Power point dasturida slayd va taqdimotlar yaratish



Download 6,96 Mb.
bet1/6
Sana20.04.2022
Hajmi6,96 Mb.
#564886
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Power Point dasturida slayd va taqdimotlar yaratish







Mavzu:Microsoft PowerPointda taqdimot yaratish
Reja:
1.Power Point dasturi haqida qisqacha ma`lumot.
2. Power Point dasturi imkoniyatlari.
3. Power Point dasturida rasm, ovozlar va animastiyalar yozish.

1. Bugungi kunda reklamalarga juda keng e`tibor berilmoqda. Reklamalarning xar xil ko`rinishlari: varaqalar, e`lonlar, tele va radio reklamalar sizga ma`lum. Bugungi kunda kompyuter - reklamalarni yaratish va tarkatish bo`yicha eng kuchli vositaga aylandi.


Reklama prezentastiyasini yaratish bu ko`p vaqtni talab qiladigan, juda muhim va mas`uliyatli jarayondir. Bu o`rinda sizdan talab qilinadigani bu rasmlar, animastiya (harakat), qisqa matnlardan iborat sstenariyni o`ylab topish. Prezentastiyalar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri - bu Microsoft Office ilovasidagi - Power Point dasturidir. U grafik axborotlar, slaydlar, ovoz, video kliplar, animastiyalardan foydalanib, sifatli taqdimotlarni yaratish imkonini beradi.
Taqdimotlarni tayyorlash natijasida:
qatnashuvchilarga tarqatish uchun chop qilingan hujjat;
kadoskopda foydalanish uchun kalkalar;
slaydoskoplarda foydalanish uchun 35-millimetrli slaydlar;
cho`ntak daftarchasi;
elektron prezentastiyalarni olish mumkin.
Microsoft Power Point dasturi 1987 yildan boshlab paydo bo`lgan bo`lsa ҳam, ammo prezentastion grafik ishlarida etakchi o`rin tutadi. Bu dasturning keyingi versiyalarida esa shu dasturga yangi qo`shimcha fikrlar va prezentastiyalarni qo`llashning yangi usullari ishlab chiqildi. Microsoft Power Point dan foydalanayotgan har bir foydalanuvchi xoh u yangi ish boshlovchi bo`lsa, xoh tajribali bo`lishidan qat`iy nazar, ushbu dasturga kiritilgan yangi usullarni yuqori darajada baholaydi.
Microsoft PowerPoint – taqdimotlarni tayyorlash va prezentastiyalarni hosil qilish uchun mo`ljallangan bo`lib, unda yaratilgan prezentastiyalarda oddiy animastiyalar hosil qilish mumkin.
Prezentastiya – ma`ruza, biznez reja va hokazolar bo`lishi mumkin. Har bir prezentastiya bir necha slayddan tashkil topgan bo`lishi mumkin.
Misrosoft Power Point - universal, imkoniyatlari keng bo`lgan, ko`rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animastiya effektlari, ovoz, videorolik va boshkalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi.
Power Point dasturi Microsoft firmasining prezentastiyalar (taqdimot qilish, ya`ni tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay bo`lgan dasturiy vositalardan biridir. Bu dastur orqali barcha ko`rgazmali qurollarni yaratish va ba`zi joylarda esa ma`lumotlar bazasi sifatida ham qo`llash mumkin. Ayrim hollarda bu dasturdan multimedia vositalarini boshqarish va ularni qo`llab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarini ham bajarish mumkin. Dasturdagi asosiy tushunchalar bu - slayd va prezentatsiya tushunchalaridir.
Prezentastiya (taqdimot) - yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi. Masalan: Prezentastiya - Power Point dasturi ochilganda, sarlavhalar qatorida paydo bo`lib, yaratilgan yoki yaratilayotgan takdimotning ayni vaqtdagi nomi hisoblanadi. Bu nomni keyinchalik o`z xohishingizga ko`ra almashtirishingiz mumkin.
Slayd - ma`lum bir o`lchamga ega bo`lgan muloqot varaqlari hisoblanadi. Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyishga elementlari joylanadi.
Slaydlar ketma-ketligidan iborat tayyor ko`rgazmani kompyuter ekranida, videomonitorda, katta ekranda namoyish qilish mumkin. Ko`rgazmani tashkil qilish - slaydlar ketma-ketligini loyihalash va jihozlash demakdir.
Taqdim etish axborot texnologiyasining samaradorligi ko`p jihatdan taqdim etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati va h.k.larga bog`liq ekanligini ham unutmaslik lozim.



Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish