102
1. Bozor munosabatlariga o’tishning milliy modeli: evolyutsiyasi, xususiyatlari
va ustuvor yo’nalishlari.
O’zbekistonning hayoti deyarli 130 yil mobaynida chor Rossiyasiga, Sovet tuzumiga,
hokimiyat tepasiga kelib-ketib turgan rahbarlarning g’ayriinsoniy siyosatiga, jamiyatdagi
hukmron partiya tutgan yo’lga bog’liq bo’lgan.
Mustabid tuzum davrida davlat mamlakat boshqaruv tizimidan tortib, odamlarning kundalik
turmushiga daxldor bo’lgan barcha katta-kichik masalalarni hal etishni ham o’z zimmasiga olgani
uchun mamlakat taraqqiyoti sustlashib, xalq turmush darajasi kundan-kunga pasayib borgan.
Davlatlatlashtirilgan iqtisod defitsitli iqtisodga aylandi. Mustaqillik arafasida eng zarur
tovarlarning ilgari sezilmagan taqchilligi shiddat bilan kuchayib bordi. Defitsit za-monaviy
tovarlar u yoqda tursin, hatto kundalik ehtiyoj tovarlarni ham qamrab oldi, inflyatsiya jarayoni
kuchaydi. Iqtisodiyotdagi obyektiv qonuniyatlarning ko’r-ko’rona inkor egilishi ishlab
chiqarishning o’sishiga salbiy ta‘sir qilib, tanglikni keltirib chiqaruvchi omillarning zo’rayishiga
sharoit yaratdi. Mulkka nisbatan davlat monopoliyasining o’rnatilishi, tovar-pul munosabatlaridan
oqilona foydalana bilmaslik, uning o’rniga ma‘muriy taqsimlashga asoslangan partiya-davlat
boshqaruv tizimining cheksiz hukmronligi xalqning bunyodkorlik xislatlari yo’lida to’g’anoq
bo’ldi. Natijada, sobiq Ittifoqda yillar davomida shakllangan xo’jalik aloqalarining uzilishi ishlab
chiqarish darajasining nihoyatda pasayib ketishiga olib keldi.
Ittifoq tarkibidati davlatlar ichida, ayniqsa, O’zbekistonning bir yoqlama iqtisodiyoti bilan
mavjud vaziyatdan chiqib ketishi ancha qiyin edi. Chunki respublikada ko’p yillar davomida
shakllangan xalq xo’jaligi tarkibi, ya‘ni unda paxta yakkahokimligining o’rnatilgani, xom ashyo
resurslarinint Ittifoq ehtiyojlari uchun ayovsiz ishlatilishi, texnologik jihatdan oxiriga
yetkazilmatan va ishlab chiqarishning xom ashyo yoki yarim tayyor mahsulotni tayyorlashga
moslashtirilgani, aksariyat sanoat, hatto oziq-ovqat mahsulotlarining chetdan keltirilishi va boshqa
bir qator sabablar respublikaning markazga qaramligini mustahkamlab, import mahsulotlarga
bo’lgan ehtiyojning ortishiga olib keldi.
Respublikada yuzaga kelgan bunday holatni O‘zbekiston Respublikasi (keying o‘rinlarda
O‘z.R)ning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tahlil qilib, shunday degan edi:
"Bir necha
o’n
yillar davomida respublikada ssenariysi uzoq markazda to’qilgan qarorlar amalga oshirildi,
"kampaniya"lar o’tkazildi. O’zbekistonning chinakam manfaatlari, o’ziga xos sharoiti va
imkoniyatlari pisand qilinmadi. Natijada xalq xo’jaligining nuqsonli, bir tomonlama xom ashyo
tuzilmasi shakllandi. Respublika ayrim xom ashyo turlarini, yoqilg’i, asbob-uskunalar va
texnologiyanigina emas, balki hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlarini, xalq iste’moli mollarini
chetdan keltirishga majburdir"
(Karimov
I.A.
O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat,
mafkura. 1-j. -T.: O’zbekiston, 1996. B. 61).
Mustamlakachilik siyosati oqibatida O’zbekiston iqtisodi zaif bo’lgani holda, o’z yeridagi
boylikni o’zi tasarruf etish huquqidan ham mahrum edi. O’zbekistonning yer osti boyliklari
umumittifoq mulki deb qaralar, hatto, "
... oltin, qimmatbaho va rangli metallar, strategic
ahamiyatga ega materiallar, jahon bozorida o’ta xaridorgir bo’lgan boshqa qimmatbaho
Do'stlaringiz bilan baham: |