O`ZBEKISTОN RESPUBLIKASI ОLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNОLОGIYA INSTITUTI
" Kimyoviy texnologiya" kafedrasi
«POLIMER ISHLAB CHIQARISH MASHINA VA APPARATLARI HAMDA KORXONALARNING LOYIHALASH ASOSLARI»
fanidan laboratoriya mashg’ulotlarni bajarish uchun
USLUBIY KO’RSATMA
5320400 – «Kimyoviy texnologiya» (yuqori molekulali birikmalar) bakalavriyat ta`lim yo’nalishi uchun mo’ljallangan
Namangan – 2021
ANNOTATSIYA
Ushbu uslubiy ko’rsatma 5320400 – «Kimyoviy texnologiya» (yuqori molekulali birikmalar) bakalavr yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib unda fanga ajratilgan laboratoriya mashg’ulotlarni bajarish uchun tajriba mashg’ulotlarini bajarish uslubi va tartibi, kerakli adabiyotlar va xar bir mavzuga oid nazariy ma’lumotlar yoritib berilgan.
Tuzuvchilar: M.Yusupov - NamMTI "Kimyoviy texnologiya" kafedrasi t.f.n., PhD
Z.Usmonova - NamMTI "Kimyoviy texnologiya" kafedrasi assistenti M.Xusanova - NamMTI "Kimyoviy texnologiya" kafedrasi assistenti
I.Muhammadjonova - NamMTI "Kimyoviy texnologiya" kafedrasi assistenti
Taqrizchi: R.Abdullayev– NamMTI Qo’shma ta’lim fakulteti dotsenti, texnika fanlari nomzodi
Uslubiy ko’rsatma “Kimyoviy texnologiya” kafedrasining 2021 yil, __-avgustdagi 1-sonli yig’ilishida muhokama etildi va ma`qullandi.
Uslubiy ko’rsatma institut o’quv-uslubiy kengashining 2021 yil __- avgustdagi yig’ilishida ko’rib chiqildi va 1-sonli bayonnoma bilan tasdiqlandi.
KIRISH.
“Polimer ishlab chiqarish mashina va apparatlari hamda korxonalarning loyihalash asoslari” fanini o`rganishda dastur bo`yicha laboratoriya mashg`ulotlari o`tkaziladi.
Har bir laboratoriya mashg`ulotlarini o`tkazishdan avval, talaba ushbu laboratoriya ishini o`tkazish uchun laboratoriya ishi yozmasi, so`ngida keltirilgan darslik va ma`ruza matnidan kerakli nazariy bilimlarni, o`tkazish lozim bo`lgan laboratoriya ishini o`tkazish uslubini, topshiriqda keltirilgan tekshirish usullarini egallab olishi va laboratoriya mashg`ulotlarini o`tkazuvchi o`qituvchiga kollokvium topshirishi kerak. Bunda talaba polimerlar tayorlash qurilmalari haqida nazariy ma’lumotlarga ega bo’lishadi.
Laboratoriya mashg`ulotlarini bajarish jarayonida talaba qurilmaning konstruksiyalari, korxonaning o’nin olgan o’rni polimer materiallarni sintez qilishning turli texnologik usullari bilan tanishadi va bu texnologik usullarni bir – biri bilan solishtirish, ularning natijalarini tahlil qilishni o`rganadi.
Mashg`ulot tugaganidan so`ng talaba hisobot tayyorlaydi, unda bajarilgan ishlarning nazariyasi va qisqacha mazmuni, ish jarayonida qo`llanilgan asbob va uskunalarning rasmi hamda sxemasi beriladi, tekshirilgan kattaliklarni grafigi chiziladi, olingan natijalar tahlil qilinib, tekshirilayotgan masalaning nazariy holatini tasdiqlaydigan xulosa beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |