2. Power Point dasturi imkoniyatlari.
P ower Point dasturini ishga tushurish uchun “Пуск” à “Все программы” tugmachasi
.
“Все программы” bo`limidanà “Microsoft Office” à “Microsoft Office Power Point”.
Natijada Power Point dasturi yuklanadi.
MS Power Point dasturi quyidagi bo`limlardan iborat:
Главная – bu bo`lim orqali fayllarni kiritish, tahrirlash,fayllar bilan ishlash, fayllarni saqlash va boshqa shu kabi amallar bajariladi
Вставка – bu bo`lim orqali bo`sh sahifalar,titulniy sahifalar, jadvallar, fotoalbomlar, diagrammalar, smart shakllar, turli xil figurali shakllar, ovoz va filmlarni kiritishimiz va tahrirlashimiz mumkin.
Дизайн – bu bo`lim orqali esa tanlangan sahifamizni tuzilishi o`zgartirilishi, tanlangan sahifamizning dizayini tanlanishi va tahrirlanishi, dizaynning yozilishidagi harflar shrifti, effektlari va sahifaning foni tanlanishi va o`zgartirilishi kabi amallar bajariladi.
Аниматсия- bo`limi orqali har bir sahifaga turli xildagi animatsiyalar va perexodlarni tanlashimizva sahifalarga qo`shimcha ovoz kiritishimiz mumkin va har bir sahifaning almashish tezligini tahrirlashimiz mumkin.
Показ слайдов- bu bo`lim orqali tayyorlanayotgan va tayyor holdagi slayd va taqdimotlarni tomosha qilishimiz va ularning almashish vaqtlarini tahrirlashimiz va slayd, taqdimotlarni yozib olish imkoniyatiga egamiz.
Рецензирнование – bo`limi orqali tayyor holga kelib qolgan taqdimotimizning orfografik xatoliklarini ko`rib chiqishimiz mumkin. Shuningdek tayyor holdagi yozuvlarni “Перевод”(tarjimon) bo`limi orqali boshqa tillarga tarjima qilishimiz mumkin.
Вид- bu bo`lim orqali tayyor holdagi taqdimotimizning umumiy barcha holatlari ko`rib chiqiladi: slaydlarni saralash, masshtab, o`lchovi, slaydlardan namunalar, sahifa o`lchovlari.
Agar e`tibor beradigan bo`lsak Power Point dasturining interfeysi ham MS Word dasturi bilan
deyarli bir xil. Faqat ishchi varag`i slaydlar yaratish uchun moslangan. Power Point dasturining ham standart uskunalar panelidagi uskunalarning hammasi MS Word dasturining standart uskunalar panelidagi kabi bir xil va bir xil amalni bajaradi. Formatlash uskunalar panelida esa MS Word dasturida yo`q bo`lgan ba`zi bir uskunlar joylashgan. Quyida ana shu uskunalar va ularning bajaradigan amali to`g`risida to`xtalib o`tamiz.
belgilangan soҳadagi so`zlarni o`lchamini kattalashtirish.
belgilangan soҳadagi so`zlarni o`lchamini kichiklashtirish.
slaydlar quruvchisi.
slayd yaratish.
Power Point dasturida yangi taqdimot yaratish uchun fayl menyusiga kiramiz va u erdan buyrug`ini tanlaymiz. Yoki standart uskunalar panelidan uskunasini sichqonchani chap tugmachasi bilan tanlaymiz. Yoki klaviaturada to`g`ridan to`g`ri [Ctrl +N] tugmalari kombinastiyasidan foydalanamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |