75
2.Sud hokimiyati islohotlari.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida "O’zbekiston Respublikasi
davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga
bo’linishi" belgilab berilgan. Sudlarning alohida hokimiyat sifatida belgilanishidan maqsad
O’zbekiston Respublikasida shaxs huquqi va erkinliklarining xolis organ sifatida faqat sud orqali
ta‘minlanishiga erishish va sudni avvalgi jazolovchi organdan shaxs huquq va erkinliklarini
to’laqonli himoya qila oladigan organga aylantirishdir. Sud hokimiyatiga nisbatan ishonch bilan
qarash, buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarni himoya qilishda sud organlaridan tegishli
yordamga erisha olishni, sodir etilgan huquqbuzarlik yoki jinoyatlarga nisbatan qonun doirasida
davlat choralarini sud orqali ta‘min-lash sud hokimiyatining mohiyatini belgilab beradi.
O’zbekiston Respublikasida sud hokimiyati sud tizimi orqali amalga oshiriladi. Sud tizimi sud
hokimiyatining alohida hokimiyat tarmog’i sifatida mavjud.
Mustaqillik tufayli O’zbekiston Respublikasida sud hokimiyati mustaqil, turli mafkuralardan
holi bo’lgan, faqat qonunga bo’ysunadigan tizim sifatida shakllandi. O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 106-moddasiga muvofiq, "O’zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun
chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan
mustaqil holda ish yuritadi".
O’zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida qabul qilingan bir qator qonunlari va
Prezident farmonlari sud hokimiyatini shakllantirishga qaratildi. Jumladan, O’zbekiston
Respublikasining "Sudlar to’g’risida"gi Qonuni, Jinoyat-protsessual, Fuqarolik protsessual,
Xo’jalik protsessual, Jinoyat, Fuqarolik, Mehnat, Oila, Uy-joy kodekslari, O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining "O’zbekiston Respublikasi xo’jalik sudlarining tarkibini
takomillashtirish to’g’risida"gi, "O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudini tashkil qilish
to’g’risida"gi Farmonlari ana shu maqsadga xizmat qilmoqda. Shuningdek, O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining "O’zbekiston Respublikasining sud tizimini takomillashtirish
to’g’risida"gi, "Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo’yicha Oliy malaka
komissiyasini tuzish to’g’risida"gi, O’zbekiston Respublikasi VMning "O’zbekiston Respublikasi
sudlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori, "Sudlar va adliya
organlarini rivojlantirish jamg’armasini tashkil etish to’g’risida"gi qarori bilan tasdiqdangan
"Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg’armasi to’g’risidagi nizom"larda ham sud
hokimiyatini takomillashtirish maqsadlari qo’yilgan.
Sud hokimiyatini shakllantirishning muhim yutug’i sifatida sud tomonidan Konstitutsiyaviy
nazorat qilishning joriy etilganligi alohida e‘tiborga loyiq. Ta‘kidlash joizki, sudning huquqni
qo’llaydigan subyekt sifatida asosiy vazifasi odil sudlovni amalga oshirish orqali Konstitutsiya va
qonunlar ustuvorligini ta‘minlashdir. Davlat mustaqil sud hokimiyatiga ega bo’lgandagina
mustaqil va xolis bo’lishi mumkin. Konstitutsiyaviy nazorat qilish vazifasining amalga oshirilishi
davlat hokimiyatining boshqa tarmoqlariga, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarni bekor qilish
orqali ta‘sir etishga imkon beradi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 107-moddasiga muvofiq, O’zbekistonda
quyidagi uchta kichik tizimni o’z ichiga olgan sud tizimi tashkil etilib, u o’z faoliyatini amalga
oshirmoqda:
1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi.
2.O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog’iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat
ishlari bo’yicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha viloyatlar va Toshkent shahar
sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, shuningdek,
harbiy sudlardan iborat bo’lgan umumiy yurisdiksiya sudlari. Harbiy sudlar tizimi, o’z navbatida,
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy xay‘ati, O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug
va hududiy harbiy sudlardan iborat.
3.Xo’jalik sudlari. Mazkur sudlar O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi,
Qoraqalpog’iston Respublikasi xo’jalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xo’jalik sudlaridan
iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |