Portlovchi moddalar
- tashqi taʼsirlar (zarba, issiklik va boshqalar)
natijasida katta tezlik bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, koʻp issiklik va gaz
ajratib chiqaradigan kimyoviy bi-rikmalar yoki moddalar aralashmasi. Bu
reaksiyalar Portlovchi moddalarning qizishi, unga berilgan zarb,
ishqalanish,
shuning-dek, boshqa Portlovchi moddalarning portlashi yoki qandaydir tashqi
taʼsir natijasida sodir boʻladi va zaryad boʻylab issiqlik tashigich (yonish) yoki
zarbiy toʻlqin (detonatsiya) yordamida energiya uzatish hisobiga tarqaladi.
Kondensatlangan qattiq va suyuq moddalar, gazlar, shuningdek, gazlardagi qattiq
yoki suyuq moddalarning muallaq zarralari Portlovchi moddalar boʻla oladi.
Detonatsiyada reaksiya shid-datli boradi va gazsimon
mahsulotning temperaturasi
bir necha ming gradusgacha koʻtarilib, hajmi zaryadning dastlabki hajmigacha
siqiladi, bosimi bir necha yuz ming kg .kuch/sm
2
gacha koʻtariladi. Siqilgan gaz
tez kengayib, tevarakka kuchli zarb bilan tarqaladi — portlash yuz beradi. Portlay
oladigan koʻpgina moddalardan 20—30 ga yaqini Portlovchi moddalar si-fatida
ishlatiladi. Shulardan asosiylari: trinitrotoluol, tetril, geksogen, oktogen,
nitroglitserin, ten (tet-ranitropentaeritrin) va boshqa
Portlovchi moddalarning
(PM) zichligi – portlovchi modda massasining
uning egallagan hajmiga bo‘lgan nisbati (g/sm
3
, kg/dm
3
yoki t/m
3
)
bilan
ifodalanadi va bu ko‘rsatkich uning muhim xarakteristikasi hisoblanadi. Bu
ko‘rsatkichga portlovchi moddalarning boshlang‘ich impulsni qabul qilishi,
brizantligi va portlash energiyasining to‘planishi ko‘p darajada bog‘liq.
Portlovchi modda patronining zichligi
– patronning uning ustki g‘ilofi bilan
massasining hajmiga nisbatidan iborat. Portlovchi moddaning muhim o‘lchamidan
biri uning kritik zichligidir, ya’ni
maksimal zichlik, bunda ma’lum diametrdagi
zaryadda portlash turg‘un va maksimal tezlikda tarqaladi. Yerosti sharoitida
portlatish ishlari olib borishda asosan patronlangan portlovchi moddalar qo‘llanadi.
Kukunsimon portlovchi modda patronining zichligi 0,85–1,5 g/sm
3
, shneklangan
yoki presslangan patron zichligi 1,3–1,5 g/sm
3
, plastik holatdagi zichligi esa 1,45–
1,5 g/sm
3
bo‘lishi zarur. Ammiak-selitrali portlovchi moddalarning zichligi uni
saqlash davrida o‘zgarishi mumkin, asosan ammiak-selitraning qayta kristallanishi
natijasida zichlanishi mumkin. Kukunsimon portlovchi
moddalarning zichligi
guruhlab va har xil vaqtda, ko‘mir kavjoyida portlatilganda yondosh zaryad
impulsi ta’sirida ham ortishi mumkin.
Portlovchi moddalarning plastikligi
(qayishqoqlik). Plastik portlovchi
modda deb, konsistensiyasida
zaryadining
yengil deforma
tsiyalash imkonini
beruvchi yumshoq va kerakli shaklga kiritib, bu shaklni saqlab qoluvchi ma’lum
qattiqlik xususiyatlari birgalikda mavjud bo‘lgan moddalarga aytiladi. Plastik
portlovchi moddalar kukunsimon portlovchi moddaga nisbatan yuqori zichlikka
ega bo‘lib, shpurdagi portlovchi moddani zaboynik (yog‘och zichlagich) bilan