Sagem EFT Smart bo‘lib, ularning ichiga modem o‘rnatilgan, mikroprotsessorli
kartochkalar uchun 2ta rider va magnit tasmali kartalar uchun 1ta rider, termobosma qurilmasi, 220V kuchlanishga ulanadigan alohida ta’minot manbai va mijoz uchun alohida klaviatura bor. Shuningdek, Nypercom T7Ps – magnit tasmali Visa xalqaro plastik kartochkalari bo‘yicha naqd pulsiz “to‘lov” hamda “naqd pul berish” operatsiyalarini bajarish uchungina mo‘ljallangan. U magnit tasmali kartochkalar uchun 1ta rider, termobosma qurilmasi hamda 220V kuchlanishga ulanadigan alohida ta’minot manbaiga ega;
-to‘liq funksional ko‘chma terminallar – bu, Monetel EFT 20 bo‘lib, uning tarkibida
mikroprotsessorli kartochkalar uchun 2ta rider va magnit tasmali kartalar uchun 1ta rider, termobosma qurilmasi bor, modem o‘rnatilgan, shuningdek akkumulatorlarni zaradlash uchun alohida qurilma bilan jihozlangan;
-miniterminallar – bu, XiMAX bo‘lib, uning tarkibida mikroprotsessorli kartochkalar uchun 2ta rider bor. Bu terminal alohida ta’minot manbaiga ega (1,5 voltli ikkita batareyka). Bu terminal g‘oyat ixchamligi bilan ajralib turadi (cho‘ntakda olib yuriladigan kalkulatordek). Bu qurilmalardan to‘lov cheki o‘rniga xaridorlarga kvitansiyalar, chiptalar, jetonlar va to‘lovni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar beradigan savdo nuqtalarida foydalanish mumkin. Mazkur terminallar foydalanish uchun qulayligi hamda korxona, ayniqsa sanoat elektr ta’minoti (220 volt)ga ega bo‘lmagan korxonalar uchun foydalanishda kamxarjligi bilan ajralib turadi. Savdo terminali va uning mijozga mo‘ljallangan alohida klaviaturasida (bunday klaviaturalar bilan to‘liq funksional terminallar jihozlanadi) ma’lumot kiritish paneli mavjud bo‘lib, u quyidagilardan iborat:
- funksional tugmalar (faqat terminalda bo‘ladi va odatda uning displeyidan quyiroqda joylashadi). Ular yordamida savdo nuqtasining xodimi ushlovchi kartasi yoki korxonaning savdo kartasi bilan tegishli moliyaviy yoki servis operatsiyalarini bajarish uchun menu bandlarini tanlashi mumkin;
-“0”dan “9”gacha bo‘lgan raqamli tugmalar (terminalda ham, mijoz klaviaturasida ham bo‘ladi). Uning yordamida savdo nuqtasining xodimi yoki kartochka ushlovchi tegishli summalarni hamda kartaning “PIN”larini teradi;
-maxsus tugmalar (terminalda ham, mijoz klaviaturasida ham bo‘ladi va odatda raqamli tugmalardan o‘ngroqda joylashadi). Undan savdo nuqtasining xodimi va kartochka ushlovchi kiritilgan summalarni ma’qullashda, operatsiya bajarilishini taqiqlash/ma’qullashda, terilgan summani va kiritilgan PINni o‘zgartirishda foydalanadi. Kiritilgan operatsiya summasi yoki PINni ma’qullashda yashil tugmadan, kiritilgan operatsiya summasi yoki PINni o‘zgartirish uchun sariq tugmadan foydalaniladi. Hali boshlanmagan operatsiya bajarilishini taqiqlash yoki avvalgi daraja menusiga o‘tish uchun qizil rangli tugma bosiladi;
-savdo terminali uning but saqlanishini, ishga yaroqliligini ta’minlaydigan hamda ishlab chiqaruvchining hujjatlarida ko‘rsatilgan foydalanish shart-sharoiti yaratilgan ishonchli joyda ishlatilishi kerak;
-savdo terminalining barcha cheklari sotuvchi tomonidan saqlab qo‘yilishi va hisobot uchun bankka taqdim etilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |