Posh english o’quv markazi Biologiya fanidan 1-nazorat testi



Download 20,57 Kb.
Sana28.02.2022
Hajmi20,57 Kb.
#474691
Bog'liq
25.02.2-guruh



POSH ENGLISH o’quv markazi
Biologiya fanidan 1-nazorat testi
1.Quyidagi olimlardan biologiya fanining rivojiga qo’shgan hissalari to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.
a) Yolqin To’raqulov Xolmatovich – qalqonsimon bez faoliyatini o’rgangan;
b) To’raxon Uzoqovna Rahimova – O’zbekistondagi cho’l va adir o’simliklarining ekologiyasini o’rgangan;
c) Mashhura Egamovna Mavloniy – sitologiya sohasining rivojlanishiga hissa qo’shgan;
d) Muhsin Nabixonovich Valixonov – g’o’za kolleksiyasini yaratgan
A) b,d B) a,c C) a,b D) b,c
2. Quyidagi keltirilgan ta’riflarga mos atamalar to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.
1) ovqat hazm qilish sistemasida oqsil, yog, uglevodlarning o’z tarkibiy qismlarigacha parchalanishi;
2) tayyor ozuqa bilan oziqlanadigan organizmlar
A) 1-assimilyatsiya; 2-geterotrof
B) 1-dissimilyatsiya; 2-geterotrof
C) 1-assimilyatsiya; 2-avtotrof
D) 2-dissimilyatsiya; 1-geterotof
3. To’g’ri berilgan javobni aniqlang.
A) bakteriya eukariot organizm
B) uyatchang mimoza geterotrof
C) hayvonlarda vakuola kattalashmaydi
D) o’simliklarda hujayra shirasiga ega vakuola kattalashmaydi
4. Barg og’izchasi (a), leykotsit (b) va eritrosit (c) hujayralariga xos xususiyatlarni aniqlang.
A) a-loviyasimon; b-soxta oyoqli; c-bulutsimon
B) a-loviyasimon; b-ikki tomoni botiq; c-ovalsimon
C) a-bulutsimon; b-ikki tomoni botiq; c-loviyasimon
D) a-loviyasimon; b-soxta oyoqli; c-ikki tomoni botiq
5. Erkin harakat qila olmaydigan, geterotrof usulda oziqlanadigan eukariot organizmlarni o’rganuvchi fanni aniqlang.
A) mikrobiologiya B) botanika
C) mikologiya D) zoologiya
6. Nuqtalar o’rniga mos javobni tanlang.
Zambrug’larda spora yetiladi…….. .
A) maxsus boshoqchasida B) gifalarda
C) mitseliyda D) rizoidlarda
7. Virus (a), prokariot (b), zambrug’ berilgan qatorni aniqlang.
A) a-muxomor; b-o’lat qo’zg’atuvchisi; c-achitqi
B) a-gepatit; b-sil tayoqchasi; c-shampinon
C) a-gripp; b-ensefalit qo’zg’atuvchisi c-vertitsillium
D) a-karonavirus; b-gerpes; c-achitqi
8. Oddiy xlorella uchun xos bo’lgan to’g’ri ma’lumotlarni aniqlang.
1) kosachasimon xromataforida yashil xlorofill pigmenti joylashgan; 2) yadro va qisqaruvchi vakuolaga ega yshil suvo’ti;
3) chorva mollari uchun ozuqa sifatida ishlatiladi; 4) ifloslangan suv havzalarini tozalashda foydalaniladi; 5) sharsimon yashil suvo’t; 6) xromatafori belbog’ shaklida joylashgan
A) 1.4.6 B) 1.3.5 C) 2.4.6 D) 2.5.6
9. Karl Linney o’simliklarni sistematikaga solishda turlarni ………(a) ga, oilalarni………(b) ga birlashtirdi.
A) a-avlod; b-turkum B) a-oila; b-turkum
C) a-turkum; b-sinf D) a-avlod; b-sinf
10. Tirik organizmlarni o’rganadigan fan bilan mos holda juftlangan javobni aniqlang.
1-batsilla 2-ensefalit
A) 1-zoologiya; 2-mikologiya
B) 1-anatomiya; 2-botanika
C) 1-mikrobiologiya; 2-virusologiya
D) 1- mikologiya; 2- virusologiya
11. Isiriqning qaysi generativ (a) va vegetativ (b) organlaridan asabni tinchlantiruvchi vosita sifatida foydalanish mukin.
A) a-gul; b-barg B) a-urug’; b-poya
C) a-meva; b-ildiz D) a-barg; b-urug’
12. Eng kichigidan boshlab sistematik o’rni ketma-ketligi to’g’ri berilgan javobni aniqlang.
1) ayiqsimonlar; 2) hayvonot; 3) yirtqichlar; 4) sutemizuvchilar; 5) ayiq; 6) xordalilar; 7) oq ayiq
A) 7~1~3~4~5~6~2 B) 7~5~3~6~4~1~2
C) 2~6~4~3~1~5~7 D) 7~5~1~3~4~6~2
13. Suvni organik qoldiqlardan tozalovchi biofiltr organizmlar qaysi sinf vakillari hisoblanadi.
A) molluskalar B) qorinoyoqli molluskalar
C) ikkipallali mollusklar D) boshoyoqli molluskalar
14. Zaharli ayiqtovon uchun xos bo’lgan xususiyatlar to’g’ri berilgan javobni aniqlang.
1) uzunligi 10-45 sm keladigan o’t o’simlik; 2) yiril guli oqish sariq rangda, bargi oddiy, mevasi tikanli; 3) gulidan ajralgan suyuqlik ko’zga tushsa, odamning vaqtinchalik ko’rish qobilyatining pasayishiga olib keladi; 4)bargidan ajralgan suyuqlik ko’zning yoshlanishiga, og’iz va tomoqning qurishiga olib keladi; 5) bargidan ajralgan suyuqlik og’iz qurishi, ko’z qorachig’ining kengayishi, yuzning qizarishi va yurak ishining susayishiga olib keladi; 6) gullari yumaloq sariq rangda, bargi zaharli;
A) 1,4,5 B) 1,4,6 C) 2,3,6 D) 2,4,6
15. Aloe, shirinmiya, mingdevona uchun xos bo’lgan xususiyatlar to’g’ri ketma-ketlikda berilgan javobni aniqlang.
A) xona o’simligi sifatida o’stiriladi; ariq bo’ylarida o’sadigan ildizpoyali ko’p yillik o’simlik; bargi yirik panjasimon
B) kataraktani tuzalishiga yordam beradi; barglari seret va sersuv; urug’i mayda qoramtir rangda
C) shamollash va oshqozon ichak kasalliklarini davolashda foydalaniladi; quruq yo’tal, tomoq og’rig’iga davo sifatida ishlatiladi; hamma organlari zaharli;
D) yosh bolalar shamollashida ko’proq tavsiya etiladi; bargini qirg’ichdan o’tkazib as alga qo’shib iste’mol qilinadi; iste’mol qilingandan so’ng 10-20 daqiqa o’tib, o’simlikdan zaharlanish belgilari yuzaga chiqadi
16. Nuqtalar o’rniga mos javobni aniqlang.
Laminariya…… .
A) organik moddalar bilan oziqlanadi, geterotrof organizm
B) tanasi vegetativ organlarga bo’lnmagan, avtotrof organizm
C) avtotrof organizm, yadroga ega emas
D) eukariot organizm, tarkibida antotsian pigmenti mavjud
17. Archa daraxtida barglarining tashqi tomondan mum bilan qoplanligi moslanish vazifasini aniqlang.
A) mineral og’itlardan oziqlanishni oshirish
B) fotosintez jarayonini oshirish
C) suvni kam bug’latish
D) vegetative ko’payish uchun
18. Qarag’ayning qaysi organi bod kasalligini davolashda, asabni tinchlantirishda qo’llaniladi.
A) qubbameva B) poya C) ninabarg D) ildiz
19. Quyidagi oziqlanish turiga to’g’ri ketma ketlikda mos tushadigan javobni aniqlang.
Avtotrof----geterotrof----geterotrof----avtotrof
A) mimoza—ayiq—tipratikan—echki
B) piyoz—bo’ri—tulki—mizmoza
C) ismaloq—mimoza—tipratikan—qo’y
D) olma—sichqon—mimoza—o’rik
20. Mikologiya fanining o’rganish obyektini aniqlang.
A) jayron B) mimoza
C) sil tayoqchasi D) oq po’panak
21. Oq planariyaning yashash muhiti to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.
A) odamning ichki organida B) o’simlikda parazit
C) chuchuk suvda erkin D) dengizda erkin
22. Chorva mollari boqilishi va o’tin sifatida ishlatilishi natijasida kamayib ketgan turni aniqlang.
A) na’matak B) safsan xurmosi
C) yovvoyi tok D) xolmon isirg’aguli
23. Biotsenoz tarkibiy qismlari va ularga xos
bo’lgan xususiyatlar hamda unga keltirilgan
misollar bilan juftlab ko’rsating.
a) produtsent b) konsument c) redutsent
1.iste’mol qiluvchilar 2.organik modda hosil
qiluvchilar 3.parchalovchilar 4.yashil o’simlik
5.bakteriyalar 6.zamburug’lar 7.o’txo’r
hayvonlar 8.yirtqich hayvonlar
A) a-2-4 b-1-5,8 c-3-7,6 B) a-2-4 b-1-7,6 c-3-5,8
C) a-3-4 b-1-7,8 c-2-5,6 D) a-2-4 b-1-7,8 c-3-5,6
24. Hayotning hujayraviy tuzilmalarini aniqlang.
A) vabo qo’zg’atuvchisi, o’lat qo’zg’atuvchisi
B) qoqshol qo’zg’atuvchisi, gerpes
C) quturish qo’zg’atuvchisi, qoqshol qo’zg’atuvchisi
D) qizilcha qo’zg’atuvchisi, quturish qo’zg’atuvchisi
25. Mikroskopda tasvir yanada tiniqlashishi uchun
qaysi mikroskop qismidan foydalaniladi?
A) makrovint B) mikrovint
C) buyum stolchasi D) qisqich
26. Yovvoyi tok uchun xos bo’lgan ma’lumotlarni
aniqlang.
1.uzumdoshlar oilasiga mansub 2.uzunligi 30 m
gacha boradi 3.bargi oddiy panjasimon
4.soyabon to’pgulda joylashgan 5.bargining
uzunligi 15 sm 6.madaniy navlar yaratishda
foydalaniladi
A) 1,2,5 B) 2,3,4 C) 1,2,6 D) 1,2,4
27. Noto’g’ri fikrni aniqlang.
A) ariq bo’ylarida keng tarqalgan, ildizpoyali
o’simlik yalpiz hisoblanadi
B) isiriqning dorivorlik xususiyati uning gullagan
paytida yuqori bo’ladi
C) na’matak mevasi tarkibida inson salomatligi
uchun zarur bo’lgan moddalardan darmondorilar,
limon kislota, oshlovchi moddalar mavjud
D) yalpiz jigar xastaligini davolashda qo’llaniladi
28. Quyidagi berilgan o’simliklar va ularning
xususiyatlari bilan juftlang.
a.na’matak b.isiriq c.yalpiz d.qizilmiya e.aloe
1.xona o’simligi sifatida foydalaniladi 2.poya va
urug’idan asabni tinchlantiruvchi vosita sifatida
foydalanish mumkin 3.mevasi odamning
immunitetini oshiriladi 4.barg va poyalari
xushbo’y hidga ega 5.ayniqsa, yosh bolalar
shamollaganda ko’proq tavsiya etiladi
A) a-3 b-2 c-5 d- 4 e-1 B) a-3 b-2 c-4 d-1 e-5
C) a-1 b-2 c-4 d-5 e-3 D) a-3 b-2 c-4 d-5 e-1
29. Bo’yi 2-3 metr keluvchi zaharli o’simlik bilan zaharlangandan odamda qanday belgilar yuzaga keladi ?
A) Yurak urishi tezlashadi, ko’ngil aynishi, ovoz bo’g’ilshi, yuzning qizarishi
B) Yurak urishi sekinlashadi, ko’ngil aynishi, ovoz bo’g’ilshi, yuzning qizarishi
C) Oshqozon ichak tizimida og’riq, ko’ngil aynishi, ich ketishi
D) Ko’ngil aynishi, ich ketishi, darmonsizlik
30. Organizmlarga qulay muhit yaratib berib,ularning o’sishi va rivojlanishi, tashqi muhit ta’sirida o’zgarishi qaysi usul orqali o’rganiladi ?
A) taqqoslash B) tarixiy
C) kuzatish D) tajriba


Tuzuvchi: Olimjonov Shohjahon


Tel: +998 (90) 171-28-06


25.02.2022-yil




Download 20,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish