IV bob. Olovli ishlarni olib borish
32. Olovli ishlarni olib borish uchun sexdagi muhandis-texnik ishchilardan ushbu vaqtda texnologik jarayonlarni olib borish bilan band bo‘lmagan va portlash xavfi va portlash-yonish xavfi bor obyektlarda olovli ishlarni xavfsiz olib borish qoidalarini biladigan javobgar shaxs tayinlanishi kerak.
33. Olovli ishlarga, havo muhitida yonuvchi moddalar bo‘lmaganda va miqdori amaldagi sanitariya me’yorlari bo‘yicha ruxsat berilgan miqdoridan yuqori bo‘lmagan zaharli moddalar (yonuvchi, portlash xavfiga aloqadorlardan tashqari) mavjudligida boshlashga ruxsat beriladi.
34. Olovli ishlar olib borilish vaqtida ko‘rsatilgan ishlar olib boriladigan apparatlarda, kommunikatsiyada va xavfli joyda havo muhitining holati nazoratini vaqti-vaqti bilan amalga oshirish kerak.
35. Agarda olovli ishlar olib borilayotgan apparat yoki quvurlar ichida, xavfli joyda yonuvchi moddalar miqdori oshgan paytda, tezda (olovli ishlar) to‘xtatilishi kerak, gazlanish sabablari aniqlangandan, va faqat bartaraf etilgandan va havo muhitining me’yori tiklangandan so‘nggina davom ettirilishi kerak.
36. Sexning texnologik xodimlari tomonidan olovli ishlar olib borilgan vaqtda, havo muhitiga portlash xavfi, portlash-yonish xavfi va yonish xavfi bor moddalarning ajralib chiqishiga imkon bermaydigan choralar qabul qilinishi kerak.
Olovli ishlar olib borilayotgan joylarda gazlanishi va changlanishi sababli yong‘in va portlash keltirib chiqarishini imkon beruvchi ishlarga: apparatlarning lyukini va qopqoqlarini ochishga, yuklarni tushirishga, ortiq yuklarni ortishga va mahsulotlarni to‘kishga ruxsat berilmaydi.
37. Portlash xavfi, portlash-yonish xavfi va yonish xavfi bor joylarda ishlashda, u yerda yonuvchi gaz va bug‘larning uchib ketishi ehtimoli bo‘lsa, uchqun bermaydigan materialdan tayyorlangan instrumentlarni ishlatish kerak.
38. Olovli ishlarni boshlashdan avval, olovli ishlarni olib borish uchun javobgar shaxs bajaruvchilar bilan ushbu obyektda olovli ishlarni olib borishda xavfsizlik choralariga rioya qilish bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazadi. Yo‘riqnoma olib borilishi, olovli ishlarni olib borish uchun javobgar shaxs va bajaruvchilarning naryad-ruxsatnomadagi imzolari bilan tasdiqlanadi.
39. Olovli ishlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun, javobgar shaxsdan asbob-uskunalarni qabul qilgandan so‘ng va ob-havo muhitining 33-bandi talablariga muvofiq qoniqarli holatda bo‘lganida, olovli ishlarni olib borish uchun javobgar shaxsga olovli ishlarni (amalga oshirishni) bajarishga ruxsat beriladi.
40. Olovli ishlar, ushbu Namunaviy yo‘riqnoma talablaridan cheklanishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanganda, naryad-ruxsatnomada nazarda tutilgan xavfsizlik choralariga rioya qilinmaganida, shuningdek xavfli vaziyat sodir bo‘lganida, tezda to‘xtatiladi.
41. Ta’mirlash-montaj ishlarini tamomlaganidan so‘ng, kislorod va yonuvchi gaz bilan ballonlarni xonada qoldirishga ruxsat berilmaydi. Ballonlarni ularning doimiy saqlash joylariga yuborish kerak.
42. Ta’mirlash ishlarini to‘gallanganidan so‘ng, apparatlardagi va quvurlardagi buzilgan issiqlik izolatsiyasini tiklash kerak.
43. Bino, sex yoki xonada yong‘in xavfsizligi uchun javobgar mansabdor shaxs, olovli ishlarni olib borish joylarini ular tugagandan so‘ng 3 — 5 soat davomida sinchiklab tekshirilishini ta’minlashi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |