III bob. Tayyorgarlik ishlari
24. Tayyorgarlik ishlariga — asbob-uskunalarni, jihozlarni, kommunikatsiyani, konstruksiyalarni olovli ishlarga tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha turdagi ishlar kiradi.
25. Obyektni, unda olovli ishlarni olib borish uchun tayyorlash, bu ishga maxsus tayinlangan javobgar shaxs rahbarligida shu sexda ishlaydigan xodimlar tomonidan amalga oshiriladi, shu jumladan boshqa (chet) tashkilotlar obyektda ishlarni bajarganida ham.
26. Tayyorgarlik ishlarini bajarish uchun javobgar etib, faqat ushbu obyektdagi mutaxassislar tayinlanishi mumkin. Tayyorgarlik ishlarini bajarish uchun javobgar mansabdor shaxslar ro‘yxati korxona, tashkilot yo‘riqnomalarida aniqlangan bo‘lishi kerak.
27. Olovli ishlar olib borilayotgan joydagi bo‘linma tuzilishining rahbari yoki uning o‘rnidagi shaxs, bu ishlarni olib borilishiga va tayyorlanishiga javobgarlar bilan olovli ishlarga tayyorgarlik ko‘rishda xavfli joylarni aniqlaydi, bu joylar chegarasi aniq ogohlantiruvchi belgilar va yozuvlar bilan ko‘rsatiladi.
28. Payvandlash, qirqish, isitish va shu kabi ish joylari bo‘r, bo‘yoq, xatcho‘p yoki boshqa yaxshi ko‘rinadigan tanishtiruvchi belgilar bilan belgilanadi.
29. Olovli ishlar olib boriladigan apparatlar, mashinalar, sig‘imlar, quvurlar va boshqa asbob-uskunalar dastlab to‘xtatilishi, portlash xavfi, portlash-yonish xavfi, yonish xavfi bor va zaharli mahsulotlardan ozod bo‘lishi kerak, ular ishlab turgan apparatlardan va kommunikatsiyalardan (bu haqida tiqin-qopqoqni o‘rnatish va olish jurnalida yozib qo‘yilishi kerak) tiqin-qopqoqlar bilan uzib qo‘yilishi kerak va kimyo va neftgazni qayta ishlab chiqarish sanoati korxonalari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga muvofiq ta’mirlash ishlariga tayyorlash bo‘yicha tarmoq xavfsizlik qoidalari va yo‘riqnomalariga muvofiq olovli ishlarni olib borilishiga tayyorgarlik ko‘rish kerak. Mashinalar va mexanizmlarni ishga tushirish uchun mo‘ljallangan ishlatuvchi apparatura elektr tarmoqdan uzilgan holda bo‘lishi kerak va mashina va mexanizmlarning to‘satdan ishlab ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan choralar qabul qilinishi kerak.
30. Olovli ishlar olib borilayotgan joydagi maydonlar, metall konstruksiyalar, binoning konstruktiv elementlari portlash xavfi, portlash-yonish xavfi bor va yong‘in xavfi bor (chang, chirkay-yelimlar, yonuvchi suyuqliklar va materiallar va boshqalar) mahsulotlardan tozalanishi kerak.
Yonuvchi gazlar va bug‘lar bo‘lishi mumkin bo‘lgan kanalizatsiya bilan bog‘liq to‘kiladigan quyishi voronkalar, lotoklardan chiqish joyi va boshqa uskunalar berkitilishi kerak. Olovli ishlar olib boriladigan joyda uchqun uchishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinishi kerak.
31. Olovli ishlar olib boriladigan joylar birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari (yong‘in o‘chirgichlar, qum to‘ldirilgan quti, belkurak va boshqa yong‘in o‘chirish asbob-anjomlar) bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Olovli ishlar olib boriladigan joylarida bevosita ichki yong‘in o‘chirish jo‘mraklari mavjud bo‘lsa, yong‘in o‘chirish dastak va yengni ichki yong‘ini jo‘mrakka ulangan holda ishlar olib borilayotgan joyga olib kelingan bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |