Politexnika instituti


Umumiy yurisdiksiya sudlari. O’zbekiston Respublikasida sud tizimini shakllantirishning



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи

Umumiy yurisdiksiya sudlari. O’zbekiston Respublikasida sud tizimini shakllantirishning 
huquqiy  bazasi  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  107-moddasida  kafolatlashdan. 
Ayni shu Konstitutsiyaviy norma 1993 yil 2 sentabrda  O’zbekiston Respublikasining "Sudlar 
to’g’risida"gi Qonuni qabul qilinishida asos bo’lib xizmat qildi.
 
Mazkur  Qonunga  muvofiq,  umumiy  yurisdiksiya  sudlari  tizimi  quyidagi  bo’g’inlardan 
tashkil topdi:
 
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi; 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar 
sudlari  va  Toshkent  shahar  sudi;  tumanlararo,  tuman  (shahar)  sudlari;  harbiy  sudlar 
(O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy 
harbiy sudlar).
 
O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi.  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  110-
moddasiga  binoan,  "O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  fuqarolik,  jinoiy  va  ma‘muriy  sud 
ishlarini  yuritish  sohasida  sud  hokimiyatining  oliy  organi  hisoblanadi".  Mazkur  sud  tomonidan 
qabul qilinadigan hujjatlar qat‘iy tarzda O’zbekiston Respublikasining barcha hududida bajarilishi 
majburiy.  O’zbekiston  Respublikasi  birinchi  Prezidenti  I.A.Karimov  ...  sud  hokimiyatini 
bosqichma-bosqich mustahkamlab borish, sudning mustaqilligini ta‘minlash, uni sobiq tuzumda 
bo’lgani  kabi  qatag’on  quroli  va  jazolash  idorasi  sifatidagi  organ  emas,  balki  inson  va  fuqaro 
huquq va erkinliklarini ishonchli himoya va muhofaza etishga xizmat qiladigan tom ma‘nodagi 
mustaqil davlat institutiga aylantirishga qaratilgan keng qo’lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar 
amalga oshirildi (Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish 
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi. -T.: O’zbekiston, 2010. B. 16.) deb ta‘kidlab 
o’tdi.
 
O’zbekiston Respublikasi suveren davlat bo’lishi bilan sudlar hokimiyatning qonun chiqaruvchi 
va  ijro  etuvchi  tarmoqlaridan,  siyosiy  partiyalar  va  jamoat  tashkilotlaridan  mustaqil  holda  ish  olib 
boorish 
imkoniga ega bo’ldi.
 
Hozirgi kunga kelib, Oliy sudning huquqiy maqomi "Sudlar to’g’risida"gi Qonunning 2000 
yil  14  dekabrdagi  tahriri  I  bo’limining  normalari  hamda  keyinchalik  kiritilgan  o’zgartish  va 
qo’shimchalar, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi va Jinoyat 
protsessual  kodeksining  bir  qator  qoidalari  asosida  tartibga  solinmoqsa  (Mingboyev  U.K.  Sud 
adolat posboii // «Hayot va qonun». 2001. 5-son. 7-8-bet.).
 
O’zbekiston Respublikasi Fukarolik protsessual kodeksining 144-moddasiga ko’ra, Oliy sud 
qonunda  belgilan-gan  vakolati  asosida,  fuqarolik  ishlarini  ko’rib  chiqadi,  shuningdek,  alohida 
holatlarni hisobga olib, har qanday fuqarolik ishini O’zbekiston Respublikasining istalgan sudidan 
olib,  birinchi  instansiya  sudi  sifatida  o’zining  ish  yuritishiga  qabul  qilib  olish  yoki  bir  suddan 
boshqa tegishli sudga o’tkazish vakolatiga ega.
 


78 
O’ta  murakkab  va  muhim  ishlar  Jinoyat-protsessual  kodeksining  389-moddasi  bilan 
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudloviga tegishli ekanligi belgilab qo’yilgan. Tabiiyki, 
o’zi chiqargan qarorlarga nisbatan yangi ochilgan holatlar yuzasidan ishlarni ko’rib chiqish ham 
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi vakolatiga kiradi.
 
Sud nazoratini amalga oshirishning yuqorida sanab o’tilgan shakllari bilan bir qatorda Oliy 
sudning ixtiyorida bu borada bilvosita nazorat shakli, binobarin, uning sud amaliyoti yuzasidan 
tushuntirishlar berish vakolati ham bor.
 
Oliy  sud  Plenumi  tushuntirishlari  odil  sudlovni  amalga  oshirishda  qonunlarning  aniq 
qo’llanishini  ta‘minlashga  qaratilgan  bo’lib,  ana  shu  tushuntirishlarda  umumlashtiruv  natijalari 
asosida sharhlar beriladi.
 
Odil  sudlovning  Asosiy  Qonunimizda  mustahkamlab  qo’yilgan  demokratik  prinsiplari, 
xususan,  fuqarolarning  qonun  va  sud  oldida  tengligi,  aybsizlik  prezumpsiyasi,  ayblanuvchining 
himoyalanish huquqi bilan ta‘minlanishi singari Konstitutsiyaviy prinsiplar mazmuni O’zbekiston 
Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  ko’pgina  tushuntirishlarida  chuqur  va  mufassal  ochib 
berilgan. Aksariyat tushuntirishlar sudlarning qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashdagi, 
javobgarlikni  tabaqalashtirish  hamda  jazolarni  individuallashtirishdagi,  hayotga,  sog’liqqa, 
shaxsning  ozodligi  va  qadr-qimmatiga  qarshi  retsidiv  jinoyatlar  uchun  javobgarlikni 
kuchaytirishdagi roliga taalluqli.
 
O’zbekiyeton Respublikasi Oliy sudi Oliy sud Plenumi, Oliy sud Rayosati, Fuqarolik ishlari 
bo’yicha sudlov hay‘ati, Jinoyat ishlari bo’yicha sudlov hay‘ati va Harbiy hayatdan iborat tarkibda 
faoliyat olib boradi.
 
O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudining  Plenumi  barcha  umumiy  yurisdiksiya  sudlari 
qarorlariga  nisbatan  oliy  sudlov  instansiyasi  bo’lib,  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudining 
sudyalari hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha oliy sudlari 
raislaridan iborat tarkibda faoliyat yuritadi.
 
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining 
sudyalari  orasidan  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumi  tomonidan  belgilanadigan 
miqdorda  tashkil  topadi.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Rayosatining  majlislari  har  oyda 
kamida  bir  marta  o’tkaziladi  hamda  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Rayosati  a‘zolarining 
ko’pchiligi  hozir  bo’lgan  taqdirda  vakolatli  sanaladi.  Rayosatga  ishlarni  nazorat  tartibida,  sud 
amaliyoti  umumlashma  materiallarini,  sudlov  hay‘atlari  ishini  tashkil  etish  masalalarini, 
shuningdek, viloyatlar sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar raislarining ma‘ruzalarini tinglash 
bilan bog’liq masalalarni ko’rib chiqish vakolati berilgan.
 
Umumiy yurisdiksiya sudlari tizimidagi harbiy sudlar, ularning vazifalari hamda vakolatlari 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  1992  yil  28  fevraldagi  "Harbiy  tribunallar  va  harbiy 
prokuratura organlari to’g’risida"gi Farmoni bilan respublika Kurolli Kuchlarida qonuniylik va 
huquq-tartibotni  ta‘minlash  maqsadida  harbiy  tribunallar  mamlakatimiz  sud  tizimiga  kirishi  va 
barcha harbiy qismlarda, qo’shilmalar va birlashmalarda, harbiy o’quv yurtlari va muassasalarda, 
respublika  hududidagi  boshqa  harbiy  tuzilmalarda  odil  sudlovni  O’zbekiston  Respublikasi 
nomidan amalga oshirishi belgilab qo’yildi. Mazkur Farmon bilan sobiq Turkiston harbiy okrugi 
Harbiy tribunali o’rniga O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Harbiy sudi tashkil etildi.
 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 3 iyuldagi "O’zbekiston Respublikasi 
Oliy sudi tarkibida Harbiy hay‘at tashkil etish to’g’risida"gi Qarori bilan shunday hay‘at tuzilib, 
uning zimmasiga alohida ahamiyatdagi ishlarni birinchi instansiya bo’yicha, shuningdek, ishlarni 
kassatsiya va nazorat tartibida ko’rish vakolatlari yuklatildi. Ayni bir vaqtda O’zbekiston hududida 
joylashgan,  ilgari  belgilangan  tartib  asosida  saylangan  harbiy  sudlarning  sudyalari  vakolati 
tasdiqlandi  (O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashiniig  Axborotnomasi.  1992.  9son.  366-
modda.).
 
Sud  tizimini  isloh  qilish  asnosida  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  1999  yil  23 
sentabrdagi  Farmoni  bilan  mamlakatimiz  Qurolli  Kuchlari  sudlari  O’zbekiston  Respublikasi 
harbiy sudlariga aylantirildi.
 
 


79 
O’zbekiston  Respublikasining  "Sudlar  to’g’risida"gi  Qonunining  4-bobi  hamda  OMning 
2000  yil  14  dekabrdagi  Qarori  bilan  tasdiqlangan  «Harbiy  sudlar  faoliyatini  tashkil  etish 
to’g’risidagi Nizom» harbiy sudlar vakolatlari tizimini hamda ularning faoliyat sohasini belgilab 
berdi.
 
O’zbekiston Respublikasi harbiy sudlari tizimi O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy 
hay‘atidan, O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudidan, okrug va hududiy harbiy sudlardan tarkib 
topadi.  Harbiy  sudlar  faoliyati  ustidan  oliy  darajadagi  nazoratni  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy 
sudi amalga oshiradi.
 
Xo’jalik  sudlari.  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  111-moddasiga  muvofiq, 
"Mulkchilikning  turli shakllariga  asoslangan korxonalar,  muassasalar, tashkilotlar o’rtasidagi, 
shuningdek, tadbirkorlar o’rtasidagi, iqtisodiyot sohasida va uni boshqarish jarayonida vujudga 
keladigan xo’jalik nizolarini hal etish Oliy xo’jalik sudi va xo’jalik sudlari tomonidan ularning 
vakolatlari  doirasida  amalga  oshiriladi  (O’zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi.  -T.: 
O’zbekiston. 2012. 31-bet).
 
Umumiy  yurisdiksiya sudlaridan  farqli ravishda bu sudlar boshqa  organlarning  yurituviga 
kiritilgan har qanday nizolarni ko’rib chiqadi.
 
Mamlakatimizda  xo’jalik  sudlari  vakolatlari  bilan  umumiy  yurisdiksiya  sudlari 
vakolatlarining  nizo  xususiyatiga  qarab  farqlash,  ajratish  muayyan  ahamiyatga  ega.  Xo’jalik 
sudlarida  ishlarini  ko’rib  chiqish  va  muhokama  etish  tartibi,  asosan,  yuridik  shaxslarga 
mo’ljallangan.
 
1991 yil 20 noyabrda qabul qilingan "Hakamlik sudi va xo’jalik nizolarini hal etish tartibi 
to’g’risida"gi Qonun bilan arbitrajlar tugatildi, tadbirkorlik faoliyati jarayonida fuqarolik huquqiy 
munosabatlardan  kelib  chiquvchi  nizolar  (iqtisodiy  nizolar)  yoki  boshqaruv  sohasidagi 
munosabatlardan  kelib  chiquvchi  nizolarni  hal  etish  vakolatlari  hakamlik  sudlariga  berildi. 
Hakamlik sudlari yagona tizimi O’zbekiston Respublikasi Oliy hakamlik sudi, Qoraqaliog’iston 
Resiublikasi Hakamlik sudi va viloyatlar hakamlik sudlaridan tarkib topdi.
 
1993  yil  2  sentabrda  qabul  qilingan  O’zbekiston  Respublikasining  "Sudlar  to’g’risida"gi 
Qonuni va O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hakamlik (arbitraj) sudlarining hozirgi 
xo’jalik  sudlariga  aylanishida  asos  bo’lib  xizmat  qildi.  Ayni  vaqtda  1993  yil  2  sentabrdagi 
O’zbekiston  Respublikasining  Qonuni  bilan  O’zbekiston  Respublikasining  Xo’jalik  protsessual 
kodeksi  tasdiqlandi.  O’zbekiston  Respublikasining  1997  yil  30  avgustdagi  Qonuni  bilan 
O’zbekiston Respublikasi Xo’jalik protsessual kodeksining yangi tahriri tasdiqlandi va u 1998 yil 
1 yanvardan e‘tiboran amalga kiritildi.
 
O’zbekiston  Respublikasining  xo’jalik  sudlari  ikki  bo’g’inli  tizim  sifatida  ish  ko’radi. 
Birinchi  bo’g’inga  Qoraqalpog’iston  Resiublikasi  Xo’jalik  sudi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 
xo’jalik sudlari kiradi. Ikkinchi bo’g’in O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudidan iborat.
 
O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi. Oliy xo’jalik sudi Konstitutsiyaviy sud va Oliy 
sud  bilan  birgalikda  O’zbekiston  Respublikasining  oliy  sudlov  organlari  maqomiga  ega. 
O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  xo’jalik  sudi  sudlov  tizimi  sifatida  mamlakatimiz  mustaqillikka 
erishganidan keyin shakllandi.
 
O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudiga ushbu sud raisi boshchilik qiladi. Oliy xo’jalik 
sudi  besh  yil  muddatga  saylanadigan  Oliy  xo’jalik  sudi  raisi,  uning  birinchi  o’rinbosari, 
o’rinbosarlari, sudlov hay‘atlarining raislari va sudyalardan iborat bo’ladi.
 
O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  xujalik  sudining  sudyasi,  O’zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining  taqdimnomasiga  binoan,  O’zbekiston  Respublikasi  OM  Senati  tomonidan 
saylanadi.
 
Oliy xo’jalik sudida sudyalar orasidan fuqarolik xuquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 
ishlarni kuruvchi sudlov hay‘ati va ma‘muriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni 
ko’ruvchi  sudlov  hay‘ati  tuziladi.  Sudlov  hay‘atlarining  raislari  va  tarkibi  Oliy  xujalik  sudi 
Plenumida tasdiqlanadi.
 
Oliy xo’jalik sudi tarkibida Oliy xo’jalik sudi Plenumi va Oliy xo’jalik sudi Rayosati ham 
faoliyat  ko’rsatadi.  Oliy  xo’jalik  sudi  Plenumi  oliy  sudlov  instansiyasi  bo’lib,  O’zbekiston 


80 
Respublikasi  Oliy  xujalik  sudi  raisi,  rais  o’rinbosarlari,  sudyalari  va  Qoraqalpog’iston 
Respublikasi Xujalik sudi raisidan iborat tarkibda ish olib boradi.
 
O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  xo’jalik  sudining  Plenumi  ko’rib  chiqilayotgan  masalalar 
yuzasidan  qaror  qabul  qiladi.  Oliy  xo’jalik  sudi  Plenumi  majlislarida  bayonnoma  yuritiladi.  Oliy 
xujalik sudi tarkibida Oliy xo’jalik sudi raisi, uning o’rinbosarlari hamda O’zbekiston Respublikasi 
Oliy xo’jalik sudi Plenumi tomonidan belgilanadigan miqdordagi sudyalardan iborat Oliy xujalik sudi 
Rayosati ish olib boradi.
 
O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  xo’jalik  sudi  Rayosati  xo’jalik  sudlariga  taalluqli  ishlar 
yuzasidan oliy nazorat instansiyasidir.
 
O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  xo’jalik  sudining  sudlov  hay‘atlari  ishlarni  birinchi 
instansiyada va kassatsiya tartibida ko’radi.
 
Sud  apellyatsiya  tartibida  ishni  ko’rib  chiqib,  qarorni  o’zgarishsiz,  shikoyatni  esa 
qanoatlantirishsiz qoldirishga; qarorni to’liq yoki qisman bekor qilishga hamda yangi qaror qabul 
qilish  yoki  qarorni  o’zgartirishga;  qarorni  butunlay  yoki  qisman  bekor  qilib,  ish  yuritishni 
to’xtatishga yoki da‘voni to’liq yoki qisman ko’rmasdan qoldirishga haqli.
 
Prezidentimiz  Parlamentga  Murojaatnomasida  sud  tizimini  isloh  qilish  borasida  qator 
masalalarni qayd qilib o’tdilar:
 

Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish