Plastik kartochka turlari Terminallarni ishlatish va saqlash


TERMINALDA SERVIS OPERATSIYALARINI BAJARISh



Download 23,26 Kb.
bet4/8
Sana21.11.2022
Hajmi23,26 Kb.
#869685
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9-mavzu

4. TERMINALDA SERVIS OPERATSIYALARINI BAJARISh 

Karta ushlovchining iltimosiga ko‘ra, savdo terminalida u uchun quyidagi servis 


operatsiyalari qo‘shimcha ravishda bajarilishi mumkin: 
-karta balansi to‘g‘risida KYoH bo‘yicha alohida va KOH bo‘yicha alohida axborotni chek ko‘rinishida olish yoki terminal displeyida ko‘rish; 
-kartochka bo‘yicha bajarilgan oxirgi 20ta yoki 30ta operatsiya to‘g‘risida bu 
operatsiyalarning sanalari va summalari ko‘rsatilgan axborotni chek ko‘rinishida olish; 
-kartaning PIN1 va PIN2ni almashtirish; 
-mablag‘larning hammasini yoki bir qismini kartaning KYoHdan KOHga o‘tkazish; 
-“mablag‘larni tushirish”, “mualliflashtirish” operatsiyalarini bajarish. 
Izoh: Kartaning PIN1 va PIN2 almashtirilayotganda karta ushlovchi avval terminal klaviaturasiga yoki mijozning ko‘chma klaviaturasiga amaldagi PIN1 yoki PIN2ni kiritishi va yashil tugmani bosishi kerak. Shundan keyin terminal yoki mijozning ko‘chma klaviaturasi displeyida yangi PIN1 yoki PIN2ni kiritish va uni takroran tasdiqlash haqida taklif paydo bo‘ladi. Agar barcha harakatlar bexato bajarilgan bo‘lsa, displeyda “MUVAFFAQIYATLI” xabari ko‘rinadi. Shunday xabar chiqqanidan keyin kartaning PIN1 yoki PIN2ni almashtirish operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlangan hisoblanadi va bundan buyon kartochkada uning ushlovchisi belgilagan yangi PIN1 yoki PIN2 amal qila boshlaydi. 
Basharti biron bir sababga ko‘ra, PINni almashtirish operatsiyasi muvaffaqiyatli 
yakunlanmasa, u holda kartochkada eski PIN1 yoki PIN2 amal qilishda davom etadi. Agar karta ushlovchisi amaldagi PIN1 yoki PIN2ni uch marotaba noto‘g‘ri kiritsa, u holda kartochkadagi mazkur PIN qulflanib qoladi va uni qulfdan yechish uchun kartochka ushlovchi o‘ziga mazkur kartani bergan bank muassasasiga murojaat qilishi bunda uning qo‘lida kartochka ushlovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat ham bo‘lishi zarur. 
Ushlovchining kartochka hisobvarag‘idan “mablag‘larni tushirish” operatsiyasi bajarilayotganda mablag‘lar kartochkaning KYoHga tushadi. Bu operatsiyani bajarish uchun savdo nuqtasining xodimi terminalning telefon kabelini shahar telefon aloqa liniyasining oddiy rozetkasiga (oddiy telefon apparati ulanadigan rozetkaga) ulashi va terminaldan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq operatsiyani bajarishi kerak. Bu operatsiya uning cheki qog‘ozga chiqarilishi bilan yakunlanishi lozim. “Mablag‘larni tushirish” operatsiyasi mualliflashtiruvchi operatsiya hisoblanadi. Ya’ni u bajarilayotganda qo‘shimcha ravishda bankning naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimida kartochka mualliflashtiriladi. 
“Mualliflashtirish” operatsiyasi bajarilayotganda savdo nuqtasining xodimi terminalning telefon kabelini shahar telefon aloqa liniyasining oddiy rozetkasiga (oddiy telefon apparati ulanadigan rozetkaga) ulashi va terminaldan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq operatsiyani bajarishi kerak. Bu operatsiya uning cheki qog‘ozga chiqarilishi bilan yakunlanishi lozim. 

Mualliflashtirish – bankning naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimida kartochkani ko‘p darajali tekshirish bo‘yicha avtomatik tarzda bajariladigan protsedura. U muvaffaqiyatli bajarilgan hollarda kartadan “UZKART” YaBTTda bundan buyon ham foydalanishga ruxsat beriladi hamda kartochkaga xizmat ko‘rsatish davri bo‘yicha limitlar avtomatik tarzda tiklanadi (off-line rejimida 20ta operatsiya va mualliflashtirishsiz 35 kun). Basharti kartani mualliflashtirish muvaffaqiyatli bo‘lmasa – u texnologik jihatdan to‘lov tizimi infratuzilmasida bundan buyon foydalanishga qo‘yilmaydi, uning limitlari tiklanmaydi va u qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazish uchun bankka taqdim etilishi kerak. 

Download 23,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish