Politexnika instituti


O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи

1. O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi.
 
Davlat  ramzlari  haqida  so’z  ketganda,  avvalo,  uning  tushunchasini  aniqlashtirish  lozim. 
Umuman,  davlat  ramzlari  tushunchasi  huquqiy  adabiyotlarda  turlicha  ta‘riflanadi.  Masalan, 
yuridik lug’atlarda quyidagicha ta‘rif berilgan: Davlat ramzlari – Konstitutsiya yoki alohida qonun 
bilan mustahkamlangan maxsus, odatda, tarixiy shakllangan, o’ziga xosligini ifodalovchi, ba‘zan, 
shuningdek, ma‘lum bir g’oyaviy ma‘noni ifodalaydigan belgilaridir. Odatda, davlat ramzlariga 
davlat bayrog’i, davlat gerbi, davlat madhiyasi, davlat ranglari, davlat boshlig’i shtandarti, davlat 
muhri, davlat shiori kiradi. Ba‘zida ayrim Konstitutsiyalar davlat ramzlariga bayram kunlarini ham 
qo’shadilar (Қаранг: Символи государственние // Большой юридический словар / Под ред. 


40 
А.Й.Сухарева,  В.Д.Зоркина,  В.Е.Крутских.  –Москва,  1999.  –623-624-б.).  Shuningdek, 
mamlakatimizda  1998  yilda  chop  etilgan  ilmiy-ommabop  lug’atda  Davlat  ramzlari  –  davlat 
mustaqilligini shartli ravishda belgilovchi tashqi belgi, nishona yoki timsollardir, bular muayyan 
davlatning  bayrog’i,  gerbi,  milliy  valyutasi  va  madhiyasi.  Ular  mazkur  davlatning  tuzumini, 
xalqning  tabiat-mentalitetini,  iqtisodiy  asoslarini  va  boshqa  muhim  belgilarini  anglatadi,  -  deb 
ta‘riflanadi (Qarang: Davlat ramzlari // Mustaqillik ilmiy-ommabop lug’at. –T.: 1998. – 45 b.).
 
Har qanday mustaqil davlat singari O’zbekiston Respublikasi ham o’z oliy davlat hokimiyati 
tomonidan  belgilangan  va  Asosiy  Qonun  –  Konstitutsiyaning  5-moddasida  mustahkamlangan 
davlat  ramzlari  –  Bayrog’i,  Gerbi  va  Madhiyasiga  ega.  Davlat  ramzlarining  mavjudligi 
O’zbekistonning amalda mustaqilligini yaqqol tasdiqlaydi.
 
O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i, gerbi va madhiyasining ishlab chiqilishi va qabul 
qilinishi jarayoni ikki yarim yil davom etdi. Davlat bayrog’i, gerbi va madhiyasini qabul qilish 
yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzilib, uning tomonidan tayyorlangan loyihalar umumxalq 
muhokamasidan o’tkazildi. Bunda, ayniqsa, Prezident I.A.Karimovning umumxalq muhokamasi 
davomida tushgan takliflarni umumlashtirib, davlat bayrog’idagi uchta asosiy ranglarni – moviy, 
oq va yashil yo’llarni  o’z qo’li  bilan chizib  komissiyaga taqdim etganligini  va bu O’zbekiston 
Respublikasi  Davlat  bayrog’ining  qabul  qilinishida  asos  bo’lganligini  ta‘kidlash  joiz. 
O’zbekistonning  davlat  ramzlari  muqaddas  bo’lib,  ularni  hurmat  qilish,  qonunda  belgilangan 
tartibda  e‘zozlash  hamda  ulardan  faxrlanish  mamlakatimiz  har  bir  fuqarosining  insoniy  va 
fuqarolik  burchidir.  Zero,  davlat  ramzlarini  har  qanday  yo’l  bilan  kamsitish,  tahqirlash,  qadr-
qimmatini pastga urish uchun qonunda tegishlicha javobgarliklar nazarda tutilgan.
 
Davlat  ramzlarining  davlat  hayotida  tutgan  o’rni  va  ahamiyatini  to’laroq  tushunib  olish 
uchun,  avvalo,  ularning  mohiyatini,  nima  uchun  zarurligini  bilib  olish  kerak.  Davlat  ramzlari 
orasida  Davlat  bayrog’i  salmoqli  o’rin  tutadi.  Chunki  u  ko’zga  yaqqol  tashlanib,  boshqa 
ramzlardan  hajmi,  tasviri,  keng  foydalanilishi  va  boshqa  jihatlari  bilan  alohida  ajralib  turadi. 
Davlat bayrog’i – tasviri qonun tomonidan (ko’pincha Konstitutsiya bilan) o’rnatiladigan, biror 
davlatni boshqa davlatlardan farqlovchi rasmiy belgisi, nishoni. U davlat mustaqilligi, suvereniteti 
ramzi  hisoblanadi.  Davlat  bayroqlari,  ularning  rangi,  tuzilishi  va  emblemalari  o’zboshimchalik 
bilan,  ixtiyoriy  sur‘atda  belgilanmaydi.  Ular  qonun  bilan  belgilanadi  va  ma‘lum  ramziy 
ahamiyatga ega bo’ladi.
 
Davlat  bayrog’i,  odatda,  har  qanday  suveren  mamlakatning  davlat  muassasalari, 
elchixonalari, konsulliklari, missiyalari, bojxonalari va shu kabi idoralarning binosida ko’tariladi. 
Elchixonalar,  missiyalar,  konsulliklar  milliy  bayramlari  kuni  o’z  davlatining  bayrog’ini  osib 
qo’yadilar. Davlat bayroqlari, shuningdek, xalqaro konferensiyalar ochilishida, rasmiy marosim-
uchrashuvlar  vaqtida,  xalqaro  sport  sovrinlari  berilayotgan  vaqtda  va  hokazo  holatlarda  ham 
ko’tariladi.
 
Davlatimiz  bayrog’i  muqaddas  va  daxlsizdir,  u  davlatimiz  mustaqilligining  ramziy 
belgisidir.  Mustaqil  O’zbekiston  Respublikasining  Davlat  bayrog’i  1991  yil  18  noyabrda  Oliy 
Kengash tomonidan qabul qilingan qonun bilan tasdiqlangan. Ushbu qonunga 1992, 1999, 2004 
va 2010 yillarda qator qo’shimcha va o’zgartishlar kiritildi.
 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i ramzi mamlakatimiz hududida ilgari mavjud 
bo’lgan g’oyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos bo’lgan eng yaxshi an‘analarni davom ettirgan 
holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy o’zligini ham aks 
ettiradi.
 
Bayroqdagi 

Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish