Plastik kartochka turlari Terminallarni ishlatish va saqlash


SAVDO NUQTASIDA TO‘LOVNI AMALGA OShIRISh



Download 23,26 Kb.
bet3/8
Sana21.11.2022
Hajmi23,26 Kb.
#869685
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9-mavzu

3. SAVDO NUQTASIDA TO‘LOVNI AMALGA OShIRISh 
Mijoz savdo nuqtasida tovar yoki xizmat haqini plastik karta orqali to‘lash istagini 

bildirganda Siz mijoz taqdim etgan plastik karta “UZKART” tizimiga kirganligiga ishonch hosil qilishingiz zarur. Shundan keyin, terminal modeliga qarab, mijoz plastik kartochkasi savdo terminaliga kiritiladi yoki mijozga uni mijoz klaviaturasining rideriga mustaqil ravishda kiritish (Ingenico 5100 modeli uchun) taklif etiladi. So‘ng savdo nuqtasining xodimi yoki mijoz quyidagi izchil xatti-harakatlarni amalga oshirishi kerak:


3.1. Savdo nuqtasining xodimi terminalning tegishli funksional tugmasini bosib, menuning “To‘lov” bandini ishga tushirishi, keyin terminalning raqamli klaviaturasi orqali xarid summasini kiritishi kerak. Xodim kiritgan xarid summasi mijoz ko‘chma klaviaturasining displeyida aks etadi. 
3.2. Mijoz displeyda aks etgan to‘lov summasini tekshirishi va agar to‘g‘ri deb topsa, 
mijoz ko‘chma klaviaturasidagi yashil tugmani bosish yo‘li bilan uni ma’qullashi kerak. Bunda: 
-agar terminal faqat kartochkaning KYoH (kartaning yopiq hisobvarag‘i)dan to‘lovni bajarishga sozlangan bo‘lsa, uni ushlovchi to‘lov summasini ma’qullaganidan keyin o‘z kartasi uchun belgilangan PIN2 (kartochkadan pul yechish uchun raqamli parol)ni kiritishi hamda mijoz ko‘chma klaviaturasidagi yashil tugmani bosishi lozim. Shundan keyin terminal kiritilgan PIN2 to‘g‘riligini tekshiradi va tekshiruv natijasiga qarab, to‘lovni amalga oshiradi yoki rad etadi. Agar kartochka ushlovchi PIN2ni noto‘g‘ri 
kiritgan bo‘lsa, u savdo nuqtasining xodimidan to‘lov o‘tkazishni yana bir bor 
takrorlashni iltimos qilish huquqiga ega (jami uch marta urinib ko‘rish mumkin); 
-agar terminal kartaning KOH (kartaning ochiq hisobvarag‘i)dan yoki kartaning 
KYoHdan to‘lovni bajarishga sozlangan bo‘lsa, u holda, to‘lovni amalga oshirish uchun KOHda mablag‘ yetarli bo‘lgan taqdirda o‘zaro hisob-kitob PIN2ni so‘ramasdan, KOHdan avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Basharti, KOHda mablag‘ yetarli bo‘lmasa, u holda to‘lov yuqorida KYoHdan to‘lanadigan senariy singari amalga oshiriladi. 
3.3. Terminalning savdo kartasi bilan mijoz kartasi o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob amalga oshirilganidan keyin terminal (XiMAX miniterminalidan tashqari) tovar yoki xizmat haqi to‘langanini tasdiqlovchi chekni ikkita bir xil nusxada qog‘ozga chiqaradi. Savdo nuqtasining xodimi bu cheklarning birini tovar bilan birga karta ushlovchiga berishi kerak, ikkinchi nusxa savdo nuqtasida qoladi. Agar to‘lov yuqorida aytilgan miniterminalda amalga oshirilgan bo‘lsa, u holda chek chiqarilmaydi, miniterminalning displeyida esa o‘tkazilgan to‘lov summasi va 
uning muvaffaqiyatli bo‘lganini tasdiqlovchi “OK” belgisi ko‘rinadi. 
3.4. Agar biron bir sababga ko‘ra kartochka ushlovchi savdo nuqtasida puli plastik karta orqali to‘langan tovarni savdo nuqtasiga qaytaradigan yoki xizmat ko‘rsatilishidan bosh tortadigan bo‘lsa, u holda “Qaytarish cheki” rasmiylashtirilishi zarur. Unda plastik karta orqali puli to‘langan tovar/xizmat nomi, to‘lov summasi, qaytarish sababi, mijoz kartasining va savdo nuqtasining rekvizitlari ko‘rsatilishi kerak. Qaytarish cheki uch nusxada to‘ldiriladi. Ularning biri karta ushlovchiga beriladi, bittasi savdo nuqtasida qoladi va yana biri to‘lov bajarilayotganda qaysi bankning terminali va savdo kartasidan foydalanilgan bo‘lsa, o‘sha bank muassasasiga topshiriladi. Qaytarish chekining barcha nusxalariga karta ushlovchi hamda savdo nuqtasining xodimi imzo chekadi. Savdo nuqtasi tomonidan qaytarish chekining barcha nusxalari ushbu savdo nuqtasi mansub bo‘lgan savdo-servis korxonasining firma muhri yoki shtampi bilan tasdiqlanadi. 
3.5. Qaytarish cheki to‘lov amalga oshirilayotganda terminali va savdo kartasidan 
foydalanilgan bank muassasasiga kelib tushganidan so‘ng bank savdo-servis korxonasining hisob-kitob varag‘ini debetlash yo‘li bilan karta ushlovchi hisobvarag‘ini to‘lov summasida kreditlaydi. 

Download 23,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish