Normal joylashgan yo’ldoshning barvaqt ko’chishining oqibatlari.
Yo’ldosh barvaqt ko’chganda hamilador ayol organizmida ro’y beradigan o’zgarishlar uning yo’qotgan qon miqdoriga , berilgan yordamning tezligiga, organizmning xolatiga bog`liq bo’lib, ayol tug`ruqxonaga qancha tez etqizilsa, og`ir asoratlar qolishi, shuningdek onalar hamda bolalar o’limi shunchalik kamayadi. Har tomonlama o’z vaqtida tezkorlik bilan yordam ko’rsatilmasa, bachadonni qisaman (gipotonik) va butunlay (atonik) qisqarmasligiga, qon ivish xususiyatini pasayishi kuzatilishi mumkin.
NJYBK xavfli asorat bo’lib uning natijasida: DQIS sindromi, Kuveler bachadoni, gipo va atonik qon ketishi rivojlanadi.
Davolash.
Tez va ehtiyotkorlik bilan tug`dirish. Bunda abdominal kesarcha kesish to’g`ri keladi va bachadon-plastenta apopleksiyasi-Kuveler bachadoni bo’lsa bachadonni amputastiya qilish kerak, DVS sindromning o’tkir formasi rivojlanganda bachadon ekstirpastiyasi shart. Tug`ruqni birinchi davri oxirida yoki ikkinchi davrida normal joylashgan plastentaning vaqtdan ilgari ko’chishi kuzatilsa tug`ruq tabiiy tug`ruq yo’llari orqali tugatilishi mumkin. Bunday homiladorlarda ham bachadonni tez bo’shatish prinstipiga amal qilinadi. Akusherlik holatiga qarab akusherlik qisqichlari ishlatiladi yoki homilani bo’laklash jarrohlik amaliyoti bajariladi.
Asosiy profilaktik choralar: buyrak va tomir-yurak kasalliklari, homiladorlik toksikozlarini o’z vaqtida davolash, abortni oldini olishdan va boshqalardan iborat.
Onalar o’limi 50% dan ko’p tug`ruqdan keyin 24 soat ichida massiv qon ketishiga sabab bo’ladi. Dunyo bo’yicha homiladorlarning 140 000 dan ko’prog`i tug`ruqdan keyingi qon ketishdan o’ladi.
TUG`RUQDAN KEYINGI VAGINAL QON KETISHLAR
Normal holatda tug`ruqda ayol 300-450 ml miqdorda qon yo’qotadi. Ma’lumki, plastenta joylashgan qismidan tug`ruqning I- II davrlarida bachadon devoridan ajralmaydi. Bunga sabab o’zidan ajralgan progesteron bachadonning bioelektrik holatini o’zgartiridi, uni birdaniga qisqarishini pasaytiridi, farmakologik reaktivligini susaytiradi, serotoninning tonusini oshirishini to’xtatadi.
Sh davrda qon ketishi sabablari
Yo’ldoshning bachadon devoridan noto’g`ri ajralishi
Ajralgan yo’ldoshning bachadonda tutilib qolishi
Tug`ruq yo’lidagi jarohatlar
Gipotonik qon ketishi
Plastentaning bachadon devoriga qattiqroq yoki qattiq yopishishi
Yo’ldosh ajralish davridagi qon ketishlar ayrim hollarda normaga nisbatan chuqurroq bachadon devoriga yopishishi bilan bog`liq.
Klinikasi.
Plastenta birikish anomaliyasida qon ketish asosiy simptom hisoblanadi. 30 minut davomida qon ketish yoki plastenta ajralish belgilari kuzatilmasa, bachadon tonusini oshiruvchi vositalarning foydasi bo’lmasa, 10 minutdan keyin bachadon bo’shlig`i qo’l bilan tozalanadi. Qon ketish 300ml dan ko’p bo’lgan hollarda ham bachadon bo’shlig`i qo’l bilan tekshirib ko’riladi. Plastenta chin birikishini plastentani bachadon devoridan jarrohlik yo’li bilan ajratish vaqtida bilinadi. Plastentaning qisman chin birikishida uning bir qismi ko’chganligi uchun qon ketish kuzatiladi va Krede usuli qo’llanadi. To’liq zich birikishida majburiy ajratish usullari qo’llanilmasa, kuch ishlatilmasa qon
Tug`ruqning uchinchi davrida qon ketish kuzatilmasa, plastenta ajralish belgilari kuzatilmasa hamma ayollarda plastenta qo’l yordamida ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |