Politexnika instituti


  O’zbekiston  Respublikasi



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи

76 
O’zbekiston  Respublikasi
 
Konstitutsiyaviy  sudi.
 
1992  yil  8  dekabrda  qabul  qilingan
 
O’zbekiston  Respublikasining 
Konstitutsiyasida  Konstitutsiyaviy  sudni  ta‟sis  etish  nazarda 
tutilgan  bo’lib,  1995  yil  30  avgustda  "O’zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyaviy  sudi 
to’g’risida"gi  Qonun  qabul  qilindi.  Mazkur  Qonunga  muvofiq,  Konstitutsiyaviy  sud 
Konstitutsiyaviy sud ishini yuritish vositasida sud hokimiyatini mustaqil va xolis tarzda amalga 
oshiruvchi  Konstitutsiyaviy  nazorat  sudlov  organi  hisoblanadi.  U,  ayni  vaqtda,  qonun 
chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaviyligiga oid ishlarni ko’radi.
 
2003  yil  avgustda  "O’zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyaviy  sudi  to’g’risida"gi 
Qonunga mamlakatda amalga oshirilayotgan parlament islohoti, ikki palatali parlamentga o’tilishi 
munosabati bilan qator o’zgartishlar kiritildi.
 
Konstitutsiyaviy  sud  ishlarini  yuritish  O’zbekiston  uchun  mutlaqo  yangi  huquqiy  institut 
bo’lib, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat chiqargan hujjatlarning Konstitutsiyaviyligi 
to’g’risidagi  ishlarni  ko’rish  yo’li  bilan  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining 
ustuvorligini ta‘minlashga yo’naltirilgan.
 
Konstitutsiyaviy  darajadagi  sud  ishlarini  yuritish  deganda,  keng  ma‘noda,  O’zbekiston 
Respublikasining  Konstitutsiyaviy  sudi  bilan  boshqa  huquq  subyektlari  o’rtasidagi, 
Konstitutsiyaviy  sudga  taalluqli  ishlarni  ko’rib  chiqish  va  hal  etish  bilan  bog’liq  protsessual 
harakatlarni hamda shu asnoda yuzaga keladigan Konstitutsiyaviy protsessual munosabatlarning 
majmuini  Konstitutsiyaviy  qonun  hujjatlari  normalari  bilan  tartibga  solish  tushuniladi.  Tor 
ma‘noda aytganda esa, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining o’ziga xos belgilari 
quyidagilardan iborat:
 
-ixtisoslashtirilgan organ tuzish;
 
-Konstitutsiyaviy sudning qarorlari umum majburiylik xususiyatida bo’lishi; -odil sudlovni 
amalga oshirishning mustaqil protsessual shakli;  
-sudyalarning o’ta yuqori malakali tarkibi.
 
O’zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyaviy  sudi  Konstitutsiyaviy-huquqiy  institut 
sifatida  tarkib  topganiga  uncha  ko’p  bo’lgani  yo’q.  Konstitutsiyaviy  sud,  umuman  olganda, 
O’zbekistondagi ham sud hokimiyatining, ham davlat hokimiyatining muhim bo’g’inlaridan biri, 
uning  qarorlari  milliy  huquq  tizimida  tobora  salmoqli  o’rin  egallamoqda.  Konstitutsiyaviy  sud 
ishlarini  yuritishning  huquqiy  asoslari  "O’zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyaviy  sudi 
to’g’risida"gi  O’zbekiston  Respublikasi  Qonuni  bilan  belgilangan.  Bu  asoslar  Konstitutsiyaviy 
sudning  2004  yil  30  yanvardagi  1-sonli  qarori  bilan  tasdiqlangan  «O’zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudining reglamenti»da mufassal bayon etilgan.
 
Reglamentda  belgilanganidek,  Konstitutsiyaviy  sud  ishlarini  yuritishning  asosiy  vazifasi 
fuqarolarning  shaxsiy,  siyosiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy  huquqlari  va  erkinliklarini,  shuningdek, 
korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlar,  jamoat  birlashmalari  va  fuqarolar  o’zini  o’zi  boshqarish 
organlarining huquqlari hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini himoya etish maqsadida 
ishlarni to’g’ri va vaqtida ko’rib chiqishdan iborat.
 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
109-moddasi 
hamda 
"O’zbekiston 
Respublikasining  Konstitutsiyaviy
 
sudi 
to’g’risida"gi  Qonunning  1-moddasiga  muvofiq, 
Konstitutsiyaviy sud:
 
-
 
O’zbekiston Respublikasi qonunlari va O’zbekiston Respublikasi OM palatalari 
qarorlarining, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, hukumat va mahalliy davlat 
hokimiyati organlari qarorlarining, O’zbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomaviy va 
boshqa majburiyatlarining O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi;
 
-
 
Qoraqalpog’iston 
Resiublikasi 
Konstitutsiyasi 
O’zbekiston  Respublikasining 
Konstitutsiyasiga,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  qonunlari  O’zbekiston  Respublikasining 
qonunlariga muvofiqligi to’g’risida xulosa beradi;
 
-
 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi;
 
 
-
 
O’zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  va  konunlari  bilan  berilgan  vakolat 
doirasida boshqa ishlarni ham ko’rib chiqadi.
 


77 
Konstitutsiyaviy sud tomonidan Konstitutsiyaga nomuvofiq deb topilgan qonunlar va boshqa 
normativ-huquqiy  hujjatlar  z‘lon  qilingan  paytdan  yuridik  kuchini  yo’qotgan  deb  hisoblanadi. 
"O’zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyaviy  sudi  to’g’risida"gi  Qonunga  binoan 
Konstitutsiyaviy sud:
 
1.
 
o’ziga berilgan qonunchilik tashabbusi huquqini OM da amalga oshirish haqidagi; 
2.
 
Konstitutsiyaviy sud sudyasining vakolatlarini to’xtatib qo’yish to’g’risidagi; 
3.
 
Konstitutsiyaviy sud Reglament to’g’risidagi; 
4.
 
Konstitutsiyaviy sud huzuridagi ilmiy maslahat kengashi haqidagi masalalarni ham ko’rib chiqadi. 
Konstitutsiyaviy  sudning  barcha  qarorlari,  xulosalari  va  boshqa  to’xtamlari  ommaviy 
axborot vositalarida e‘lon qilinadi, shu paytdan kuchga kiradi. Konstitutsiyaviy sud qarori uzil-
kesil  hisoblanib,  shikoyat  qilinmaydi.  Lekin  bu  Konstitutsiyaviy  sudning  qarori  umuman  qayta 
ko’rib  chiqilishi  mumkin  emas  ekan,  degan  ma‘noni  anglatmaydi.  Jumladan,  "O’zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to’g’risida"gi Qonunning 58-moddasida Konstitutsiyaviy 
sudning  qarori,  basharti,  qaror  qabul  qilish  paytida  Konstitutsiyaviy  sudga  malum  bo’lmagan 
yangi  muhim  holatlar  ochilib  qolgan  bo’lsa  yoki  ushbu  qarorni  qabul  qilishda  asos  bo’lgan 
Konstitutsiyaviy  norma  o’zgargan  bo’lsa,  o’z  tashabbusi  bilan  qayta  ko’rib  chiqishi  mumkin. 
Konstitutsiyaviy  sud  qarorida  sud  ishini  yuritishning  belgilangan  tartibi  buzilgan  holda  qabul 
qilingan deb, e‘tirof etgan taqdirda ham qayta ko’rib chiqilishi mumkin.
 

Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish