Laboratoriya ishi – 6
Plastmassa yoki rezina detallarini olish orqali pressning texnologik parametrlarini nazorat qilishni o’rganish.
Reja:
Presslarda rezina va ayrim polimer buyumlari tayorlanish jarayonlarni nazorat qilish, presslarning ish unumdorligini oshirish
Plastmassa yoki rezina detallarini olish orqali pressning texnologik parametrlarini nazorat qilishni o’rganish
Rezinaning asosi kauchuk bo‘lib, unga har xil to‘ldiruvchilar (plastifikatorlar, vulkanizatorlar, rang beruvchilar, oltingugurt va h. k) komponentlar kiritiladi. Kauchukning sintetik va tabiiy xillari bo‘ladi. Mustahkamlikni oshirish uchun buyumga har xil to‘qima materiallari qo‘shiladi. Qo‘shimchalar to‘qima mashinalar yordamida aralashtiriladi. Rezina buyumlar bosim ostida shakl berish bilan birga olinadi.
Rezinani vulkanizatsiya qilish jarayoni deb, buyumni 120—150°C gacha qizdirib, bosim bilan biriktirishga aytiladi. Xom rezinani vulkanizatsiya qilish qizdirilgan bug‘ yoki qizdirilgan havo bilan bajariladi. Kauchukni vulkanizatsiya qilishni sovuq holda ham bajarish mumkin, lekin sifati past bo‘ladi.
Ishdan maqsad: Presslarda rezina va ayrim polimer buyumlari tayorlanish jarayonlarni nazorat qilish, presslarning ish unumdorligini oshirish.
Jihozlar: Bosim bilan ishlovchi presslar, vulkanlash uchun kerakli presslar, puanson rejimida ishlovchi presslar.
Ishni bajarish. Rezinadan tasmalar, shinalar, har xil buyumlar tayyorlanadi. Rezinada 25—30 % C bo‘lib, gaz holidagi qotishma sovitiladi va unga shakl berib, ebonit hosil qilinadi.
Rezina materiallar
Ma’lumki, hozirgi zamon texnikasini rezinasiz tassavur etib bo‘lmaydi, ya’ni avtomobil, samolyot, velosiðed shinalari, o‘tkazgichlarning izolatsiyalari va shunga o‘xshagan xalq xo‘jaligi mashina mexanizmlarida rezina juda keng ishlatiladi. Rezina materiallar, asosan, kauchukni turli to‘ldiruvchilar, plastifikatorlar, vulkanizatsiya reagentlari, tezlashtiruvchilar va boshqalarni qo‘shib, qayta ishlash orqali hosil qilinadi. Rezina juda ko‘p xususiyatlarga ega materialdir. Bulardan eng muhimi uning elastiklanuvchanligidir, ya’ni 100 % qotish xususiyati mavjud. Rezinadagi aralashmaning 10—98 % ini kauchuk tashkil qiladi. Kauchuklar, asosan, tabiiy va sintetik polimerlar bo‘lib, daraxt „yig‘isi“ degan iborani anglatadi, ya’ni daraxtni kesganda undan suyuqlik ajralib chiqadi, demakdir. Shunday qilib, tabiiy kauchuk (TK) kauchuk tashuvchi (hosil qiluvchi) o‘simliklardan (daraxtlardan) olinadi. U etilda, benzinda, mineral moylarda yaxshi eriydi, suvda esa erimaydi. Kauchuk 90°gacha qizdirilganda yumshab, 0 °C dan past haroratda qattiqlashib, mo‘rtlashib boradi.
Hozir 93 % rezina oltingugurt bilan qattiqlashtiriladi. Agarda oltingugurt miqdori 1 —35 % bo‘lsa — yumshoq, 25—20 % bo‘lsa — yarimqattiq, 30—50 % bo‘lsa — qattiq rezina hosil bo‘ladi.
-Qattiqlashtirish-tezlashtirgich (vulkanizatsiya). Bular organik va noorganik bo‘ladi. Organik moddalar metall oksidlaridir; noorganigi — oletaks, koptaks, sogtaks.
-To‘ldirgichlar. Bular aktiv va aktivmas bo‘ladi. Aktivlari — kaolin, kukun qo‘shimchalar, aktivmasi — bor, talk.
-Plastifikatorlar — plastiklikni oshiradi.
-Charchashga qarshi moddalar. Bunday materiallar rezinaning tez ishdan chiqishiga qarshilik ko‘rsatadi. Bunday materiallar turiga neoden D (fenilbetanaftilimin) va aldol (aldalal fanaftimin) kabi murakkab moddalar kiradi.
-Bo‘yoqlar. Bo‘yoqlar rezinaning fizik va mexanik xossalarini yaxshilash bilan birga, ularga rang ham beradi. Ulardan biri qurumdir, shuning uchun rezinaning ko‘pi qora rangda bo‘ladi.
Oq va boshqa rangli rezina olish uchun alohida bo‘yoqlar qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |