

Soatlar

465

490

-10



Hisoblang:
1) bahoning individual indekslarini;
2) baho va tovar aylanmasining umumiy indekslarini;
3) indekslarni o’zaro bog’liqligidan foydalanib tovar aylanmasining fizik hajmi indeksini;
4) baholar pasayishi hisobidan aholi tomonidan tejab qolgan yoki ortiqcha sarflangan summani.


9-masala. Mahsulot tannarxi bo’yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan:



Mahsulotlar

Mahsulot bir birlikning tannarxi, so’m

Joriy davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlar,
ming dona

Bazis davr

Joriy davr

A

28

27

5000

B

59

55

8000

V

18

16

2000

G

85

84

6000

D

75

73

5000



Hisoblang:
1) tannarxning individual va umumiy indeksini;
2) mahsulot tannarxining o’zgarishi natijasida tejab qolingan yoki ortiqcha harajat summasini.
10-masala. Tarmoqlar bo’yicha ishlab chiqarilgan mahsulot haqida quyidagi ma’lumotlar berilgan:

Tarmoqlar

Bazis davrdagi mahsulot qiymati, mln so’m

Mahsulotning fizik
hajmi indekslari

A

20,0

1,470

B

30,0

1,550

V

25,0

0,980

G

15,0

2,100

Barcha tarmoqlar bo’yicha mahsulotning fizik hajmi umumiy indeksini hisoblang.




11-masala. Savdo shahobchasi tovar aylanmasi haqida quyidagi ma’lumotlar berilgan:

Tovar turlari

Bazis davrda sotilgan tovar qiymati, mln so’m

Joriy davrda bazis davriga nisbatan sotilgan tovar miqdorining o’zgarishi, %

Ip gazlama

98,5

+5

Jun gazlama

45,0

+15

Ipak gazlama

22,5

-4



Hisoblang:
1) tovarlar fizik hajmining individual va umumiy indekslarini;
2) tovar aylanmasi hajmining o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni, agarda joriy davr tovar aylanmasi 200 mln so’mdan tashkil topsa.


12-masala. Sanoat korxonalari bo’yicha ishchilarning ro’yxatdagi o’rtacha soni va ishlab chiqargan bir turdagi mahsuloti to’g’risida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan:

Korxonalar

Ishlab chiqargan miqdori, dona

Ishchilarning ro’yxatdagi o’rtacha soni, kishi

Bazis davr

Joriy davr

Bazis davr

Joriy davr

1

15000

18900

200

220

2

8500

9400

150

160

3

12400

13500

190

195



Hisoblang:
1) mehnat unumdorligining o’zgaruvchan va o’zgarmas tarkibli indekslarini;
2) tuzilmaviy siljishlar ta’siri indeksini.


13-masala. Toshkent shahar dehqon bozorlarida olma savdosi to’g’risidagi quyidagi ma’lumotlar berilgan:



Bozorlar



Fevral

Aprel

Sotilgan olma miqdori,
ming kg

1 kg ning bahosi, so’m

Sotilgan olma miqdori,
ming kg

1kg ning
bahosi, so’m

Oloy bozori

40

2000

35

4000

Chorsu bozori

29

1400

23

3200

Farhod bozori

35

1600

29

3600

Bahoning o’zgaruvchan, o’zgarmas tarkibli va tuzilmaviy siljishlar ta’siri umumiy indekslari hisoblansin.




14-masala. “Malika” supermarketining joriy davr tovar aylanmasi o’tgan davrga qaraganda 30 mln so’mga yoki 20% ga oshgan. Baholar o’sishi natijasida aholi 5 mln so’m ortiqcha xarajat qilgan.
Aniqlang:
1) joriy va bazis davr tovar aylanmasi hajmini;
2) baholar, tovar aylanmasi va tovar aylanmasining fizik hajmi indekslarini.


15-masala. Shahar dehqon bozorlarida sotilgan kartoshka miqdori va bahosi to’g’risida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan:



Dehqon bozorlari

Miqdori, tonna

Bahosi, kg /so’m

iyun

iyul

iyun

iyul

1

100

105

900

1100

2

400

390

1100

1200

3

250

800

700

770

4

350

115

1200

1820




Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish