Politexnika instituti


  3.Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashkil etilishi



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи

82 
3.Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashkil etilishi
 
 
Mahalliy  davlat  hokimiyatininh  tashkil  topishi.  Mahalliy  davlat  hokimiyati  tubdan  isloh 
qilindi.  Islohotlar  O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi,  Mahalliy  davlat  hokimiyati 
to’g’risida”gi Qonun (1993-yil 2-sentabr), Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga 
saylovlar to’g’risida”gi Qonun (1994-yil 5-may) asosida amalga oshirildi.
 
 
Konstitutsiyaning  99-moddasida  viloyatlar,  tumanlar  va  shaharlarda  (tumanga 
bo’ysunadigan shaharlar, shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar 
boshchilik  qiladigan  xalq  deputatlari  Kengashlari  hokimiyatning  vakillik  organlari  bo‘lib,  ular 
davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko’zlab o’z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar, 
deb belgilab qo’yildi. Konstitutsiyada mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organga – vakillik va 
ijro  hokimiyat  organlariga  bo‘linishi  belgilandi.  Mahalliy  davlat  hokimiyati  to’g’risida”gi 
Qonunning  1-moddasida 
„Viloyatlar,  tumanlar  va  shaharlarda  (tumanga  boy
sunadigan 
shaharlardan,  shuningdek,  shaharlar  tarkibiga  kiruvchi  tumanlardan  tashqari)  xalq  deputatlari 
Kengashlari  davlat  hokimiyatining  vakillik  organlaridir, 
deb  aniq  belgilab  qoyildi.  Shahar 
tarkibiga kiruvchi
 
tumanlarda va tumanga b o’sunuvchi shaharlarda vakillik organlari tuzilmaydi.
 
“Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar  Kengashlariga  saylov  to’g’risida”gi  Qonunda 
vakillik  organlariga  21  yoshga  to‘lgan  fuqarolar  saylanadi.  Saylovlar  ko’ppartiyaviylik, 
muqobillik asosida o’tadi. Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga 60 tadan 
ko’p  bo’lmagan,  tuman  va shahar  Kengashlariga esa  30 tadan ko’p  bo’lmagan  deputatlar 5 yil 
muddatga aylanadi. Mustaqillik yillarida 1994-yildan e‘tiboran har 5 yilda xalq deputatlari viloyat, 
tuman  va  shahar  Kengashlariga  ko‘ppartiyaviylik,  muqobillik  asosida  saylovlar  bo’lib  o’tdi. 
Jumladan, 1999-yilgi saylovda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 6145 nafar 
deputat saylandi.
 
Hokimlikning  tashkil  etilishi.  O‘zbekiston  Respublikasida  mahalliy  ijroiya  hokimiyati 
organi  qayta  tashkil  etildi.  Bu  borada  milliy  davlatchilik  tarixi  tajribasidan  ijodiy  foydalanildi. 
Jumladan,  Amir  Temur  davridagi  davlatchilikka  nazar  tashlasak,  o’sha  zamonlarda  viloyatlar, 
shaharlar hokimlar tomonidan yakkaboshchilik asosida boshqarilganiga guvoh bo’lamiz.
 
1992-yil 4-yanvarda “ O’zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta 
tashkil etish to’g’risida” Qonun qabul qilindi. Mazkur qonunga muvofiq respublikaning hamma 
hududida mahalliy ijro hokimiyati organi sifatida hokim lavozimi ta‘sis etildi. Hokimlar faqatgina 
ijro  hokimiyati  organlarigagina  emas,  shuningdek,  mahalliy  vakillik  organlariga  ham  rahbarlik 
qiladigan  organ  sifatida  mustahkamlandi.  Hokimning  vakolat  muddati  5  yil  bo’lib,  u  tegishli 
hududda  vakillik  organiga  ham,  ijro  hokimiyatiga  ham  boshchilik  qiladigan  mansabdor  shaxs 
hisoblanadi.
 
Ijro organlarida bog’liqlikni ta‘minlash maqsadida, viloyat hokimlari O‘zbekiston Prezidenti 
tomonidan,  tuman  va  shahar  hokimlari  viloyat  hokimi  tomonidan  lavozimiga  tayinlanadi  va 
lavozimidan  ozod  qilinadi  hamda  bu  masalalar  tegishli  xalq  deputatlari  Kengashlari  tomonidan 
tasdiqlanadi.  Vakillik  organlari  tuzilmaydigan  shahar  tarkibidagi  tumanlarda  va  tumanga 
boysunuvchi  shaharlarda  ham  hokimiyatlar  ta‘sis  etildi,  ularning  apparati  –  hokimiyat  tashkil 
etildi.  Viloyat  hokimlari  va  Toshkent  shahar  hokimi  O‘zbekiston  Prezidentining  shu  joylardagi 
vakili hisoblanadi. Toshkent shahar tumanlari hokimlari esa Toshkent shahar hokimining vakillari 
hisoblanadi.
 
1992-yilda  Toshkent  shahrida  va  12  ta  viloyatda,  159  ta  qishloq  tumani  va  18  ta  shahar 
tumanida  hamda  120  ta  shaharda  hokimlar  tayinlandi  va  tasdiqlandi,  ularning  apparati  – 
hokimiyatlar tuzildi.
 
Mahalliy 
hokimiyat 
organlari 
vakolatiga 
kiradigan 
masalalar 
va 
vazifalar 
Konstitutsiyaning 100-va 101-moddalarida aniq belgilab qo’yilgan. Ular quyidagilardan iborat:
 

 
qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta‘minlash;
 

 
hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
 


83 

 
mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash, 
budjetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilish;
 

 
mahalliy kommunal xo’jalikka rahbarlik qilish;
 

 
atrof-muhitni muhofaza qilish;
 

 
fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta‘minlash;
 

 
normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish;
 

 
O‘bekiston  Respublikasi  qonunlari,  Prezident  farmonlari  davlat  hokimiyati  yuqori 
organlarining qarorlarini amalga oshirish;
 

 
xalq  deputatlari  quyi  Kengashlari  faoliyatiga  rahbarlik  qilish,  respublika  va  mahalliy 
ahamiyatga  molik  masalalarni  muhokama  qilishda  qatnashish.  Mustaqillik  yillarida  mahalliy 
hokimiyatni  shakllantirish  boyicha  amalga  oshirilgan  islohotlar  natijasida  ijro  hokimiyati  bilan 
vakillik  hokimiyati  bir-biridan  rasman  ajratildi.  Hokimlar  xalq  deputatlari  Kengashlariga 
bo’ysunmaydi, ammo Kengash oldida hisob berib turadi. Shu bilan birga hokimlarni joylarda ham 
vakillik, ham ijro hokimiyati organlariga boshchilik qilish holatini vakillik organlari hokimlarga 
bo’ysunadi,  deb  tushunmaslik  kerak.  Vakillik  organlari  hokimlarga  bo’ysunmaydi,  vakillik 
organlari ishini tashkil qilishga hokimlar boshchilik qiladilar.
 
Hokim  mahalliy  ahamiyatga  molik  barcha  masalalarni  fiiqarolarning  manfaatiga  mos 
ravishda  hal  qilish  bilan  shug‘ullanadi.  Shu  maqsadda  barcha  korxonalar,  muassasalar, 
tashkilotlar, birlashmalar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan 
qarorlar  qabul  qiladi.  Hokimlar  o’zlari  rahbarlik  qilayotgan  organlarning  qarorlari  va  faoliyati 
uchun shaxsan javobgardir.
 
O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot tarixi guvohlik beradiki, ayrim hokimlar o’z faoliyatida 
jiddiy  xatolarga  yo’1  qo’ymoqdalar.  O‘zlariga  yuklatilgan  mas‘uliyatli  vazifalarni  bajarishni 
uddalay  olmagan,  o‘z  lavozimini  suiiste‘mol  qiluvchi  hokimlar  ham  uchrab  turadi.  Bunday 
hollarda ular vakolat muddatidan oldin hokimlik lavozimidan chetlashtirilmoqda.
 
Mahalliy davlat hokimiyati organliri faoliyatini takomillashtirishda 2017 yil 7 iyunda qabul 
qilingan  Mahalliy  byudjetlarni  shakllantirishda  joylardagi  davlat  hokimiyati  organlarining 
vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
Farmoni  (PF-5075)  hamda  Mahalliy  davlat  hokimiyati  organlarining  byudjet  vakolatlarini 
kengaytirish  va  mahalliy  byudjet  daromadlarini  shakllantirishdagi  mas‘uliyatini  oshirish 
to’g’risida  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  Qarori  (PQ-3042)  muhim  ahamiyatga  ega 
bo’ldi. 
SH.Mirziyoyevning  OMga  Murojaatnomasida  (28.12.2018)  Mahalliy  davlat  hokimiyati 
tizimini o’zgartirish borasida qator takliflar ilgari surildi:
 
mahalliy  hokimiyat  organlarining  vakolat  va  mas‘uliyatini  qayta  ko’rib  chiqishimiz, 
ularning mustaqilligini yanada oshirishimiz lozim.
 
Hududlarni rivojlantirishga oid masalalarni hal etishda aksariyat hokimlarda mas‘uliyatni 
o’z zimmasiga olib, mustaqil qaror qabul qilish va tashabbuskorlik yetishmayapti.
 
Ma‘lumki,  2018  yilda  Toshkent  shahrida  eksperiment  tariqasida  davlat  boshqaruvining 
yangi  tartibi  joriy  etilib,  shahar  hokimi  va  tuman  hokimlariga  moliya,  iqtisodiyot,  investitsiya, 
qurilish, uy-joy va kommunal xizmat sohalari rahbarlarini tayinlash vakolati berildi.
 
Natijada  30  dan  ortiq  komissiya  va  kengashlar  tugatilib,  ularning  vakolatlari  tegishli 
hududiy organlarga berildi. Samarasiz ishlayotgan 12 ta davlat unitar korxonasi tugatildi.
 
Davlat  byudjetiga  tushadigan  mablag’larning  bir  qismini  mahalliy  byudjetlar  ixtiyorida 
qoldirish tartibi o’rnatilgani tufayli Toshkentda soliq tushumi prognozga nisbatan 2 trillion so’mga 
ko’paydi.
 
Davlat  boshqaruvi  sohasida  ijobiy  natija  berayotgan  ana  shu  eksperimentni  endi  boshqa 
hududlarda ham joriy etishimiz zarur.
 
Kelgusida  hokimning  ayni  vaqtda  Xalq  deputatlari  kengashi  raisi  sifatida  faoliyat 
ko’rsatishiga doir tartib bekor qilinishi lozim.
 


84 
Mamlakatimizda 2019 yil 22 dekabrda navbatdagi Xalq deputatlari tuman, viloyat va shahar 
Kengashlari deputatligiga saylovlar bo’lib o’tdi.
 
Ma‘lumki,  so’nggi  yilarda  xalq  bilan  muloqotning  yangi  tizimi  yo’lga  qo’yildi.  O’z.R. 
Prezidentining  2020  yil  24  yanvarda  Parlamentga  Murojaatida  aytilganidek,  Virtual  va  Xalq 
qabulxonalariga yiliga 1 milliondan ziyod murojaat kelib tushayotgani xalq bilan muloqotni yangi 
bosqichga olib chiqishni talab etadi.
 
Endi 2020 yildan boshlab davlat idoralari rahbarlari va hokimlarning ushbu murojaatlarni 
qay  darajada  hal  etayotgani  bo’yicha  hisobotini  parlament  va  xalq  deputatlari  kengashlarida 
muntazam eshitish tizimi yo’lga qo’yiladi.
 
Prezidentimizning  qayd  qilishicha  amaldagi  qonun  hujjatlarida  hokimliklarning  300  ga 
yaqin  vazifa  va  funksiyalari  nazarda  tutilgan.  Shundan  175  tasi,  mazmun-mohiyatiga  ko’ra, 
hokimlarning asosiy vazifalari toifasiga kirmaydi va turli idoralarning funksiyalarini takrorlaydi. 
Bu esa, ish sifati va ijro intizomiga salbiy ta‘sir ko’rsatishi tabiiy.
 
Shu sababli hozirda hokimlarning vakolatlarini qayta ko’rib chiqish va ularga xos bo’lmagan 
hamda bir-birini takrorlaydigan funksiyalarni tegishli organlarga o’tkazishni ta‘minlash bo’yicha 
islog’tlar o’tkazilmoqda.
 
Mahalliy  byudjetlarning  qo’shimcha  daromadini  taqsimlash,  nafaqa  oluvchilarni  adolatli 
belgilash, ijro organlari rahbarlari ishiga baho berish bundan buyon Xalq qabulxonalariga kelib 
tushayotgan murojaatlar tahlili asosida amalga oshiriladi.
 
Shunday  qilib,  Mustaqillik  yillarida  markaziy,  viloyat,  shahar  va  tumanlar  darajasidagi 
davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  tartiblari  tubdan  yangi  shaklda  barpo  etildi.  Mahalliy  davlat 
hokimiyatini  shakllantirishda  o’zbek  milliy  davlatchiligining  tarixiy  an‘analari,  rivojlangan 
davlatlarning zamonaviy tajribalari inobatga olindi.
 
O’zbek  jamiyatida  jamoa  bo’lib  yashashning  eng  oliy  shakli  mahalladir.  O’zini  o’zi 
boshqarishning mazkur shakli asrlar osha yashab kelmoqda.
 
Mahalla  mamlakatimizda  ko’p  asrlardan  buyon  mavjud  bo’lsa-da,  O’zbekiston  davlat 
mustaqilligiga erishganidan keyingina u munosib ijtimoiy-huquqiy maqomga ega bo’ldi.
 
1992  yil  12  sentabrda  birinchi  Prezidentimiz  I.A.Karimovning  Farmoni  bilan  Mahalla 
Respublika xayriya jamg’armasi tashkil etilgani, 1993 yil 2 sentabrda "Fuqarolarning o’zini o’zi 
boshqarish organlari to’g’risida"gi Qonun (O’zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning o’zini 
o’zi  boshqarish  organlari  to’g’risida”gi  Qonuni.  O’zbekiston  Respublikasi  OMning 
Axborotnomasi. 1999. 5-son. 110-modda) qabul qilinganining o’ziyoq mahalla institutining davlat 
tomonidan qo’llab-quvvatlanayotgaligining yorqin dalilidir.
 
Jamiyat  taraqqiyoti  takomillashgan  sari  hamda  bozor  munosabatlariga  o’tish  davrida, 
ayniqsa, fuqarolik jamiyatini shakllantirishga oid yangi ijtimoiy munosabatlarning vujudga kelishi 
bilan ushbu Qonunni ma‘lum normalar bilan to’ldirish ehtiyoji sezildi. Shu boisdan 1999 yil 14 
aprelda O’zbekiston Respublikasining Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida 
yangi tahrirdagi Qonuni qabul qilindi
 
Fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan hujjatlar 
jumlasiga  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 23 apreldagi "Fuqarolarning o’zini 
o’zi boshqarish organlarini qo’llab-quvvatlash to’g’risida"gi Farmoni, O’zbekiston Respublikasi 
VMning 1999 yil 19 apreldagi "Mahalla posboni" jamoat tuzilmalari va Fuqarolarning o’zini o’zi 
boshqarish  organlari  huzuridagi  yarashtirish  komissiyalari  to’g’risidagi  Nizomlarni  tasdiqlash 
haqida"gi  qarori  mamlakatimizda  fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari  tizimining 
rivojlanishida muhim rol o’ynadi.
 
Yurtimizdagi  tinchlik  va  osoyishtalikni,  xalqimizning  xotirjam  mehnat  qilishini 
ta‘minlashda mahallaning xizmati katta. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan 
jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurash va uning oldini olishda fuqarolarning ongli 
ishtirok  etishini  maqsad  qilib,  1999  yil  19  aprelda  "Jazoni  o’tash  joylaridan  ozod  qilingan 
shaxslarga  ijtimoiy-maishiy  jihatdan  va  ishga  joylashishda  yordam  ko’rsatish  bo’yicha 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar huzuridagi maxsus komissiyalar, 
"Mahalla posboni" jamoat tuzilmalari va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari huzuridagi 


85 
yarashtirish komissiyalari to’g’risida"gi nizomlarni tasdiqlash haqida VMning qarori qabul qilinib, 
respublikamizning barcha hududlarida "Mahalla posboni" jamoat tuzilmalari tashkil etildi.
 
Mahalla  oldida  turgan  eng  dolzarb  masalalardan  biri  fuqarolarning  ijtimoiy  faolligini 
oshirish, oilalarni mustahkamlash, odamlarni loqaydlik, boqimandalik kabi illatlardan forig’ etish, 
aholini tom ma‘nodagi fuqarolik jamiyatini barpo etishga safarbar qilish.
 
O’zbekistonda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan ajralishlarning oldini 
olish  va  nizolashayotgan  taraflarni  yarashtirish  masalasida  qator  ishlar  amalga  oshirilmokda. 
Ta‘kidlash  joizki,  fuqarolar  yig’inlarida  faoliyat  olib  borayotgan  Yarashtirish  komissiyalarining 
vazifasi  faqat  nizoli  oilalardan  kelib  tushgan  arizalarni  ko’rib  chiqishdangina  emas,  balki  nizoni 
keltirib  chiqaruvchi  sabablarni  atroflicha  o’rganib,  oilalarda  sog’lom  turmush 
tarzini  keng  targ’ib 
qilishdan ham iborat hisoblanadi.
 
Birinchi  Prezidentimiz  ta‘kidlaganidek,  "Oilaviy  kelishmovchiliklarni  nari  borsa  mahalla 
doirasida,  ko’pni  ko’rgan  keksalar,  faollar  yordamida,  hech  kimga  ovoza  qilmay,  ortiqcha 
rasmiyatchilikka  yo’l  qo’ymay  hal  etish  bu  ota-bobolarimiz  amal  qilib  kelgan  azaliy  odatdir. 
Bunday yarashuv jarayonlarini mahallalarda amalga oshirish uchun obro’li oqsoqollar, ota-onalar 
bor, kerak bo’lsa, jamiyatda odob-axloq, sharmu hayo kabi fazilatlarni mustahkamlashga xizmat 
qiladigan  ma‘naviyat  faollari,  mahalla  imomlari  bor.  Biz  ularning  bilim  va  tajribasi,  kuch  va 
imkoniyatlarini jamiyat hayotining ustuni bo’lgan oilani mustahkamlashga qaratmoqchimiz. Bir 
so’z bilan aytadigan bo’lsak, biz yurtimizda erkin demokratik jamiyat barpo etyapmiz. Lekin har 
bir  hayotiy  masalada  bizning  o’z  fikrimiz,  o’z  qarashimiz  bor"  (Karimov  I.A.  Tinchlik  va 
xavfsizligimnz o’z kuch-qudratimizga hamjihatligimiz va qat‟iy irodamizga bog’liq. 12-j. - T.: 
O’zbekiston, 2004. B 101-108.)
 
Inson  huquqlari  umumjahon  deklaratsiyasining muqaddimasida  xalqlar  o’rtasida  do’stona 
munosabatlarni rivojlantirishga ko’maklashish zarurligiga e‘tibor qaratish lozim, deb belgilangan. 
G’arb mamlakatlarining ayrim siyosatchilari ham O’zbekistondagi fuqarolar o’zini o’zi boshqarish 
organlari  tizimining  o’ziga  xosligini  yuqori  baholashgan.  Jumladan,  nemis  siyosatchisi  Artur 
Faynberg: "Mahalla inson huquqlarini hurmat qilgani holda yoshlarni tarbiyalashga, uning kamol 
topishiga ko’mak beruvchi jamiyat instrumenti, deb baho bergan. Shu bilan birga, individualizm 
singib  ketgan  G’arb  mutaxassislari  uchun  bu  tizimning  tub  mohiyatini  tushunish  mushkulligini 
ham obyektiv tavsiflab berishgan.
 
2017 yil 3 fevralda Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-4944) qabul qilindi. 
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, fan rivoji uchun boshlang’ich maktablar qanday vazifani 
bajargan bo’lsa, mahalla institutlari mustaqillikni mustahkamlash uchun xuddi shunday vazifani 
bajaradi. Mahalla xalqqa hukuq va erkinliklardan foydalanish yo’lini ochadi, shuningdek, unga 
osoyishta  hayotdan  bahramand  bo’lishni  o’rgatadi.  Mahalla  taqdiri  mamlakat  taqdiri  bilan 
chambarchas bog’liq. Mahalla obod bo’lsa, yurt obod, mahalla tinch bo’lsa, yurt tinch bo’ladi.
 
 
  
 
 



Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish