Pragmatik kompetentsiyani tekshirish uchun mumkin bo’lgan toifalar va vazifalarni birma bir ko’rib chiqamiz. - 1. Talabalar til vazifalariga misollar bilan tanishadilar va ularni aniqlashlari kerak: salomlashish, kichik suhbat, rozilik-kelishmovchilik, taklif qilish, buyruq berish, fikr bildirish, iltifot.
2. Talabalar o’zlarining so’rovlari, rad etishlari, kechirim so’rashlari, maqtovlar va takliflar berishlari so’raladi. - Talabalarga sub’ektiv modallik misollari taqdim etiladi, ular aniqlashlari kerak: istehzo, xushmuomalalik, muhimlikni namoyish qilish, g’azab, hazil, tanqid kabi.
- Talabalar dialoglarni quyidagi yo’llar bilan takrorlashlari kerak: a) registrni o’zgartirish; b) so’zlar va grammatika qiyin iboralarni soddalashtirish; c) ish joyida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan vaziyatlarda diplomatik tilni qo’llash orqali bevosita bayonotni bilvositaga aylantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |