38
•
O‘zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig’i bilan mukofotlaydi,
O‘zbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini beradi;
•
O‘zbekiston Prezidenti Konstitutsiya va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish
yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo’lgan farmonlar, qarorlar va
farmoyishlar chiqaradi.
Vakolati tugashi munosabati bilan iste‘foga chiqqan Prezident umrbod Senat a‘zosi
lavozimini egallaydi.
Ma‘lumki, 2016 yil qaysidir ma‘noda o‘zbek xalqi uchun milliy judolik va katta yo‘qotishlar
yili bo‘ldi. 2016 yil 2 sentyabrda mustaqil O‘zbekiston davlatining asosochisi va me‘mori Islom
Abduganiyevish Karimov 78 yoshida, miyaga qon quyilishi (insult) asoratidan vafot etdi. Shu yil
kuzida O‘zbekiston qahramonlari – Erkin Vohidov va Abdulla Oripovlarni ham xalqimiz so‘ngi
yo‘lga kuzatib qo‘ydi…
2017 yil 25 yanvarda O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom
Abdug’aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining Qarori (PQ-2744) qabul qilindi.
Xalqimiz Birinchi Prezident Islom Abdug’aniyevich Karimovning millatimiz tarixida
amalga oshirgan buyuk ishlarini, uning insoniylik fazilatlarini bir umir esda saqlaydi. Jahon
tarixida hind xalqi Mahatma Gandini, Amerika xalqi Jorj Vashingtonni, fransuz xalqi Sharl de
Golni, Jazoir xalqi Ahmad Bin Bellani, Singapur xalqi Li Kuan Yuni, Turk respublikasi Mustafo
Kamol Otatur siymosini qanchalik ardoqlashsa, o’zbek xalqi millat peshvosi, buyuk davlat arbobi
Islom Abdug’aniyevich Karimovni shunchalik hurmat va ehtirom bilan tilga oladi va arjoqlaydi.
O’zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2017 yil 4
mayda “Toshkent shahridagi xalqaro aeroportga O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
Islom Karimov nomini berish to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-
2950) qabul qilindi. 2017 yil 31 avgustda Toshkent shahrida, 2 sentabrda Samarqand shahrida
Islom Abdug’aniyevich Karimov haykalining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati
bilan 2018 yil 30 yanvar kuni Qarshi shahrida I.A.Karimov haykali, Samarqand shahrida esa
I.A.Karimov maqbara majmuasining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Darhaqiqat, Islom Abdug’aniyevich Karimov o’zbek xalqining buyuk kelajagi uchun
imkoniyat eshiklarini ochib bergan elparvar davlat arbobi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: