kerak. Ana shu Iroda va Qudratni uyg’otish, shakllantirish, unga quvvat baxsh etish bugunning
asosiy vazifasidir.
Hozirgi paytga kelib, milliy davlatchilikning rivojlanish jarayonlari butunlay ijobiy tomonga
o’zgardi. Shubhasiz, huquqiy davlatning eng asosiy tamoyili qonun ustuvorligi ta‘minlanmoqda.
Shu bilan birga, inson huquqlari umummajburiy bo’lishini ta‘minlashda huquqiy davlat asosi -
hokimiyatlar bo’linishining Konstitutsiyaviy prinsipi muhim ahamiyatga ega. Chunki, davlat
hokimiyati turli organlarning vakolatlari bo’linishiga nisbatan inson huquqlarining institusional
kafolatlarini yaratadi. Prezident Islom Karimov qaydiga ko’ra: O’zbekiston Respublikasi milliy
davlat qurilmasida hokimiyat uchga ajratiladi - qonunchilik, ijrochilik va sud hokimiyatiga
(Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild, -T: “O’zbekiston”,
1996, 15-b.).
Bu fikr Konstitutsiyaning 11-moddasida o’z aksini topgan: O’zbekiston Respublikasi davlat
hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga
bo’linishi prinsipiga asoslanadi (O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi. - T.: O’zbekiston. 2019. 6-bet.). Hokimiyatlar bo’linishi tamoyilining mavjud
bo’lishi tufayli davlat hokimiyati tizimida hokimiyat organlari bir-birini muvozanatda saqlab
turish va nazorat qilishga yo’l ochib beradigan va bir shaxs yoki organning qo’lida hokimiyatning
to’planishiga imkon bermaydigan o’zaro munosabatlar tartibi o’rnatiladi.
Milliy davlatimiz ichki va tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlari - pirovard natijada
O’zbekistonda yangi va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etishga qaratilgan. Demokratiyaning
murosachilik va yakdillik madaniyati davlat ichki hayotida ham, tashqi siyosatida ham alohida
ahamiyat kasb etadi. Jumladan, jamiyat fuqarolari o’rtasidagi munosabatlar qanchalik samimiy va
iliq bo’lsa, umumxalq va umumdavlat manfaatlari yo’lida birlashib, muammolarni hal etishda
oqilona faoliyat ko’rsatsa, barcha uchun umumiy vazifalar oldida mas‘uliyat chuqur his qilinsa,
bu, birinchidan, demokratiyaning mamlakat ichki hayotidagi madaniyatini belgilaydi.
Fuqarolik jamiyatini barpo etishning xalqaro tamoyillari, ya‘ni dunyo davlatlari hamjamiyati
e‘tirof etgan yo’riqlari mavjud bo’lib, bevosita fuqaroning o’z xohish-irodasini erkin ifodalash
huquqiga egaligi, ozchilikning ko’pchilikka bo’ysunishi, barcha fuqarolarning millati, elati,
ijtimoiy kelib chiqishi va diniy e‘tiqodidan qat‘i nazar, teng huquqliligi, davlat va jamiyat
boshqaruvida qonun ustuvorligi, saylov va saylanish huquqi va boshqalardir. Biroq, ma‘lum bir
mamlakatda demokratiyani joriy etishda faqat shuning o’zi kifoya qiladimi? Yoq albatta. Chunki,
har bir xalqning o’z turmush va tafakkur tarzi, tarixiy an‘analari, hayotga munosabati va boshqa
jihatlaridan kelib chiqib, demokratiyaga yondashishning o’ziga xos usuli bor. Shu ma‘noda, Islom
Karimov Sharqda demokratik jarayonlarning qadimdan shakllangan o’ziga xos va o’ziga mos
xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bo’lmaydi. Ya‘ni,
Sharqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi. Bu sohada inqilobiy
o’zgarishlar yasashga urinishlar g’oyat noxush, hatto fojiali natijalarga olib keladi. Inqilobni G’arb
olimlari ham «ijtimoiy taraqqiyotning ibtidoiy va yovvoyi shakli», deb ataganlar. Tabiiyki,
bunday
yo’l bizga aslo to’g’ri kelmaydi. Aslida demokratiyani joriy etishda yurtimizda o’zbekona
tamoyillar shakllanayotganini hisobga olish kerakligini, ta‘kidlagan edi. Bu, ikkinchidan,
demokratiyaning tashqi siyosatdagi o’ziga xosligini ta‘minlaydi.
Milliy davlatchiligimizning demokratik tamoyillarini yanada chuqurlashtirish va
rivojlantirishimiz mumkin. Aslida, demokratiya - «obyektiv voqelik». U bor yoki yo’q?! Bir
tizimdan ikkinchi tizimga o’tayotganda, unga yo’riqnomalar, ko’rsatmalar berish uslubi bilan
darhol qurib bo’lmaydi?! Bu haqda juda ko’p aytilgan va yozilgan. Biroq, barqaror demokratik
jamiyatning qaror topishi uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni hayotga tadbiq qilishga qodir
kuchli milliy davlat lozimligini tushunib yetdik! Ammo jamiyatni demokratlashtirish odimlarini
56
SHo’ro qarashlari bilan o’lchab bo’lmaydi. Har bir narsani uning mohiyatidan kelib chiqib, o’z
nomi bilan mardonavor aytish ayni Yo’lboshchimiz Islom Karimovning siyosiy sifatlaridan
biridir. Har qanday siyosiy vazifa siyosatchi zimmasiga rejadagilarni amalga oshirish irodasi va
layoqatidan iborat bo’lgan javobgarlikni yuklaydi.
O’rni kelganda, ta‘kidlash joizki, rahbar o’zini «demokrat», davlatini esa «demokratiya
oroli» deb xohlaganicha aytishi mumkin, biroq shu bilan birga, uning davlatida ochlik,
qashshoqlik, tartibsizlik, turli tomonga tashlanishlar hukmron bo’lishi ham hech gap emas?! Bir
qator MDH davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar bunga yorqin misol bo’la oladi. Bizning
davlatimizga kelsak, XXI asrda davlatlarning arzon populizmi va demokratiya niqobi ostidagi
o’yinlari emas, balki zaruriy milliy mafkuraviy g’oyadan voqelikka aylangan haqiqiy demokratik,
ochiq adolatli jamiyat tomon qo’ygan shahdam qadamlarimiz, bu borada qo’lga kiritgan
yutuqlarimiz bilan O’zbekiston davlati tanlagan yo’l - demokratik tamoyillar mazmunini tashkil
etadi.
Milliy davlatchiligimizning jahon sivilizatsiyasiga demokratik jarayonlar bilan chiqishi ham
muammolar yechimiga ta‘sir ko’rsatadi, albatta. Yevropa Ittifoqi va O’zbekiston munosabatlari
to’g’risida 1996 yil 21 iyunda tuzilgan muhim hujjat-sherikchilik va hamkorlik to’g’risidagi Bitim
imzolanishi bilan demokratik jarayonlarga dastlabki asos solingan edi. Mazkur Bitim doirasida
Yevropa Komissiyasi O’zbekistonda Yevropa Eyd (Yevropa ko’magi) dasturining bir qator
loyihalarini moliyalashtirib kelmoqda.
Shuni alohida e‘tirof etish lozimki, insoniyat tarixiga nazar solsak, demokratik jarayonlarni
amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etgan, milliy davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy-
ma‘rifiy-siyosiy-huquqiy taraqqiyoti asosiy omil bo’lib xizmat qilgan. Har bir xalq demokratiyani
o’z mentaliteti, o’z ko’nikmalari, qadriyatlariga munosib tarzda u yoki bu darajada hayotga joriy
qiladi. Umuminsoniy mohiyat va mazmunga ega bo’lgan tamoyillar har bir davlatning taraqqiyot
darajasi, boshqaruv tizimi, siyosiy muhiti, xalq ommasi ijtimoiy ongining faolligi bilan bog’liq
holda joriy qilinadi. Xuddi shu va boshqa ijtimoiy rivojlanish sur‘atlarini belgilovchi omillar
ta‘sirida davlatning demokratik jarayonlarini joriy qilish sur‘atlari jadallashadi yoki sustlashadi.
Demak, demokratiyani yuqoridan majburan joriy etish mumkin emas!?
Demokratiya - xalq ijodi, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligi natijasida qo’lga
kiritiladigan boshqaruv tizimi. Demokratiya doimo xalq ommasining pok va halol harakati, o’z
huquqlari, ehtiyojlarini qondirish uchun olib borgan mashaqqatli kurashlari, faol mehnati na-
tijasida qo’lga kiritilgan. Islom Karimov har doim, milliy davlatlarda demokratik tamoyillarni
hayotga joriy qilish turli yo’llar vositasida amalga oshirilishi, lekin uning asosiy talabi va omili
doimo shaxsning huquq va erkinliklari, shu jumladan, erkin fikrlash hamda mulohazalarini
bemalol erkin bayon qilish huquqini ta‘minlash bo’lib, har qanday davlatning demokratik
jarayonlarini amalga oshirishda ma‘lum muddat talab qiluvchi holatdir, deb ta‘kidlaydi.
Avvalambor, demokratiyaning huquqiy asoslari barpo qilinishi shart. Ushbu jarayonlarni sun‘iy
ravishda jilovlab turish yoki sur‘atlarini jadallashtirish ijobiy natijalarga olib kelmaydi.
Hozirgi paytda huquqiy demokratiya yo’lini tanlab jadal sur‘atlarda rivojlanayotgan milliy
davlatimiz uchun insoniyat tarixining turli davrlarida demokratik davlatlarning shakllanishi va
amaliyotini tahlil qilishi, qiyosiy o’rganishi muhim ahamiyatga ega. Ya‘ni, dunyo davlatlari
demokratiyaga ma‘naviy-ma‘rifiylashgan jamiyatga xos tamoyillar bilan munosabatda bo’lishlari va
baholash madaniyatini egallab olishlari, hatto ba‘zi manfaatlardan voz kechishi ham mumkin.
Masalan, hayot kechirish G’arb turmush tarziga mos bo’lsa va uni targ’ib etsa, ya‘ni demokratik
qarashlar bizning mentalitetimizga to’g’ri kelmasa, qarash bir tomonlama yondashuv hisoblanib, o’zini
qadrlagan, hurmat qilgan xalq uchun xavfli hamda tahdidli bir holatdir. Turli xalqlar, turli
madaniyatlar, manfaatlarning yonma-yon yashashi, yashay olishi faqat haqiqiy milliy demokratik
sharoitdagina amalga oshadi. Buni biz istiqbolli milliy davlatimiz miqyosida ko’rib turibmiz!
Bugungi dunyo davlatlari demokratik jarayonlarni kafolatlovchi omillarga ega. O’zbekiston
ham undan chetda emas. Shu o’rinda haqiqiy demokratiyaning soxta demokratiyadan farqini
anglash bilan bog’liq fuqarolik madaniyatiga ega bo’lish; demokratiya niqobi ostidagi
«demokratik o’yinlar»ning, qarashlarning, chiqishlarning orqasidan ergashmaslik; taqlid qilish
yoki qilmaslikning qaysi milliy manfaatga to’g’ri kelishi yoki kelmasligini solishtirib ko’rishga
57
yetadigan uyg’oq ong va tafakkurga ega bo’lish; aholining asosiy qismi demokratiyaga tayyor
bo’lishi, unga befarq bo’lmasligi, demokratik ong va madaniy saviyada dunyo va milliy taraqqiyot
talablaridan orqada qolmasligi kerak.
To’g’ri va haqiqiy bunyodkorlik g’oyasini faqat milliy davlatning demokratik qarashlari
orqali amalga oshirish mumkin! Hozirgi davrda jahon davlatlari erishayotgan yutuqlardan orqada
qolmaslik, yangi texnologiyalarni egallab, uni ishlab chiqarishga joriy etish uchun izlanish, yangi-
yangi ixtirolar qilishga qodir bo’lish, mustaqillikni mustahkamlash va uni rivojlantirish milliy
davlatimizning muhim yo’nalishlarini tashkil etadi. O’zligini anglagan xalq mustaqillikka, o’z
taqdiriga, farzandlarining kelajagiga istiqbol ko’zi bilan qaraydi! Jahonda o’ziga xos o’ringa va
nufuzga ega bo’layotgan O’zbekiston davlati ana shunday milliy demokratik yo’ldan bormoqda,-
deb ta‘kidlagan edi Islom Karimov.
Yigirmanchi asr jahon sivilizatsiyasida bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan katta iz qoldirdi.
Jahon urushlari, fan-texnika taraqqiyoti, turmush tarzida muayyan darajada farovonlik va
hokazolarni aytish mumkin. Lekin mamnuniyat bilan qayd qilish kerak, XX asrning so’nggi o’n
yilligi O’zbekiston milliy davlatchiligi uchun ulkan tarixiy-inqilobiy o’zgarishlarni yuzaga
keltirdi. Bu o’n yillik mamlakatimizda mustaqillikni ham iqtisodiy, ham siyosiy-ijtimoiy, ham
huquqiy-ma‘naviy, ham xalqaro munosabatlarda tikladi, takomillashtirdi.
Mustaqillikning birinchi o’n yilida o’zbek o’zligini tanidi, jahondagi nufuzli millatlardan
biriga aylandi. Muhimi - istiqlol mafkurasi shakllandi, millatimiz, xalqimiz o’z g’oyasi va iymon-
e‘tiqodiga qaytdi. Ajdodlarimizning boy merosi tiklandi va tiklanmoqda. Biz ularning vorislari
sifatida dunyo ma‘naviy-ilmiy jamoatchiligi oldida qarzdormiz. Chunonchi, Muhammad al-
Xorazmiy, Muhammad az-Zamaxshariy, al-Hakim, at-Termiziy, Xo’ja Ahmad Yassaviy,
Bahouddin Naqshband, Xo’ja Axror Valiy va boshqa o’nlab alloma-avliyolarning teran ilmiy
xulosalari va amallarini uchinchi ming yillikda va hamisha jahon ahliga yetkazib, osoyishta va
farovon, tinch-totuv yashashimizga katta va munosib hissa qo’shmog’imiz kerak.
Diniy qarashlar odob-axloqning uzviy qismiga aylandi. Cheklashlar man qilindi. Inson
kamolida iymon-e‘tiqod, Yaratganga shukronalar aytish hamda dunyoviy bilimlarni egallash,
taraqqiyotni yuksaltirish davom etaveradi. I.A.Karimovning say-harakatlari tufayli 2007 yil
Toshkent Islom dini poytaxti, degan maqomni oldi. O’nlab, yuzlab avliyo-anbiyolar maqbaralari
tiklandi. Hozirgi paytda 18 diniy konfensiyalar tolerantlik tamoyiliga ko’ra millatlararo totuvlik
asosida ishlab turibdi.
Albatta, har qanday milliy davlat iqtisodiyotining asosini energetika va tabiiy boylik
zahiralari tashkil etadi. Shuning uchun ham jahondagi rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar
to’qnashayotgan hozirgi energetika yetishmovchiligi sharoitida O’zbekistonning muhim ustunligi
mamlakat iqtisodiyotining ushbu yo’nalishda dunyodagi juda kam sonli davlatlar singari
I.Karimovning qat‘iy say-harakatlari bilan to’la mustaqillikka erishganligidadir. Ba‘zi davlatlar
esa uzoqni ko’zlamay, faqat joriy yilga mo’ljallangan byudjetni hisoblab chiqib, eng kam jahon
sarmoyasi bahosiga o’tishmoqda. Bu esa inqirozni bartaraf qilishga salbiy ta‘sir ko’rsatishi
mumkin.
O’zbekiston o’zining qo’shimcha tarzda gaz, neft, ko’mir va uran zahiralariga ega bo’lib,
ularni sof holda eksport qilish bo’yicha jahonning o’nta davlati safiga kiradi. Mamlakatning
umumiy energetika zahiralari yana kamida 100 yil davomida iqtisodiyot ehtiyojlarini qondirish
uchun yetadi. Buning o’ziyoq milliy davlatimizning boy imkoniyatlarga ega ekanligidan dalolat
beradi.
Umuman olganda, davlat va milliy davlatchilik muammosi, uning hozirgi globallashuv
davridagi rivojlanish davom etmoqda. Prezident Islom Karimov asos solgan milliy
davlatchiligimiz bundan keyin ham uzoqni ko’zlagan dastur asosida ravnaq topaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |