Murakkab poliefirlar
Polietilentereftalat murakkab poliefirlar sinfiga kiradi. Polietilentereftalat birinchi marta 1941 yilda sintez qilingan. Polietilentereftalatdan asosan tola olinadi. Undan olingan tolalar lavsan, dakron, lanon, diolen, tetrital, svitlen deb yuritiladi. Poliefir tola o’zining ba’zi xossalari va ko’rinishi jihatdan poliamid tolalarga o’xshaydi. Lekin uning elastiklik moduli juda katta. Shuning uchun bunday toladan to’qilgan kiyim g’ijimlanmaydi. Poliefir tolalar quyosh nurlari ta’siriga chidamli bo’lib, yuqori temperaturada ham o’zining mexanik xossalarini o’zgartirmaydi. Polietilentereftalatning bu xususiyatidan foydalanib, undan maxsus kiyimlar, baliq ovlanadigan to’r, kord tola, pardalar, elektr tokini yomon o’tkazganligi uchun turli lentalar, kondensatorlar, fotoplyonkalar va boshqa buyumlar tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |