Umumiy yurisdiksiya sudlari. O’zbekiston Respublikasida sud tizimini shakllantirishning
huquqiy bazasi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasida kafolatlashdan.
Ayni shu Konstitutsiyaviy norma 1993 yil 2 sentabrda O’zbekiston Respublikasining "Sudlar
to’g’risida"gi Qonuni qabul qilinishida asos bo’lib xizmat qildi.
Mazkur Qonunga muvofiq, umumiy yurisdiksiya sudlari tizimi quyidagi bo’g’inlardan
tashkil topdi:
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar
sudlari va Toshkent shahar sudi; tumanlararo, tuman (shahar) sudlari; harbiy sudlar
(O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy
harbiy sudlar).
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 110-
moddasiga binoan, "O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy va ma‘muriy sud
ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi". Mazkur sud tomonidan
qabul qilinadigan hujjatlar qat‘iy tarzda O’zbekiston Respublikasining barcha hududida bajarilishi
majburiy. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ... sud hokimiyatini
bosqichma-bosqich mustahkamlab borish, sudning mustaqilligini ta‘minlash, uni sobiq tuzumda
bo’lgani kabi qatag’on quroli va jazolash idorasi sifatidagi organ emas, balki inson va fuqaro
huquq va erkinliklarini ishonchli himoya va muhofaza etishga xizmat qiladigan tom ma‘nodagi
mustaqil davlat institutiga aylantirishga qaratilgan keng qo’lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar
amalga oshirildi (Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi. -T.: O’zbekiston, 2010. B. 16.) deb ta‘kidlab
o’tdi.
O’zbekiston Respublikasi suveren davlat bo’lishi bilan sudlar hokimiyatning qonun chiqaruvchi
va ijro etuvchi tarmoqlaridan, siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlaridan mustaqil holda ish olib
boorish
imkoniga ega bo’ldi.
Hozirgi kunga kelib, Oliy sudning huquqiy maqomi "Sudlar to’g’risida"gi Qonunning 2000
yil 14 dekabrdagi tahriri I bo’limining normalari hamda keyinchalik kiritilgan o’zgartish va
qo’shimchalar, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi va Jinoyat
protsessual kodeksining bir qator qoidalari asosida tartibga solinmoqsa (Mingboyev U.K. Sud
adolat posboii // «Hayot va qonun». 2001. 5-son. 7-8-bet.).
O’zbekiston Respublikasi Fukarolik protsessual kodeksining 144-moddasiga ko’ra, Oliy sud
qonunda belgilan-gan vakolati asosida, fuqarolik ishlarini ko’rib chiqadi, shuningdek, alohida
holatlarni hisobga olib, har qanday fuqarolik ishini O’zbekiston Respublikasining istalgan sudidan
olib, birinchi instansiya sudi sifatida o’zining ish yuritishiga qabul qilib olish yoki bir suddan
boshqa tegishli sudga o’tkazish vakolatiga ega.
78
O’ta murakkab va muhim ishlar Jinoyat-protsessual kodeksining 389-moddasi bilan
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudloviga tegishli ekanligi belgilab qo’yilgan. Tabiiyki,
o’zi chiqargan qarorlarga nisbatan yangi ochilgan holatlar yuzasidan ishlarni ko’rib chiqish ham
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi vakolatiga kiradi.
Sud nazoratini amalga oshirishning yuqorida sanab o’tilgan shakllari bilan bir qatorda Oliy
sudning ixtiyorida bu borada bilvosita nazorat shakli, binobarin, uning sud amaliyoti yuzasidan
tushuntirishlar berish vakolati ham bor.
Oliy sud Plenumi tushuntirishlari odil sudlovni amalga oshirishda qonunlarning aniq
qo’llanishini ta‘minlashga qaratilgan bo’lib, ana shu tushuntirishlarda umumlashtiruv natijalari
asosida sharhlar beriladi.
Odil sudlovning Asosiy Qonunimizda mustahkamlab qo’yilgan demokratik prinsiplari,
xususan, fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi, aybsizlik prezumpsiyasi, ayblanuvchining
himoyalanish huquqi bilan ta‘minlanishi singari Konstitutsiyaviy prinsiplar mazmuni O’zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining ko’pgina tushuntirishlarida chuqur va mufassal ochib
berilgan. Aksariyat tushuntirishlar sudlarning qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashdagi,
javobgarlikni tabaqalashtirish hamda jazolarni individuallashtirishdagi, hayotga, sog’liqqa,
shaxsning ozodligi va qadr-qimmatiga qarshi retsidiv jinoyatlar uchun javobgarlikni
kuchaytirishdagi roliga taalluqli.
O’zbekiyeton Respublikasi Oliy sudi Oliy sud Plenumi, Oliy sud Rayosati, Fuqarolik ishlari
bo’yicha sudlov hay‘ati, Jinoyat ishlari bo’yicha sudlov hay‘ati va Harbiy hayatdan iborat tarkibda
faoliyat olib boradi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi barcha umumiy yurisdiksiya sudlari
qarorlariga nisbatan oliy sudlov instansiyasi bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining
sudyalari hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha oliy sudlari
raislaridan iborat tarkibda faoliyat yuritadi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining
sudyalari orasidan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan belgilanadigan
miqdorda tashkil topadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining majlislari har oyda
kamida bir marta o’tkaziladi hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati a‘zolarining
ko’pchiligi hozir bo’lgan taqdirda vakolatli sanaladi. Rayosatga ishlarni nazorat tartibida, sud
amaliyoti umumlashma materiallarini, sudlov hay‘atlari ishini tashkil etish masalalarini,
shuningdek, viloyatlar sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar raislarining ma‘ruzalarini tinglash
bilan bog’liq masalalarni ko’rib chiqish vakolati berilgan.
Umumiy yurisdiksiya sudlari tizimidagi harbiy sudlar, ularning vazifalari hamda vakolatlari
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 28 fevraldagi "Harbiy tribunallar va harbiy
prokuratura organlari to’g’risida"gi Farmoni bilan respublika Kurolli Kuchlarida qonuniylik va
huquq-tartibotni ta‘minlash maqsadida harbiy tribunallar mamlakatimiz sud tizimiga kirishi va
barcha harbiy qismlarda, qo’shilmalar va birlashmalarda, harbiy o’quv yurtlari va muassasalarda,
respublika hududidagi boshqa harbiy tuzilmalarda odil sudlovni O’zbekiston Respublikasi
nomidan amalga oshirishi belgilab qo’yildi. Mazkur Farmon bilan sobiq Turkiston harbiy okrugi
Harbiy tribunali o’rniga O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Harbiy sudi tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 3 iyuldagi "O’zbekiston Respublikasi
Oliy sudi tarkibida Harbiy hay‘at tashkil etish to’g’risida"gi Qarori bilan shunday hay‘at tuzilib,
uning zimmasiga alohida ahamiyatdagi ishlarni birinchi instansiya bo’yicha, shuningdek, ishlarni
kassatsiya va nazorat tartibida ko’rish vakolatlari yuklatildi. Ayni bir vaqtda O’zbekiston hududida
joylashgan, ilgari belgilangan tartib asosida saylangan harbiy sudlarning sudyalari vakolati
tasdiqlandi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiniig Axborotnomasi. 1992. 9son. 366-
modda.).
Sud tizimini isloh qilish asnosida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 23
sentabrdagi Farmoni bilan mamlakatimiz Qurolli Kuchlari sudlari O’zbekiston Respublikasi
harbiy sudlariga aylantirildi.
79
O’zbekiston Respublikasining "Sudlar to’g’risida"gi Qonunining 4-bobi hamda OMning
2000 yil 14 dekabrdagi Qarori bilan tasdiqlangan «Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish
to’g’risidagi Nizom» harbiy sudlar vakolatlari tizimini hamda ularning faoliyat sohasini belgilab
berdi.
O’zbekiston Respublikasi harbiy sudlari tizimi O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy
hay‘atidan, O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudidan, okrug va hududiy harbiy sudlardan tarkib
topadi. Harbiy sudlar faoliyati ustidan oliy darajadagi nazoratni O’zbekiston Respublikasi Oliy
sudi amalga oshiradi.
Xo’jalik sudlari. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 111-moddasiga muvofiq,
"Mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o’rtasidagi,
shuningdek, tadbirkorlar o’rtasidagi, iqtisodiyot sohasida va uni boshqarish jarayonida vujudga
keladigan xo’jalik nizolarini hal etish Oliy xo’jalik sudi va xo’jalik sudlari tomonidan ularning
vakolatlari doirasida amalga oshiriladi (O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T.:
O’zbekiston. 2012. 31-bet).
Umumiy yurisdiksiya sudlaridan farqli ravishda bu sudlar boshqa organlarning yurituviga
kiritilgan har qanday nizolarni ko’rib chiqadi.
Mamlakatimizda xo’jalik sudlari vakolatlari bilan umumiy yurisdiksiya sudlari
vakolatlarining nizo xususiyatiga qarab farqlash, ajratish muayyan ahamiyatga ega. Xo’jalik
sudlarida ishlarini ko’rib chiqish va muhokama etish tartibi, asosan, yuridik shaxslarga
mo’ljallangan.
1991 yil 20 noyabrda qabul qilingan "Hakamlik sudi va xo’jalik nizolarini hal etish tartibi
to’g’risida"gi Qonun bilan arbitrajlar tugatildi, tadbirkorlik faoliyati jarayonida fuqarolik huquqiy
munosabatlardan kelib chiquvchi nizolar (iqtisodiy nizolar) yoki boshqaruv sohasidagi
munosabatlardan kelib chiquvchi nizolarni hal etish vakolatlari hakamlik sudlariga berildi.
Hakamlik sudlari yagona tizimi O’zbekiston Respublikasi Oliy hakamlik sudi, Qoraqaliog’iston
Resiublikasi Hakamlik sudi va viloyatlar hakamlik sudlaridan tarkib topdi.
1993 yil 2 sentabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining "Sudlar to’g’risida"gi
Qonuni va O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hakamlik (arbitraj) sudlarining hozirgi
xo’jalik sudlariga aylanishida asos bo’lib xizmat qildi. Ayni vaqtda 1993 yil 2 sentabrdagi
O’zbekiston Respublikasining Qonuni bilan O’zbekiston Respublikasining Xo’jalik protsessual
kodeksi tasdiqlandi. O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 30 avgustdagi Qonuni bilan
O’zbekiston Respublikasi Xo’jalik protsessual kodeksining yangi tahriri tasdiqlandi va u 1998 yil
1 yanvardan e‘tiboran amalga kiritildi.
O’zbekiston Respublikasining xo’jalik sudlari ikki bo’g’inli tizim sifatida ish ko’radi.
Birinchi bo’g’inga Qoraqalpog’iston Resiublikasi Xo’jalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar
xo’jalik sudlari kiradi. Ikkinchi bo’g’in O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudidan iborat.
O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi. Oliy xo’jalik sudi Konstitutsiyaviy sud va Oliy
sud bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasining oliy sudlov organlari maqomiga ega.
O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi sudlov tizimi sifatida mamlakatimiz mustaqillikka
erishganidan keyin shakllandi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudiga ushbu sud raisi boshchilik qiladi. Oliy xo’jalik
sudi besh yil muddatga saylanadigan Oliy xo’jalik sudi raisi, uning birinchi o’rinbosari,
o’rinbosarlari, sudlov hay‘atlarining raislari va sudyalardan iborat bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy xujalik sudining sudyasi, O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining taqdimnomasiga binoan, O’zbekiston Respublikasi OM Senati tomonidan
saylanadi.
Oliy xo’jalik sudida sudyalar orasidan fuqarolik xuquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan
ishlarni kuruvchi sudlov hay‘ati va ma‘muriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni
ko’ruvchi sudlov hay‘ati tuziladi. Sudlov hay‘atlarining raislari va tarkibi Oliy xujalik sudi
Plenumida tasdiqlanadi.
Oliy xo’jalik sudi tarkibida Oliy xo’jalik sudi Plenumi va Oliy xo’jalik sudi Rayosati ham
faoliyat ko’rsatadi. Oliy xo’jalik sudi Plenumi oliy sudlov instansiyasi bo’lib, O’zbekiston
80
Respublikasi Oliy xujalik sudi raisi, rais o’rinbosarlari, sudyalari va Qoraqalpog’iston
Respublikasi Xujalik sudi raisidan iborat tarkibda ish olib boradi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudining Plenumi ko’rib chiqilayotgan masalalar
yuzasidan qaror qabul qiladi. Oliy xo’jalik sudi Plenumi majlislarida bayonnoma yuritiladi. Oliy
xujalik sudi tarkibida Oliy xo’jalik sudi raisi, uning o’rinbosarlari hamda O’zbekiston Respublikasi
Oliy xo’jalik sudi Plenumi tomonidan belgilanadigan miqdordagi sudyalardan iborat Oliy xujalik sudi
Rayosati ish olib boradi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi Rayosati xo’jalik sudlariga taalluqli ishlar
yuzasidan oliy nazorat instansiyasidir.
O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudining sudlov hay‘atlari ishlarni birinchi
instansiyada va kassatsiya tartibida ko’radi.
Sud apellyatsiya tartibida ishni ko’rib chiqib, qarorni o’zgarishsiz, shikoyatni esa
qanoatlantirishsiz qoldirishga; qarorni to’liq yoki qisman bekor qilishga hamda yangi qaror qabul
qilish yoki qarorni o’zgartirishga; qarorni butunlay yoki qisman bekor qilib, ish yuritishni
to’xtatishga yoki da‘voni to’liq yoki qisman ko’rmasdan qoldirishga haqli.
Prezidentimiz Parlamentga Murojaatnomasida sud tizimini isloh qilish borasida qator
masalalarni qayd qilib o’tdilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |