Politexnika instituti


  1. O’zbekistonda siyosiy islohotlar. Milliy davlat boshqaruv tizimining



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи

59 
1. O’zbekistonda siyosiy islohotlar. Milliy davlat boshqaruv tizimining 
yaratilishi.
 
 
O’zbekistonda Prezidentlik institutining joriy qilinishi va takomillashuvi. XX asrning 80-
yillari ikkinchi yarmida sobiq Ittifoqda ro’y bergan tanazzul O’zbekistonda Prezident lavozimini 
ta‘sis etish zaruriyatini keltirib chiqardi.
 
Prezident  lavozimining  joriy  etilishi  respublika  mustaqilligi  uchun  kurash  kuchaygan  va 
milliy davlatchilik rivojida prinsip jihatdan yangi bosqichga o’tilayotganligini anglatar edi.
 
Shu  bilan  birga,  respublikada  prezidentlik  instituti  hokimiyat  mexanizmining 
samaradorligini,  mamlakatdagi  barqarorlik,  qonuniylik  va  huquq-tartibotning  samaradorligini 
qat‘iyan oshirish vositasi bo’lib xizmat qilishi lozim edi. Ayniqsa, O’zbekiston kabi ko’p millatli 
mamlakatda  ijtimoiy-iqtisodiy  holat  og’irlashib  borayotgan  bir  davrda  jamiyatni  jipslashtirish 
yanada  muhim  edi.  Bunday  sharoitda  siyosiy  tizimning  yangilanayotgan  mexanizmi,  avvalo, 
shunga ko’maklashmog’i, bu tizimning ishlarida ichki va tashqi siyosat, strategik yo’nalishlar va 
ularni amalga oshirish sohasidagi amaliy ishlar mujassamlashib, yaxlit harakatga aylanishi lozim 
edi.
 
Prezident  o’zining  amaliy  ishi  bilan  turli  ijtimoiy-siyosiy  harakatlar  o’rtasida  ijtimoiy 
muloqotni  rivojlantirish  uchun  sharoit  yaratishi,  mamlakatda  tinchlik  va  millatlararo  totuvlikni 
ta‘minlashi, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda – tabiiy ofatlarda, jamoat tartibi jiddiy buzilgan 
hollarda  oliy  vakolatlar  sohibi  bo’lgan  tashkilotchi  va  muvofiqlashtiruvchi  arbob  sifatida  ish 
kurishi kerak edi. Ayni vaqtda Prezident lavozimi ta‘sis etilgan taqdirda ham Oliy Sovet davlat 
hokimiyatining  oliy  organi  bo’lib,  u  qonun  chiqaruvchi,  hukumat-ijrochi-boshqaruvchi  organ 
bo’lib qolaveradi. Prezident esa mazkur tizimda qonun chiqaruvchilik bilan ijrochilik faoliyatini 
o’zaro bog’laydigan mustahkam bo’g’in vazifasini bajaradi.
 
1990 yilda mazkur lavozim ta‘sis etilayotgan vaqtda bu lavozimning joriy etilishi Ministrlar 
Sovetining  vakolatini  cheklashi  mumkin,  degan  xavotir  ham  bo’ldi.  Biroq,  hukumatning 
vakolatlari amalda o’zgarmay qoldi. Shu munosabat bilan Ministrlar Soveti o’z ishi to’g’risida har 
yili  Oliy  Kengashga  hisob  beribgina  qolmay,  bu  haqda  Prezidentni  muntazam  xabardor  qilib 
turishi belgilab qo’yildi. Ayni paytda hukumat, vazirliklar va davlat qo’mitalari qonunlar bilan bir 
qatorda  o’z  faoliyatida  Prezident  farmonlariga  amal  qilishlari  shart  ekanligi  mustahkamlandi. 
Prezident huzurida tashkil egilgan organ Prezident Kengashi davlat vakolatlari bilan ta‘minlandi.
 
Davlat  boshqaruvining  mazkur  zamonaviy  va  samarali  shaklini  yuzaga  keltirishda 
xalqimizning davlatchilik sohasidagi ko’p ming yillik tarixiy tajribalari, diyorimizning muayyan 
shart-sharoitlari, xalqning an‘analari va mentaliteti, o’ziga xos xususiyatlari, shuningdek, hozirgi 
zamon ilg’or davlatlarining tajriba va yutuqlari nazarda tutildi. Qayd etish joizki, bugungi kunda 
BMTga a‘zo bo’lgan 193 ta davlatdan 143 tasida, ya‘ni qariyb 75 foizida Prezident lavozimi ta‘sis 
etilgan.Respublikamizda  prezidentlik  lavozimi  murakkab  vaziyatda  ta‘sis  etildi.  Qayta  qurish, 
oshkoralik  vaziyatida  xalq  xo’jaligini  rivojlantirish,  aholiga  zarur  turmush  sharoitlarini  yaratib 
berishda  ko’plab  murakkab,  hal  qilinmagan  muammolar  borligi  aniqlandi.  Ayrim  viloyatlarda 
ijtimoiy-siyosiy  vaziyat  izdan  chiqqan,  qonunni  buzish  hollari  ko’paygan  edi.  Xalq  bunday 
noqonuniy  xatti-harakatlarning  zudlik  bilan  payini  qirqishni  talab  qilayotgan  edi.  Bularning 
barchasi prezident lavozimini kechiktirmasdan joriy etishni talab qildi. O’zbekiston SSRning bi-
rinchi Prezidenti istisno tariqasida respublika Oliy Kengashining 1990 yil 24 martdagi sessiyasida 
saylandi. Islom Abdug’aniyevich Karimov yashirin ovoz berish yo’li bilan O’zbekiston SSRning 
Prezidenti etib saylandi.
 
L.Levitin  va  D.S.Karlaylning  Islom  Karimov  –  yangi  O’zbekiston  Prezidenti  nomli  kitobida 
shunday deyiladi: 

Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish