V bob. Rahbarlar va bajaruvchilarning majburiyatlari va javobgarligi
44. Olovli ishlarni olib borish uchun ruxsatnomani tasdiqlagan javobgar shaxs ushbu Namunaviy yo‘riqnomaga muvofiq chora-tadbirlarning bajarilishini tashkil qilishga majburdir.
45. Olovli ishlar olib borilayotgan joydagi bo‘linma tuzilmasining rahbari yoki uning o‘rnidagi shaxs, quyidagilarga majburdir:
olovli ishlarni xavfsiz olib borish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishi va ularni bajarilishini ta’minlaydi;
olovli ishlarni tayyorlash va olib borish uchun javobgar shaxsni, portlash xavfi va portlash-yonish xavfi bor obyektlarda olovli ishlarni olib borish qoidalarini va tayyorlash sharoitlarini biladigan muhandis-texnik ishchilar tarkibidan tayinlaydi;
olovli ishlarni boshlashdan oldin naryad-ruxsatnomada nazarda tutilgan, ishlab chiqilgan chora-tadbirlar bajarilganligini tekshiradi;
olovli ishlarni olib borish davrida ushbu Namunaviy yo‘riqnoma talablariga rioya qilish bo‘yicha nazoratni ta’minlaydi;
olovli ishlar olib borilayotgan joyda va ish jarayonida xavf tug‘diradigan joyda havodagi muhit nazoratni tashkil qilishi va havoning namunasini tanlab olish davriyligini belgilaydi;
olovli ishlarni olib borishda naryad-ruxsatnomani yong‘in xavfsizligi xizmati, zaruriyat bo‘lganida korxonaning boshqa xizmatlari va o‘zaro bog‘liq sex, uchastka rahbarlari bilan kelishishini ta’minlaydi;
46. Olovli ishlar olib borishga asbob-uskunalar va kommunikatsiyani tayyorlash uchun javobgar shaxs, quyidagilarga majburdir:
naryad-ruxsatnomada ko‘rsatilgan chora-tadbirlarning bajarilishini tashkil etadi;
naryad-ruxsatnomada nazarda tutilgan chora-tadbirlar bajarilishining to‘liqligini va sifatini tekshiradi;
olovli ishlar olib borilayotgan joyda va xavfli joyda havo muhitining tahlilini o‘z vaqtida olib borilishini ta’minlaydi;
olovli ishlar olib borish vaqti, kommunikatsiya yo‘llarining uzib qo‘yilishi va shu kabilar haqida o‘zaro bog‘liq (texnologik bog‘liq) bo‘linma rahbarlarini ogohlantiradi.
47. Olovli ishlarni olib borish uchun javobgar shaxs, quyidagilarga majburdir:
olovli ishlarni xavfsiz olib borish bo‘yicha chora-tadbirlarning bajarilishini tashkil qilishi;
olovli ishlarni bajaruvchilar bilan naryad-ruxsatnomaning 9-bandida nazarda tutilgan instruktaj o‘tkazishi;
olovli ishlarni bajaruvchilarda (payvandlovchi, qirquvchi) yong‘in va texnikasi xavfsizligi bo‘yicha malaka guvohnomasi va taloni mavjudligini tekshirishi, ularni (olovli ishlarni) bajarish uchun asbob-uskunalar va vositalar sozligini va to‘liqligini (jamlanganligini), hamda ishlarni olib borishda maxsus kiyim-bosh, oyoq-kiyimlar va himoya to‘siqlari bilan sharoitga muvofiqligini ta’minlaydi va tekshiradi;
olovli ishlar olib boriladigan joylarini birlamchi yong‘in o‘chirish vositalar bilan ta’minlashi — ishchi va xizmatchilarni qo‘shimcha shaxsiy himoya vositalari (protivogaz, qutqarish kamarlari, arqonlar va boshqalar) bilan ta’minlaydi hamda ulardan foydalanishini nazorat ostiga oladi;
olovli ishlar olib borilayotgan joyda bo‘lishi kerak, bajaruvchilarning ishlarini nazorat qiladi;
olovli ishlar olib borilayotgan joydagi havo muhitining holatini bilishi kerak va zaruriy vaziyatda ishlarni to‘xtatishi kerak;
tanaffusdan so‘ng olovli ishlar qayta boshlanganda, ishlar olib borilayotgan joyni va asbob-uskunalar holatini tekshirishi kerak, xonada (binoda) va apparatlarda havo muhiti tahlilining qoniqarli xulosasini olganidan so‘nggina ishlarni olib borishga ruxsat beradi;
olovli ishlar olib borilishi tugaganidan so‘ng, ishlar o‘tkazilgan joyda alanga paydo bo‘lishi manbaalari yo‘qligini tekshirishi kerak.
48. Smena boshlig‘i (smena rahbari, smena ustasi) quyidagilarni bajarishga majburdir:
obyektda olovli ishlar olib borilishi haqida smena xodimlarini ogohlantiradi;
olovli ishlar olib borish vaqtida yong‘in, portlash paydo bo‘lish imkoniyatlarini va ishchilarning jarohatlanishini oldini olib, texnologik jarayonni olib borilishini ta’minlaydi;
obyektda olovli ishlarni olib borilishi haqida smenani qabul qilish va topshirish jurnaliga bajarilgan ishlarni yozib qo‘yadi;
olovli ishlar tugaganidan so‘ng, olovli ishlar olib borilishi uchun javobgar shaxs bilan birgalikda alanga olish imkonini yo‘qotish maqsadida, olovli ishlar olib borilgan joylarni tekshiradi va 3 soat davomida yong‘in o‘chog‘i paydo bo‘lishining eng qulay joyida smena xodimlari bilan nazorat qilinishini ta’minlaydi.
49. Olovli ishlarni bajaruvchilar quyidagilarga majburdir:
yong‘in xavfsizligi bo‘yicha malaka guvohnomasini va talonini o‘zida olib yurishi;
olovli ishlarni xavfsiz olib borish bo‘yicha instruktaj olishi va naryad-ruxsatnomaga imzo qo‘yishi kerak, pudratchi (tashqi) tashkilot bajaruvchilari esa maxsus yo‘riqnomani qayd etish jurnalida yozib qo‘yish bilan ushbu sex, smena boshlig‘idan (masteridan-ustasidan) olovli ishlar olib borilishida texnika xavfsizligi bo‘yicha qo‘shimcha instruktaj olishi kerak;
olovli ishlar olib borilishi nazarda tutilgan joyda, ishlar hajmi bilan tanishishi kerak;
olovli ishlarni olib borish uchun faqat javobgar shaxsning ko‘rsatmasi bilan olovli ishlarni boshlashi kerak;
naryad-ruxsatnomada nazarda tutilgan xavfsizlik choralariga rioya qilishi; faqat naryad-ruxsatnomada ko‘rsatilgan olovli ishlarni bajarish; ish vaqtida sozlangan asbob-uskunalarni ishlatishi;
himoya vositalaridan foydalanishni bilishi va zaruriyat bo‘lganda o‘z vaqtida ularni ishlatishi;
birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanishni bilishi va yong‘in sodir bo‘lgan vaziyatda tezda o‘t o‘chirish qismini chaqirish choralarini qabul qilishi va alangani bartaraf qilish uchun kirishishi kerak;
olovli ishlar tugatganidan so‘ng, ular olib borilgan joylarni diqqat bilan ko‘rib chiqishi hamda yong‘in, jarohatlanish va falokatlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan tartibsizlik aniqlanganda, ularni bartaraf qilishi;
xavfli vaziyatlar paydo bo‘lganda olovli ishlarni to‘xtatishi kerak.
50. Olovli ishlarni olib borishga naryad-ruxsatnomani tasdiqlagan shaxs, yoki uning o‘rnidagi shaxs, yoki smena boshlig‘i (ustasi), olovli ishlarni tayyorlash, olib borish uchun javobgar shaxs, bajaruvchilar o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarmaganligi uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgardir.
VI bob. Yakuniy qoidalar
51. Ushbu Namunaviy yo‘riqnoma O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo sanoati va geologiya xodimlari Kasaba uyushmasi Markaziy Kengashi, “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi IIV yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi va “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |