Plastmassalarning kamchiligi sifatida esa ularning haroratbardosh emasligini, elastiklik modulining ozligini, zarbiy qovushkokligining pastligini va qarish hususiyatnini ko’rsatish mumkin.
Plastmassalarni shtamplash. Bu usulda listovoy tayyorlanmadan iborat termoplastlar buyumga aylantiriladi. Buyumning shakli qizdirilgan listni botirish va uni sovutish yo’li bilan hosil qilinadi.
SHtamplashda shakl berishning ikki usuli bo’lib: yo’naltirilgan botirish va erkin botirish usullaridir.
Yo’naltirilgan bostirishda buyum shakli matrisa bilan puansonning ish yuzalari shakliga yoki matrisaning ish yuzasi shakliga bog’liq. Faqat matrisa
ishlatilganda (erkin) bosim ostidagi havo ishlatiladi yoki vakuumdan
foydalaniladi.
Erkin botirishda shakl hosil qilish usuli yirik buyumlar tayyorlashda qo’llaniladi. Bu usulda havoning bosimidan hamda vakumli pnevmatik usulda
foydalaniladi. Bu paytda buyum shtamp devoriga ishqalanmaydi, bu esa optikaviy
tiniq buyum tayyorlashga qulaylik yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |